O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


I-BOB SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI TARBIYAVIY ISHLARNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI



Yüklə 161,03 Kb.
səhifə5/17
tarix27.12.2023
ölçüsü161,03 Kb.
#163242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
aziza akramova

I-BOB SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI TARBIYAVIY ISHLARNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI.
1.1.Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning ilmiy va nazariy asoslari.
Maktabning o‘quvchilar bilan olib boradigan o‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari xilma xil ta’lim-tarbiya ishlari sinfan tashqari ishlar nomini olgan. Sinfdan tashqari ishlar maktab ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini yo‘lga qo‘yish, tarbiya formalaridan biridir.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga, aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda ko‘ngillilik asosida tashkil qilinadi. O‘quvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o‘zlarini qiziqtiradigan mashg‘ulotlarni tanlab olishadi ularda mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi.
Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy ishlarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishni talab etmoqda. Sinf va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi.
Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari, tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo‘lishi lozim:
– pedagoglar va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro xurmat munosabatlarini shakllanganlikning o‘ziga xos an’ana vositalariga tayanish;
– inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o‘smir va yosh yigitning betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy huquqini e’tiborda tutish zarur
Sinfdan tashqari ishlarni to‘la qamrab olgan to‘garaklar bir necha xilda bo‘lishi mumkin:
a) fan to‘garaklari;
b) mohir qo‘llar to‘garaklari;
v) duradgorlik to‘garaklari;
g) sport to‘garagi;
d) badiiy xavaskorlik to‘garagi.
Umumo‘rta ta’lim maktablarida bu ishlarni sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi.
Sinf rahbari to‘garak rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil bo‘lgan o‘z o‘quvchilarini biror to‘garakka a’zo bo‘lishga chorlaydi. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o‘quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to‘ldiradi. Ularni dunyo qarashini to‘g‘ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko‘maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog‘lanishiga zamin yaratadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko‘p qirralidir.

Yüklə 161,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə