O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Topshiriq: “Iste’dodingni namoyish et” mashqi



Yüklə 161,03 Kb.
səhifə14/17
tarix27.12.2023
ölçüsü161,03 Kb.
#163242
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
aziza akramova

Topshiriq: “Iste’dodingni namoyish et” mashqi. O`quvchilar uchta guruhga bo`linadilar.
I-guruh: “Bahorni tasvirlash” rasm orqali.
II-guruh: “Kashta tikish” birorta materialga.
III-guruh: O`zbek milliy musiqasini ijro etish.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
To’garak mavzusi; Men yoqtirib o’qigan kitob

Kitob-barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir. Hayotni o`rgatuvchi murabbiydir”


“Amir Temur o`gitlari”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish,kitobga bo`lgan mehrlarini va qiziqishlarini rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.



O`qituvchi:
Ey aziz! Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo`qdir. Kitob fasohat, balog`atda, latofatda tengi yo`q, munofiqlikdan xoli hamrohdir. Yolg`izlikda va g`amli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq boru, na gina. U shunday hamdamki, so`zlarida yolg`on va xato bo`lmaydi. Suhbatidan esa kishiga malolik yetmaydi. U o`z do`stining dilini og`ritmaydi. Yuragini esa siqmaydi. U shunday rafiqdirki, kishi orqasidan g`iybat qilib yurmaydi. Uning suhbatidan senga shunday fayzli foydalar yetadiki, bunday foydani odamlardan topa olmaysan. Aksincha, aksar odamlar suhbatidan kishiga zarar yetadi.Kitobdek do`st ichida barcha ilmu hilm mujassamdirki, u kishilarni o`tmishdan va kelajakdan ogoh qilib turadi. Shuning uchun ham: “Kitob aql qal’asidir”, deganlar.
Muhammad Jabalrudiy

.
Topshiriq: “Men yoqtirgan kitob-bu” mashqi. Har bir o`quvchi o`zi yoqtirgan kitoblari haqida suhbat o`tkaziladi va ta’tilda ko`proq kitob o`qish talab etiladi.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

Yüklə 161,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə