O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi



Yüklə 161,03 Kb.
səhifə6/17
tarix27.12.2023
ölçüsü161,03 Kb.
#163242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
aziza akramova

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:
– darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish;
– o‘quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko‘p qirrali ishlarni pedagogik jamoa, o‘quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo‘lga qo‘yish;
– sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo‘nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda, o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalar, o‘quvchilar tashkilotlari, sinf faollariga uslubiy yordam ko‘rsatish;
– umumo‘rta ta’lim maktab va maktablararo o‘tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish;
– o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish;
Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini ko‘rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma’muriy.
Bular ko‘pincha o‘zaro uzviy bog‘langan holda namoyon bo‘ladi. Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator ishlarni kiritish mumkin:
– tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan yutuq va kamchliklarni tahlil qilish;
– tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash
– tarbiyaviy, ommaviy-siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmuni, shakl va usullarini aniqlash;
– sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni guruhlashtirish, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash.
Maktabda tarbiyaviy ishlarni aniq rejalashtirmasdan uning mazmuni, shakl va usullarini aniqlamasdan, ma’lum bir tizimga solmasdan turib ko‘zda tutilgan maqsadga erishish qiyin. Sinfdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta’siri ko‘p darajada o‘quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o‘quvchilar jamoachining xilma-xil ishlarni qanday yo‘lga qo‘yishga bog‘liqdir.
Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlari har xil o‘quvchilarni ihtiyoriy ravishda birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib kiradi
Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir. Bu faoliyat ilmiy jamoa, adabiy va maktab teatrlarining ishlari, turli mavzularda o‘tkaziladigan kitobxonlar konferentsiyasi va munozaralar, siyosiy, axloqiy, ilmiy-ommabop va mehnat mavzularidagi mahruza va suhbatlar, ijtimoiy-foydali mehnat, siyosiy axborot, bayram kechlari va ertaliklari, to‘garak mashg‘ulotlarini o‘z ichiga oladi.
O‘quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o‘z mazmuniga ko‘ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. CHunki sinfdan tashqari ishlarda olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi va shu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi.
O‘quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadi, turli vazifatlarga duch keladilar. SHuning uchun ham o‘quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma - xil bo‘lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, keng va ma’naviy o‘sishi samarali bo‘ladi. Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o‘quvchilar jamoada ishlashni o‘rganadilar ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish mehnatiga qo‘shiladilar, jamoatchilik fikriga bo‘ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga odatlanadilar. Maktabdan tashqari faoliyat unda qatnashuvchilarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi hamda yosh xususiyatlariga ko‘ra belgilanadi. Bu jarayonga ular ta’lim olayotgan maktabning sharoiti ham ta’sir etadi. Garchand mamlakatimizdagi barcha maktablarning vazifalari bir bo‘lsada, o‘sha maktablarning o‘ziga xos xususiyatlari bor va bu xususiyatlr madaniy va milliy sharoitlarda yaqqol ko‘rinadi. Tarbiyachilar, sinf rahbarlarining sinfdan va maktabdan tashqari olib boradigan tarbiyaviy ishlarida quyidagi ish usullaridan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.
1. Og‘zaki ish usullari. Turli axborotlar, majlislr, ertalabki yig‘inlar, ma’ruzalar, kitobxonlar konferentsiyalari, munozaralar, uchrashuvlar, jurnal va gazetalar, radiojurnallar.
2. Amaliy ish olib borish usullari. Turli joylarga sayyohtlar, sport musobaqalari, olimpiada, iztoparlar ish foaliyati, yosh tabiatshunoslar to‘garaklari, shanbaliklar.
3. Ko‘rgazmali ish usullari. Maktab muzeylari, urush va mehnat qahramonlari xonasi, yangi kitoblar ko‘rgazmalari. Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qolibiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. CHunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, axil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo‘lishlari lozim.

Yüklə 161,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə