O’zbеkistоn rеspublikаsi


E-mail: a.xaydarov88@mail.ru Tashkilot



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə8/186
tarix23.09.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#123420
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   186
Фалсафа мажмуа. 2023-2024 3 курс

E-mail:

a.xaydarov88@mail.ru

Tashkilot:

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi

Taqrizchilar:

L.N.Djuraev – SamDU “Falsafa va milliy g’oya” kafedrasining dotsenti, falsafa fanlari doktori
Xaydarov K.D. – O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori


“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o’qituvchilari:
2023-yil “_____”______________



__________dots. O.Tursunova
__________dots.N.Tog’ayev


“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri:


2023-yil “_____”______________

_________ prof. J.Y.Yaxshilikov

Boshlang’ich ta’lim va gumanitar fanlar fakultet kengashi raisi:
2023-yil “_____”______________



__________ dots. I.Xayriyev


M.O’.
Oʻquv uslubiy boshqarma boshligʻi: ___________prof.Z.B.Boltayev
2023-yil “_____”______________


MUNDARIJA:



Mavzular nomi

Betlar

1

Falsafaning fan va dunyoqarashga doir moxiyati

16-28

2

Borliq va rivojlanish falsafasi

29-42

3

Bilish nazariyasi

43-67

4

Mantiq.Tafakkur mantiqiy fikrlash asosi

67-84

5

Jamiyat va inson falsafasi

84-100

6

Axloq va qadriyatlar falsafasi (Etika)

100-122

7

Estetika nazariyasi

122-144

8

Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot falsafasi

144-163

9

Global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqiroz oqibati

163-174

10

Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari

174-179

11

Din madaniyat fenomeni

180-185

12

Buddaviylik va xristian dini tarixi va falsafasi

185-197

13

Islom dini tarixi va falsafasi

197-213

14

Islom qadriyatlari

214-224

15

Diniy mutaassiblik va dindorlik

224-234



MA’RUZA MATNI


1-MAVZU: FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI
Reja:
1. Falsafa atamasining kelib chiqishi.
2. Dunyoqarash va uning tarixiy shakllari.
3. Falsafaning asosiy masalalari.
4. Falsafa va fanning o'zaro mutanosibligi va farqi.
«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi. Har qanday noma’lum so’z mazmunini uning etimologiyasidan, ya’ni u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash o’rinli bo’ladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so’zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan-avlodga o’tuvchi bilim va inson o’z aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni tanqidiy tushunish yo’li bilan olishi mumkin bo’lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, pifagor ham, qadimgi davrning boshqa faylasuflari ham dastlab «falsafa» tushunchasiga uning keyinchalik paydo bo’lgan va mohiyat e’tibori bilan, falsafani «barcha fanlar podshosi» darajasiga ko’targan ma’nosidan boshqacharoq ma’no yuklaganlar. Ammo ilk faylasuflar o’zlarini donishmand deb hisoblamaganlar va donolikka da’vo qilmaganlar, zero, o’sha davrda keng tarqalgan tasavvurga ko’ra, haqiqiy donishmandlik ajdodlardan meros qolgan, asrdan asrga o’tib kelayotgan afsonalar, din va rivoyatlarda mujassamlashgan. Donishmandlar deb, asrlar sinovidan, eng so’nggi haqiqat manbai sifatidagi bilimlarga ega bo’lgan bashoratgo’ylar, kohinlar va oqsoqollar e’tirof etilgan. Ularning so’zlari birdan-bir to’g’ri deb qabul qilingan. Faylasuf esa, qadimgilar fikriga ko’ra, izlanuvchi, donishmandlik muxlisi bo’lishi, e’tiqod sifatida qabul qilingan tayyor haqiqatlarga emas, balki o’z aqliga tayanib, ijodiy yo’l bilan, Shuningdek boshqa faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bo’lgan.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə