O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


II-BOB Ijodiy to’garaklar orqali o’quvchi yoshlarning ma’naviy tarbiyasini shakillantirish



Yüklə 161,03 Kb.
səhifə8/17
tarix27.12.2023
ölçüsü161,03 Kb.
#163242
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
aziza akramova

II-BOB Ijodiy to’garaklar orqali o’quvchi yoshlarning ma’naviy tarbiyasini shakillantirish
2.1 Iste’dodli bolalarni aniqlash va ularni tarbiyalash.
O‘quvchilarni har tomonlama etuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllantirish, o‘zlashtirish va bilim sifatini oshirish ko‘p jihatdan kuni uzaytirilgan guruhlarning samarali ishlashiga bog‘liqdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o‘quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to‘ldiradi. Ularning dunyoqarashi to‘g‘ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko‘maklashadi. Nazariy bilimlarning amaliyot ishlab chiqarishi bilan bog‘lanishiga zamin yaratadi.
Iste’dodning o‘z vaqtida namoyon bo‘lishi tarbiyaga va qo‘llab-quvvatlashga bog‘liqdir. Har qanday jamiyatga iste’dodli shaxslar zarur. SHu nuqtai nazardan iste’dodli bolalarni aniqlash, tarbiyalash va o‘qitish Respublikaning bo‘lajak aql-zakovatli va ijodiy fikrlovchi kuchlarini tayyorlashning yagona manbaidir. Ijodiy qobiliyatlar rivojini samarali amalga oshirish uchun o‘quvchilar iste’dodini aniq tahlil etish, bolalarning o‘ziga xos psixologik jihatlarini va fazilatlarini hisobga olish zarur. Turli yoshdagi iste’dodli o‘quvchilarni namoyon etishda hozirgi kunda, avvalo maktab pedagogika jamoasi ruhiy-diagnostika tajribalardan unumli foydalanishlari zarur.
Bunda "Respublika Iste’dod Markazi" xodimlari bilan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga ega. Iste’dod markazi xodimlarining faoliyati tajribasidan foydalanish, ularning iste’dodni aniqlashga mo‘ljallangan psixologik tadbirlarini pedagogik tajribalar bilan hamohang ishlab chiqish lozim.
YOshlar iste’dodining namoyon bo‘lishida qobiliyatlarni aniq tahlil etish, bolaning o‘ziga xos fazilatlarini hisobga olish ijodiy qobiliyatlar rivojini samarali amalga oshirish uchun zarur. Qobiliyatlarni rivojlantirish daraja va bosqichlari yangicha munosabatlar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Qobiliyat ma’lum bir darajada istalgan o‘quvchida shakllangan bo‘lishi mumkin. Bu esa tashkil etilgan tarbiya va o‘quv jarayoni sharoitlarida rivojlantiriladi.
O‘quvchi yoshlar qobiliyatini rivojlantirish maqsadida istedod va iqtidorni ongli rag‘batlatirish, ularning ijobiy qiziqishlari rang-barangligini oshirish, turli ko‘rgazmali tadbirlarda ishtirok ettirish, olimpiadalar, tanlovlar, uchrashuvlarga jalb etish lozim.
Iste’dodli bolalarning taniqli olimlar laboratoriyalarida shug‘ullanishi, shoir, yozuvchi, rassom kabi san’at namoyondalari bilan hamkorlik qilishni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Bolalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda oila va muhitning ahamiyati yuksak. Ayniqsa Respublikaning qishloq joylarida iqtidorli bolalarni izlash, topish va ularning ta’lim va tarbiyasini muntazam ravishdato‘g‘ri yo‘lga qo‘yish muhimdir.
Iste’dodli bolalarni joylarning hududiy xususiyatlarini hisobga olib, ijodiy kamol toptirishda diagnostik uslubiyatlar, o‘quv rejalari va o‘quv-uslubiy, tarbiya va ta’lim dasturlari bilan ta’minlash lozim. SHuningdek, iqtidorli bolalarni izlash, topish va tarbiyalash uchun zamonaviy moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan to‘liq ta’minot zarur. Istedodli bolalar salomatligini muhofaza qilish uchun ularni ruhiy zarbalardan asrash yo‘llarini aniqlash, rahan yordam ko‘rsatish, ruhiy hayajonlanish holatlarini o‘rganish - ularning ijodiy qobiliyatlari rivoji uchun sharoit yaratish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish darkor
Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari xodimlari, etakchi olimlar va mutaxasislar, ijodkorlar, amaliyotchi o‘qituvchilar, to‘garak rahbarlaridan iborat, Respublika metodik kengashi tuzulishi lozim. Turli yoshdagi guruhlarda iste’dodlarni qidirishning umumiy dasturi zarur. Ommaviy o‘quv yurtlarida bo‘lganidek, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida ham bu borada o‘quv dasturi rejalarini ishlab chiqish kerak bo‘ladi.

Yüklə 161,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə