O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Istedodli bolalarni aniqlash, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlash quyidagi omillarga bog‘liq



Yüklə 161,03 Kb.
səhifə9/17
tarix27.12.2023
ölçüsü161,03 Kb.
#163242
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
aziza akramova

Istedodli bolalarni aniqlash, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlash quyidagi omillarga bog‘liq: ushbu aniqlashning ijtimoiy ahamiyati Respublikaning zakovati, ijodkorligi, kuch-qudratini tayyorlashning istiqboli bilan bog‘liqligini tushunishga;
- ruhiy diagnostik uslubiyat, uslubiy materiallari bo‘lgani holda turli yoshdagi gurahlarda aniqlashning umumiy dasturlari yaratilishiga;
- iste’dodli bolalar (maxsus tayyorlangan rejalar, dasturlar va ilmiy asoslangan uslubiyat va hokazo bo‘yicha) bilan ishlash uchun ixtisoslashgan muassasalarning yagona tarmoyilini targ‘ib etishga;
- ommaviy o‘quv yurtlarida iste’dodli bolalar bilan ishlash uchun zarur o‘quvdasturiy qo‘llanmalarini ishlab chiqishga;
- joylarda mahsus guruhlar tomonidan ishlab chiqilgan xalq ta’limi, davlat va jamoat muassasalari, ijodiy uyushmalar tomonidan tasdiqlangan dasturlarga (bu dasturlarda iste’dodli bolalar bilan ishlashning istiqbollari va bosqichlari, o‘z hududida bunday faoliyat va ko‘pgina boshqa tadbirlar uchun mablag‘ ajratish, ularni ta’minlashga);
- qo‘yilgan vazifalarni hal qilishga keng jamoatchilik diqqatini jalb qilishga, Respublika metodik kengashining tuzilishiga (bu kengash tarkibiga Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, xalq ta’lim boshqaruv organlari xodimlari, etakchi olimlari va mutaxassislari, ijodiy uyushmalar, amaliyotchi o‘qituvchi, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari to‘garak rahbarlari kiradilar);
- ilmiy tadqiqotlar maktablar uchun me’yoriy hujjatlar, sinf ishlanmalari majmuiga, iste’dodli o‘quvchilar haqida ma’lumotlar manbaini yaratishga, ularni o‘qitish va tarbiyalashning (tabaqalashtirish, individuallashtrish, insonparvarlashtirish) yagona uslubiy asosini yaratishga bog‘liq.
Iste’dodli va iqtidorli bolalarning o‘qituvchi hamda tarbiyachilari alohida iste’dodlar uchun turlicha o‘quv reja va dasturlariga ega bo‘lishlari maqsadga muvofiq.
Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni aniqlash va o‘qitish uslubiyati, psixologik-pedagogik va tashkiliy sharoitlarini yaratish, maxsus o‘quv dasturlari va tizimli pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish uchun eng yaxshi pedagog va olimlarning faol ishtirokini ta’minlash lozim. Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni chet ellarda umumiy va kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan o‘tkazishga qaratilgan sobitqadam faoliyatni amalga oshirish kerak. Akademik litseylarning o‘quvchilariga, birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o‘zlaridagi noyob iste’dodni ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish lozim.
O‘z-o‘zini boshqarish o‘quvchilarni mustaqil hayotga, turmush va jamiyatga mos qilib tarbiyalashda, ta’lim muassasasida ma’naviy muhitni saqlashda, ma’muriyatga qo‘shimcha ta’lim olish uchun o‘quvchilar talabnomasini shakllantirishda ko‘maklashadi.
O‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqaruvi a’zolari maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan barcha tadbirlarda, tanlovlarda, xonalarni jihozlashda faol ishtirok etadilar. Mazkur boshqaruv tashkilotchilik ishi ko‘nikmalarini tarbiyalaydi, umumiy g‘oyalari bilan ahil, jipslashgan o‘quvchilar jamoasini tuzadi. O‘quvchilar o‘z-o‘zini idora qilish tizimi maktab o‘quvchilari (jamoasi) tomonidan o‘zining faoliyatida demokratik faoliyat tarzlarini chuqur o‘zlashtirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Buto‘g‘ri taqsimlash, ijro ustidan hisobot va nazoratni yo‘lga qo‘yish, harakatlar, tashabbuskorlikning uyg‘unligini ta’minlash, musobaqalar uyushtirish, o‘z zimmasiga mas’uliyat olish kabi ko‘nikmalardan iborat. Tarbiyalanuvchilar davrimiz kishisi uchun zarur bo‘lgan qator axloqiy sifatlarni, chunonchi, jamoat ishiga va unga qo‘shadigan ulushi uchun shaxsiy mas’uliyat, jamoa manfaatlariga sodiqlik, o‘zaro munosabatlarda qatiylik, talabchanlik, jamoat tashabbusini qo‘llab-quvvatlash kabi sifatlarni egallaydi.
Maktabda o‘quvchilarning mustaqil faoliyati, barcha pedagogik jamoa bu ishga ma’naviy tayyor bo‘lsagina, o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro chuqur hurmat, xayrixohlik, ishonch bo‘lgan sharoitdagina tashkil etilishi mumkin. Hech qanday soxtalik va sun’iylik bo‘lmasligi kerak. Barcha o‘z-o‘zini idora qilish tashkilotlari o‘z faoliyati yuzasidan vaqti-vaqtida hisobot berib turishi, so‘z va ish birligi saqlanishi, har kim huquqlari va vazifalarini bajarishda ijtimoiy.

Yüklə 161,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə