O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning metodlari



Yüklə 161,03 Kb.
səhifə7/17
tarix27.12.2023
ölçüsü161,03 Kb.
#163242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
aziza akramova

1. 2. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning metodlari.
Jamoat tashkilotlari va o‘quvchilar bilan darsdan tashqari vaqtlarda olib boriladigan xilma - xil mashg‘ulotlarni o‘qituvchilar yordamida tashkil qiladilar. Sinfdan tashqari ishlar o‘z mazmuniga ko‘ra juda xilma-xil: ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, ijtimoiy foydali, badan tarbiya-sog‘lomlashtirish ishlari bo‘ladi.
Sinfdan tashqari ishlar uch xil formada: ommaviy, to‘garak va individual formalarda tashkil qilinadi.
Ommaviy formalar: Ertaliklar, maktab kechalari, bolalar bayramlari, ko‘riklar, quvnoqlar va topqirlar to‘garagi, sayr, sinf maktab muzeylari, bolalar ishlarining ko‘rgazmalari v hokazolar.
To‘garak ishlari: Maktabdagi har bir to‘garak o‘zining doimiy ish kunlari va soatlariga ega bo‘lishi lozim. To‘garakda qat’iy intizom bo‘lishi: to‘garak a’zolari mashg‘ulotlariga kechikmasdan kelishlari, to‘garak topshiriqlarini batrtib bajarishlari, to‘garakning moddiy boyliklarini ehtiyot qilishlari kerak.
Sinfdan tashqari individual ish: Har bir o‘quvchi o‘z mayl va qobiliyatlarining rivojlanishiga yordam beradi. Bu ishda sinfdan tashqari o‘qish katta ahamiyatga ega. Maktabda har bir sinf uchun sinfdan tashqari o‘qish dasturi bor. O‘quvchining nima o‘qiyotgani va o‘qigan nrsalarini qandy idrok qilayotganini o‘qituvchi bilishi juda muhim. SHuning uchun o‘qituvchining sinfdan tashqari o‘qishga rahbarligi eng yaxshi kitoblarni targ‘ib qilish va o‘quvchilarda o‘qilgan darsliklarni to‘g‘ri, chuqur idrok etishni rivojlantirishdan iborat.
Individual topshiriqlarning turlari juda ko‘p bo‘lib, o‘simliklar o‘stirish, gullar, sabzvotlar etishtirish ham ana shunday topshiriqlar jumlasiga kiradi. Individual topshiriqlarda har bir o‘quvchining imkoniyat va qiziqishlari hisobga olinsa, ular bolalarning qobiliyatlari, iste’dodlarini o‘stirishga yordam beradi.
O‘qituvchi ta’lim jarayonida bolalarning madaniy ehtiyojlari va bilim darajalarini aniqlash bilan shug‘ullanadi.
Ularga muvofiq tarzda ayrim o‘qituvchilar, gruppa yoki butun sinf bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni rejalashtirish.
O‘quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish maktabda o‘quvchilar o‘rtasida turli mavzularda anjumanlar, kechalar, o‘tkir zehinlilar mushoirasi va ekskursiyalar o‘tkazish, kino va teatrlarga jamoa bo‘lib borish, zavod va fabrikalarda ishlab chiqarish veteranlari bilan uchrashuvlar tashkil qilish, devoriy gazetalar chiqarishni yo‘lga qo‘yish kabi ishlar belgilanadi. Umumo‘rta ta’lim maktablari hayotidagi bu kichik bo‘limchaning eng muhim vazifasi umummaktab tarbiyaviy ishlar jamoasini tashkil etish sistemasini ochib berishdan iboratdir. Umummaktab jamoasi sinflarning shunchaki yig‘indisidan iborat bo‘lmay, balki bu jamoa bir necha o‘quv yillari davomida butun pedagogik jamoaning katta kuchg‘ayrat ishlatishi tufayli yuzaga keladi.
Maktabning ish rejasidagi ota-onalar va jamoatchilik bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlar, o‘qituvchilarning ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning turli shakllari: ota-onalar majlisi, ota-onalar bilan guruppa va individual tarzda suhbat va konsul’tatsiyalar, mahalla va aholi yashaydigan qishloqlarda, zavod fabrika va kurilish tashkilotlarida olib boriladigan turli tarbiyaviy mavzulardagi pedagogik tashviqot va targ‘ibot ishlari hamda jamoatchilik va ota-onalarning maktabga qachon va qanday yordamini tashkil qilish kabi masalalar ko‘rsatiladi.
Maktabning otaliq tashkiloti bilan hamkorlikda olib boradigan ishlari bo‘limida maktab binosini remont qilish, o‘quv kabinetlarini jihozlash ishiga otaliq tashkilotining e’tiborini jalb etish, otaliq tashkilotidagi ishchi va xizmatchilar uchun turli tarbiyaviy temalarda suhbatlar olib borish kabi ishlarni o‘z ichiga oladi.
SHu joyning o‘zida kengash yig‘ilishlarining o‘tkazish muddati va kun tartibi, kengashning maktabdagi metodik birlashmalar va boshqa tashkilotlar bilan aloqasi, bu birlashmalarga rahbarlik qilish shakllarini ko‘rsatish o‘rinli bo‘ladi. Huddi shuningdek, direktor qoshidagi yig‘ilishlarning mavzusi, yig‘ilish shakli, uni o‘tkazish kuni kabi masalalarni ham maktab direktori maktab ish rejasining shu bo‘limida ko‘rsatishi maqsadga muvofiq.
Ish rejasining-pedagogik jarayoni boshqarish va nazorat qilish deb nomlangan bo‘limida maktab ishlarini boshqarish va pedagogik jarayonda rahbarlik qilishning asosiy etakchi prinsipi demokratiyalashtirish va insonparvarlashtirish aqidasi asosida rahbarlik qilish tadbirlari belgilanadi. Maktab ichki nazorotini to‘g‘ri (aniq mavzu va maqsad asosida) amalga oshirishga qaratilgan ishlar, maktab ichki nazoratining shakl va metodlari, xususan: o‘quvchilar bilimining sifati va o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturlarining bajarilishini (darslarga kirish va tahlil qilish, laboratoriya va amaliy ishlar, ekskursiyalar: kontrol’ va yozma ishlar, ishlab chiqarish mehnati, maktab uchastkasidagi tajriba ishlari natijalarini tahlil qilish: o‘quvchilar bilan individual ishlashning ahvolini aniqlash, daftar tutish, sinf jurnallarida o‘quvchilar bilan qayd etish va baholash: o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quvchilar bilimi, ularning ko‘nikma va malakalar darajasi: maktab ma’muriyatining nazorat ishlari: darslik o‘quv jihozlari va boshqalarning qanday holatda ekanligini tekshirish
Fakul’tativ ishlarni nazorat qilish. Metodik birlashmalar, o‘qituvchilarning o‘z ustida mustaqil ishlashlari, sinf rahbari, kutubxonachilar, laborantlar faoliyatini kuzatish. Maktab hujjatlarining qay tartibda yoritilayotganligini nazorat qilib borish kabi qator masalalarni belgilash muhim ahamiyat kasb etadi.
SHuni ta’kidlash kerakki, pedagogik jarayonni boshqarishning muhim ob’ekti ulgurmovchi va ikki yil bir sinfda qoluvchi o‘quvchilar bilan sistemali, aniq maqsadga qaratilgan ish olib borishdir.



Yüklə 161,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə