O’zbekiston respublikasi


Ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarishni axborot bilan ta’minlash



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə43/63
tarix08.11.2018
ölçüsü2,41 Mb.
#79111
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   63

9.2. Ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarishni axborot bilan ta’minlash


Har Qanday subyektning olib borayotgan siyosati tadbirkorlik rejalarining to’g’riligini o’z vaqtida aniqlash uchun o’z faoliyatining natijalarini doimiy kuzatish va nazorat qilib turishini taqozo qiladi.

Boshqaruvning asosiy muammolaridan biri yangi subyekt qurilishida, faoliyatini kengaytirish va rekonstruksiya qilish, zaxiralarni ko’paytirish, ishlab chiqarish texnologiyasini yangilash, yangi mahsulot ishlab chiqarish, jihozlarni almashtirish, investitsiyani jalb qilish va investitsiyadan daromad olishdir. Ayniqsa, investitsiya qarori tavakkal hisoblanadi, chunki ishlab chiqarish jarayonida kelgusi davrda daromad olish uchun joriy davrdagi resurslarning hisobidan zarur ulushini jalb qiladi. Ushbu yechim uzoq muddatli va xuddi shunday tartibda qisqa muddatga aloqador bo’lishi mumkin.

Qisqa muddatli yechim mahsulot assortimentini boshqarish natijasida birlik mahsulotning umumiy foyda jamg’armasiga, buyurtma hajmiga, talab va sotish hajmiga, tannarx va narxga, hamda isrofsiz ishlab chiqarish va sotish, ishlab chiqarish va sotib olish va hokazo savollarga tegishlidir. Ular qo’yilgan kapitalning hajmiga ta’lluqli emas. Qisqa muddatli investitsiya natijasida ushbu mablag’ qisqa davrda, ya’ni bir yilgacha pul mablag’lariga aylanadi.

Uzoq muddatli investitsiyani amalga oshirish va undan daromad olish orasida uzoq davrga mo’ljallangan kapital qo’yilmalar haqidagi qarorlar investitsiyaga, asosiy fondlarga, ilmiy tekshirishga va tajribaviy konstruktorlik ishlab chiqarishga, reklama va omborxona inshootlariga tegishlidir.

Katta tavakkalchilik oqibatida investitsiyalash bo’yicha subyekt faoliyatining tahlili yechimlariga, vaqt omilini e’tiborga oluvchi alternativ tanlash yechimiga tayanishi kerak.

Boshqaruv yechimi variantlari qo’yilgan va rejalashtirilgan daromadning hajmiga vaqt ta’sirini hisobga oladi. Variantlar natijasini taqqoslash banklardagi ssuda berishdagi o’xshashlik uslubida amalga oshiriladi. Axborot ta’minot tahlili boshqaruv yechimini qabul qilish uchun differensiyalangan boshqaruv hisobining kirimi va chiqimi tizimini yaratadi.

Differensiyalangan sarflar deb qaysiki aniqlangan sharoitda boshqa sharoitlarda bo’lishi mumkin bo’lgan chiqimlarning kattaligidan a’lo bo’lishi mumkin. Ular har doim har qanday aniq holatga ta’lluqlidir.

Differensiyalangan daromad deb, shunday kirimga aytiladiki, bunda aniqlangan sharoitlardagi hajmlar, bo’lishi mumkin bo’lgan hajmdan ajralib turadi.

Alternativ tanlov muammolarning yechimida kapital qo’yilmadan olingan foydani hisoblab aks ettirishdir. Binobarin, qo’yilmadan olingan foyda qancha ko’p bo’lsa shuncha yuqori istiqbolli variant hisoblanadi. Bu yerda subyektning maqsadi agarda u boshqa maqsadlar bilan muqobillashgan bo’lsa kapital qo’yilmadan olingan foydani maksimallashtirish hisoblanadi. Investitsiyalash muammosining tahlili besh bosqichda olib boriladi: muomalalarni aniqlash; muqobil (alternativ) yechimni tanlash; tanlangan yechimning natijasini aniqlash va baholash; miqdordan o’lchab bo’lmaydigan o’sha natijani saralash, ularni bir-biriga va boshqa natijalarga nisbatan baholash; qarorlarni qabul qilish.

Boshqaruv hisobi asosan miqdoran o’lchanadigan ma’lumotni tayyorlaydi. Differensiyalangan sarflar xarajatlarning hisob tizimida doimiy asosda aks ettirilmaydi. Ularning tarkibi har qanday aniq muammolarni tahlil qilish uchun tanlanadi. Differensiyalangan sarflar turli xil sharoitlarda farqlanadigan tannarxning tegishli moddalarini o’z ichiga oladi. Ularning tarkibi kapital qo’ylmalar bo’yicha asosan o’zlashtirilgan sarflarni ayrim olgan holda chiqishga xizmat qiladi.

Differensiyalangan sarflar har doim kelajakdagi sarflarga olib boriladi va aniqlangan modulning ishlatilishida ushbu sarflarning qanday bo’lishini ko’rsatadi. Ko’pchilik hajmda ushbu sarflar ehtimoli bo’lgan sarflarga kiradi.

Differensiyalangan sarflar va daromadlarning aniqlangan shakllarida ularni solishtirish uchun har xil variantlari mavjud emas. Binobarin, umumiy holda ikki turdagi miqdorlar chiqim bilan daromadni taqqoslashga imkon yaratadi.

Birinchidan, qachonki boshda taqdim etilgan loyihani amalga oshirish uchun u yoki bu variantga mo’ljallangan mablag’ bo’lishi zarur. Pul mablag’larini qo’yish har xil muddatlarda amalga oshiriladi, lekin analitik hisoblarda bu muddat vaqtning nolinchi daqiqasiga olib kelinadi.

Ikkinchidan, har xil variantlarda bir necha yil davomida ushbu investitsiyalarning natijasi sifatida pul oqimining kelib tushishi kutiladi.

Pul mablag’larining bu ikki miqdori- investitsiya va kirim bir va o’sha vaqtning o’zida hisoblangan tartibga keltirilgan va taqqoslangan ekvivalent miqdorlariga olib keladi. Odatda, kelgusidagi daromadlarning oqimi kapital qo’yilmalarni vaqtning nolinchi daqiqasiga olib keladi.

Odatda, investitsiyaning smetasi axborotlarning manbai bo’lib xizmat qiladi. Ular investitsiyalanadigan loyihalarning ro’yhatini qabul qilingan qarorlar bo’yicha taqdim qiladi. Investitsiyalash o’lchami va yo’nalishi, toza joriy qiymati, kelitirlgan sof samarasi, rentabelligi, o’zini qoplash muddati, investitsiyaning sifati, kapitalning qiymati, hisob stavkalari, diskontlangan qiymati va hokazolarga tegishli axborotlarni analitik va rejali xususiyatga ega bo’lgan ko’pdan ko’p hisoblar beradi.



9.3. Ishlab chiqarish zararsizligining tahlili va qarorlarni qabul qilish

Bozorning shakllanishi va uni muqobillashtirish usullarini ishlab chiqish bozor elementlarining o’zaro aloqasi va o’zaro bog’liqligini, ya’ni talabni, taklifni va bahoni aniqlaydi. Тizimning har bir elementi o’zgaradi va ishlab chiqarish omillarining, xarajatlar va daromadlilikning ta’siriga bog’liq.

Ishlab chiqarish hajmlari, sotishdan tushgan yalpi daromad, sarflar va sof foydaning o’zgarishlari o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganish maqsadida ishlab chiqarishning zararsizlik tahlili olib boriladi. Bunda muhim e’tibor mahsulotni ishlab chiqarishga qaratiladi, bu esa boshqaruvchilarga ishlab chiqarish hajmining kritik ("o’lik") nuqtasini aniqlashga imkon beradi. Kritik nuqta deb subyektning xarajatlari ushbu mahsulotni sotishdan tushgan daromadga teng bo’lgan sotuv hajmining nuqtasiga aytiladi. Bu tizimda foyda ham olinmaydi va zarar ham ko’rilmaydi.

Ishlab chiqarishning zararsizlik tahlili qisqa vaqt mobaynida sotish hajmi, sarflar va daromadlar o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlaydi. Тahlil natijalariga ko’ra yo’riqnoma beriladigan davr mazkur vaqt ichida mavjud bo’lgan ishlab chiqarish quvvati bilan chegaralangan bo’ladi.

Хalqaro amaliyotda kritik nuqtani aniqlash uchun tenglama, marjinal daromad, grafik usullaridan foydalaniladi. Тenglama usuli sof foyda formulasi bo’yicha hisoblanishga asoslangan:


Mahsulot sotishdan olingan daromad

-

Sotishning hajmi uchun sarflangan o’zgaruvchan xarajatlar

-

Umumiy summadagi doimiy xarajatlar

=

Mahsulot sotishdan tushgan sof foyda

Ushbu formula ko’rsatkichlarini hisoblash tartibini detallashtirib uni quyidagi ko’rinishda berish mumkin:




Birliklar miqdori x Mahsulot birliginining narxi

-

Birlik miqdori x Birlikka bo’lgan o’zgaruvchan sarflar

-

Umumiy summadagi doimiy xarajatlar

=

Mahsulotni sotishdan tushgan sof foyda

Тenglama usulini tizimli siljishlarning ta’sirini tahlil qilishda qo’llash mumkin. Sotish mahsulotning nisbiy hissasini sotishdan tushgan daromadning umumiy summasidagi to’plash sifatida ko’riladi. Agarda tizim o’zgarsa, tushumning hajmi berilgan miqdorga yetishi mumkin, foyda esa kam bo’lishi mumkin. Foydaga bo’lgan ta’sir assortiment mahsulotning past rentabelligi yoki yuqori rentabelligi tomon o’zgarishiga bog’liq.

Deylik, subyekt ikki turdagi (A va V) mahsulotni ishlab chiqaradi.

9.1- jadval

Tizimli siljishlarning ta’siri tahlil




Ko’rsatkichlar

A

V

Jami

1.

Sotishning hajmi, dona

100000

20000

120000

2.

1-dona uchun narxi, so’m

2000

3000

-

3.

Sotishdan tushgan daromad, ming so’m

200000

60000

260000

4.

1-donaga bo’lgan o’zgaruvchan sarflar, so’m

1600

1900

-

5.

Sotishning butun hajmiga bo’lgan o’zgaruvchan sarflar, ming so’m

160000

38000

198000

6.

Marjinal daromad, ming so’m

40000

22000

62000

7.

Doimiy sarflar, ming so’m

x

x

30000

8.

Sof foyda, ming so’m

x

x

32000

V mahsuloti 1-donasining sotishiga A mahsulotining 5 donasi to’g’ri keladi. Keyinchalik V mahsulotning x dona kritik nuqtasi va 5x- A mahsulotining miqdoriga shartli ravishda yo’l qyiladi.

Joyiga qo’yishda quyidagilarga ega bo’lamiz:

(2000 x 5x) + 3000x - (1600x5x) - 1900x - 30000000 = 0

10000 = 3000x - 8000x - 1900x - 30000000 = 0

3100x = 30000000 so’m,

x = 9677 dona - V mahsuloti

9677 dona x 5 = 48385 dona- A mahsuloti,

9677 dona + 48385 dona = 58062 dona V va A mahsulotlari.

Sotish hajmining kritik nuqtasi - 58062 dona, shundan 9677 dona V mahsuloti va 48385 dona A mahsuloti hisoblanadi.

Aytaylik, sotilgan mahsulot tizimining quyidagi o’zgarishlari sodir bo’ldi (9.2-jadvalga qarang).

9.2-jadval

Tizimli siljishlarning ta’siri tahlil




Ko’rsatkichlar

A

V

Jami

1.

Sotishning hajmi, dona

80000

40000

120000

2.

1-dona uchun narxi, so’m

2000

3000

-

3.

Sotishdan tushgan daromad, ming so’m

160000

120000

280000

4.

1-donaga bo’lgan o’zgaruvchan sarflar, so’m

1600

1900

-

5.

Sotishning butun hajmiga bo’lgan o’zgaruvchan sarflar, ming so’m

128000

76000

204000

6.

Marjinal daromad, ming so’m

32000

44000

76000

7.

Doimiy sarflar, ming so’m

x

x

30000

8.

Sof foyda, ming so’m

x

x

46000

Mahsulot tizimini taqqoslashda yuqori marjinal daromad bilan mahsulot hissasining ko’tarilganligini ko’ramiz, shuning uchun sof foyda ko’tarildi. Bunda, kritik nuqtani topamiz:

(2000 x 2x) + 3000x - (1600 x 25x) - 1900x -30000000 = 0,

4000x + 3000x - 32000x - 1900x – 30000000 = 0,

1900x = 30000000,

x = 15790 dona - V mahsuloti, 15790 dona x 2 = 31580 dona- A mahsuloti,

15790 dona 31580 dona 47370 dona V va A mahsulotlari.

Sotish hajmining kritik nuqtasi 47370 dona, shundan 15790 dona V mahsuloti va 31580 dona A mahsuloti hisoblanadi. Natijani oldingi hisob bilan taqqoslab kritik nuqtaning hajm kamayishi tomoniga qarab 1015 donaga o’zgarganini belgilaymiz. Bu holda tabiiy holatdagi hajmi o’zgarmasdan qolganligi e’tiborni jalb qiladi.

Demak, sotuvning umumiy hajmini nazorat qilishda ham tizimli siljishlarni tahlil qilish kerak, chunki u haqiqiy foydaning rejalashtirilganidan chetga chiqishini ko’rsatadi. Mahsulotni sotishni maksimallashtirish resurslar bilan ta’minlanganlik nuqtai nazaridan ham ko’riladi. Qo’shimcha ishlab chiqarish quvvatlari foydasiz bo’lishi mumkin.

Marjinal daromad usuli- tenglama usulining har xilligi quyidagi formulaga asoslanadi:



Marjinal daromad

=

Sotishdan tushgan daromad

-

Sotishning hajmiga sarflangan o’zgaruvchan xarajatlar

Bunda kritik nuqta,




Kritik nuqta

=

Umumiy summadagi doimiy sarflar

Birlikdan kutilayotgan marjinal daromad

Bizning misolda bu quyidagicha bo’ladi:

30000000 : 516700 = 58061 dona = 58062 dona,

62 mln. so’m : 120000 dona = 516700 so’m.

Marjinal yondashishda menedjer doimiy sarflar haqida ma’lumot oladi; ular umumiy marja bilan qoplanadimi yoki yo’qmi?

Mahsulotning har bir turidan marjinal daromadning hajmi haqida, har bir mahsluotning marjinalligi haqida ma’lumotlarni yig’adi va chuqur o’rganadi. Bizning misolda:

A mahsuloti = 400/2000 x 100 = 20 %,

V mahsuloti = 1100/3000 x 100 = 36,7 %.

Mahsulotning marjinalligi - bu daromadga (bahoga) foizli nisbatda bo’lgan mahsulot birligiga to’g’ri keladigan marjinal daromaddir.

Marjinal daromad narxni qayta ko’rib chiqish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini o’zgartirish, mahsulotni sotishni rag’batlantiruvchi mukofotlarning miqdorini o’rnatish, reklama kampaniyasini o’tkazish va boshqa marketing muomalalar bilan bog’liq bo’lgan boshqaruv qarorlari asosida yotadi.

Grafik usul zararsizlik bo’yicha iqtisodiy va buxgalterlik modullarining grafiklarini tuzish asosida yalpi daromadning sotishga, xarajatlar va foydaning ishlab chiqarish hajmiga nazariy bog’liqligini aniqlaydi.

Ishlab chiqarish hajmining xarajatlari va foyda hulqining iqtisodiy moduli subyekt qancha va qanday sharoitlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning o’sayotgan miqdorini sotishi mumkinligini ko’rsatadi. Uning asosida narxlarning pasayishini sotish hajmining o’sishiga, demak, ishlab chiqarish hajmiga bo’lgan ijobiy va salbiy ta’sirini aniqlash mumkin (9.2-chizmaga qarang).




Daromad va sarflar, m.s.

A

V

S


D

K























0

Ishlab chiqarishning hajmi

9.2-chizma. Хarajatlar va mahsulot hajmining grafigi
AD chizig’i- yalpi xarajatlar- AV bo’lagi ishlab chiqarishning katta bo’lmagan hajmida ularning o’sishini ko’rsatadi, VS bo’lagida yalpi xarajatlar chizig’i tenglasha boshlaydi. Bu demak, subyekt ishlab chiqarish quvvatlarini, ishlab chiqarish jarayonining uzluksiz grafigini va mahsulotni seriyali chiqarishni to’laroq ishlatishi mumkin. S nuqtasidan yuqoriroqdagi bo’lakda yalpi xarajatlar chizig’i o’sa boshlaydi. Bu ishlab chiqarish imkoniyatining loyiha darajasidan yuqoriroq ishlatilishini ko’rsatadi: xom-ashyo yetishmasligi, ishlab chiqarish jarayoni grafigining doimiy buzilishi, vaqtdan tashqari ishlarning mavjudligi va mahsulot birligiga bo’lgan xarajatlarning tezda oshishini keltirib chiqaruvchi boshqa hodisalardan iborat.

AK chizig’i ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lmagan doimiy xarajatlarning hajmini ko’rsatadi. Subyektning yalpi daromadi mahsulotga bo’lgan narxlarni ko’rsatuvchi OS chizig’ida ko’rsatilgan.

Iqtisodiy modul asosan ishlab chiqarish hajmining o’sishi va pasayishi holatlarida o’zgaruvchan xarajatlarning hulqini yoritadi. Iqtisodchilar ikki turdagi ta’sirni ajratadilar: masshtabning o’suvchi va salbiy ta’siri.

Masshtabning o’suvchi ta’siri- mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarishning past darajalarida yuqori va ishlab chiqarishning ko’proq unumliroq darajasida tenglashadi.

Masshtabning salbiy ta’siri- mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan sarflar zaxiralarning taqchilligi va tanqis sharoitlar natijasida ishlab chiqarishning samarali darajasidan tashqarida tezda o’sib ketadi.

Zararsizlikning buxgalteriya moduli- bu yalpi daromad bilan yalpi xarajatlarning ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga bog’liqligining chiziqli grafigidir. Тahlil uchun asos bo’lib zararsizlik (kritik) nuqtani hisoblash xizmat qiladi. Foyda maydoni bilan zararlar maydoni kritik nuqtadan o’nga va chapga tarqaladi (9.3-chizmaga qarang).





Yalpi daromad va sarflar, m.s.













Daromad




S






















D









V






































A



















K

















doimiy































0

Mahsulot biriligi va sotish hajmi








Zarar Kritik nuqtadagi hajmi Foyda



9.3-chizma. Zararsizlikning buxgalteriya moduli


Grafikda zararsizlikning bitta V nuqtasi va ishlab chiqarish hajmining loyiq maydoni (diapazoni) ko’rsatilgan. shunda AK chizig’i doimiy xarajatlarni, AD-yalpi xarajatlarni ko’rsatadi, KD bo’lagi o’zgaruvchan xarajatlarning hajmini, OS- mahsulotni sotishdan tushgan daromadni tavsiflaydi. Buxgalteriya moduli kelajakka rejalashtirilgan ishlab chiqarish darajasida yalpi xarajatlar va daromadlarning o’zgarishini ko’rsatadi.

Real sharoitlarda xarajatlarning hulqi nafaqat ishlab chiqarishning jismoniy hajmiga bog’liq.

Ular bilan birga xomashyo va materiallar, sotib olinadigan YaТMlar, ishlab chiqarish unumdorligi, texnologiya va rejani tuzishdagi o’zgarishlar, iqtisodiy taqchillik va boshqalarga bo’lgan narxlar ham ta’sir ko’rsatadilar. Shuning uchun foyda, xarajatlar va hajm hulqini tahlil qilishda hisoblarning aniqligi va ishonchliligini chegaralovchi kamchiliklar ishlatiladi va ular quyidagilardan iborat:


  • yalpi xarajatlar va mahsulotni sotishdan tushgan daromad qat’iy belgilangan va chiziqli hisoblanadi;

  • hamma xarajatlar doimiy va o’zgaruvchanlarga bo’linadi;

  • doimiy sarflar ishlab chiqarishning o’rganilayotgan maydoni darajasida mustaqil bo’lib qoladi;

  • o’zgaruvchan sarflar ishlab chiqarishning o’rganilayotgan maydonida hajmga nisbatan to’g’ri mutanosib; mahsulot sotish narxi o’zgarmaydi;

  • ishlab chiqarishda ishlatiladigan material va xizmatlarga bo’lgan narxlar o’zgarmaydi;

  • tizimli siljishlar yo’q;

  • ishlab chiqarish hajmi sotish hajmiga teng, yoki sotilmagan mahsulotning boshlang’ich va yakuniy zaxiralarining o’zgarishlari orasidagi farq uncha ko’p emas.

Shunday qilib, xatolar doimo qayta ko’rib chiqiladi, chunki biznes dinamikali emas. Boshqaruv hisobi xarajatlarning xulqi haqida doimo ma’lumot tayyorlaydi va vaqti-vaqti bilan sinish nuqtasini ya’ni kritik nuqtani aniqlaydi.


Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə