O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 4,32 Mb.
səhifə33/330
tarix21.01.2023
ölçüsü4,32 Mb.
#98935
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   330
Umumiy psixologiya fanidan MAJMUA Fizika (kechki)11111

Yosh psixologiyasi - shaxsning psixik rivojlanish qonuniyatlarini inson tug’ilishidan to umrining oxirigacha bo’lgan davrni, ya'ni ontogenezni o’rganadigan psixologiya sohasi. Yosh psixologiyasi bolalar psixologiyasi sifatida XIX asrning oxirida vujudga kelgan bo’lib, u fan va texnika taraqqiyoti, jamiyat talabiga binoan bolalar psixologiyasi taraqqiyotida qo’llanilgan. Yosh psixologiyasi hozirgi zamonda bolalar psixologiyasi, o’smirlik va o’spirinlik psixologiyasi, yetuklik psixologiyasi, gerontopsixologiyadan iboratdir. U insonning ontogenezda rivojlanish jarayonida psixik holatlarning kechishi, psixik funksiyalarning roli, ularning o’zgarishi, harakatlantiruvchi kuchlar, mexanizmlar, ta'sir o’tkazuvchi ob'ektiv va sub'ektiv faktorlar, taraqqiyot qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Yosh psixologiyasi umr q’tishi bilan psixologik farqlar, individual-psixologik xususiyatlar o’rganishini o’rganadi, tadqiqotlarda madaniy, ijtimoiy-tarixiy, milliy ta'sirni hisobga oladi. Shuning uchun yosh psixologiyasining ob'ektlari o’ta murakkab bo’lib, taraqqiyotlar taraqqiyotini tekshirishni taqozo qiladi. Jahon psixologiyasida to’plangan barcha nazariy materiallarga, shu jumladan genetik modellashtirish (L.S.Vigotskiy) metodlariga, egizaklar metodiga va shunga o’xshash o’ta murakkab jarayonlarning longityud (uzluksiz) uslubi yordamida tekshirishga asoslanadi. Yosh psixologiyasining asosiy vazifalaridan biri- bolani psixik rivojlanishining ijobiy shaklda tashkil etilishi, yosh davrlari inqirozi bosqichlari, jarayonlari va paytlarida psixologik yordam ko’rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iboratdir. Yosh psixologiyasi pedagogik psixologiyaning ilmiy, amaliy, tajribaviy asosi bo’lib hisoblanadi, lekin boshqa sohalari bilan ham uzviy alohida faoliyat ko’rsatadi, inson kamolotining o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida ijtimoiy ahamiyatga molik materiallar to’playdi.
Maxsus psixologiya - normal psixik rivojlanmagan tug’ma yoki keyinchalik orttirilgan nuqsonlar, defektlar ta'siri ostidagi insonlarning psixologiyasini tadqiqot qilish sohasi. Uning bir necha bo’limlari hukm suradi: patopsixologiya-rivojlanish jarayonida psixikaning aynishi, miyadagi kasallikning turlicha kechishi, psixikaning tamoman izdan chiqishi hollarini o’rganuvchi soha; oligofrenopsixologiya-psixik rivojlanishning miyadagi tug’ma asoratlar bilan bog’liq patologiyasi to’g’risida tadqiqot ishlarini olib boruvchi soha; surdopsixologiya-quloq eshitishning butunlay kar bo’lib qolgunga qadar jiddiy kamchiliklari, nuqsonlari bilan shug’ullanuvchi, bolani voyaga yetkazishning omilkor yo’l-yo’riqlarini topuvchi, korrektsion-tuzatish ishlarini olib boruvchi soha; tiflopsixologiya-chala ko’ruvchi va mutlaqo ko’zi ojiz odamlarning psixologik rivojlanishini tadqiq qiluvchi soha. Maxsus psixologiyaning yana o’ziga xos tor bo’limlari ham mavjud bo’lib, insonlarning kasalligi, nuqsoni, aql-idrok darajasi, nutq faoliyati patologiyasiga binoan tadqiqot ishlari olib boriladi.

Yüklə 4,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə