O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti



Yüklə 161,03 Kb.
səhifə15/17
tarix27.12.2023
ölçüsü161,03 Kb.
#163242
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
aziza akramova

To’garak mavzusi: O‘zgalarga yordam berib, o‘zingda insoniylikni kashf et
Mashg’ulotning maqsadi: O`quvchilarga O`zbekiston muqaddas makon, Vatanga hurmat, qadriyatlarni ulug`lash, o`zlikni anglash tuyqularini shakllantirish..O`quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoqarashlarini o`stirish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Mashg’ulotning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.
Mashg’ulotning shiori: Biz tanlagan yo‘l. O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar yurti. !
Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, tarqatma materiallar, slaydlar.
Texnik jihoz: Diaproektor, ekran. "Milliy istiqlol g`oyasi va ma'naviyat asoslari" fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga oid bo`lganlaridan foydalanish.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik
II.Asosiy qism:
Diqqat bilan o‘qing
13- noyabr – Butun jahon mehribonlik kuni (World Kind ness Day).
Ushbu ajoyib bayram Butun jahon mehribonlik harakati tash kilotining ta shabbusi bilan vujudga kelgan. U xayriya tashkilotlarida ishlaydigan va og‘ir ahvolga duch kelganlarga beminnat yordam beradigan turli mamlakatlardan ko‘ngillilarni birlashtiradi.
Ko‘ngillilar o‘z ixtiyori bilan xolisona yaxshilik qiladigan hamda odamlarga, jamiyatga yordam berish uchun o‘z vaqti va kuchini sarfashga tayyor bo‘lgan insonlardir.
Diqqat bilan o‘qing
Baxt moddiyat bilan o‘lchanmaydi. Baxtni to‘la-to‘kis tortiq qiluvchi muhabbat, ishonch va insoniylik kabi tuyg‘ular ham bor. Yordamga muhtoj bo‘lgan inson uchun o‘ziga mutlaqo begonalar ning ham yordam berishga tayyorligini his qilish baxtning bir parchasidir. Agar imkon top sangiz, siz ham yordamga muhtoj insonlarga qo’l cho’zing. Har qanday yordamingizni ayamang! Ehtimol, siz kichik bir yordamingiz bilan kim ningdir hayo tini mazmunli qilishingiz, eng baxtli lahzalarga sababchi inson sifatida xotirasiga muhrlanishingiz, balki uning eng yaqin insoni bo‘lib qolishi ngiz
mumkin.
Mulohaza uchun
Boshqalarga yordam berish va yaxshiliklar qilish qiyin ish emas. Atrofga nazar tashlang, shoshilmang. Shunda bajarilishi mumkin bo‘l gan ishlar, sizning yorda mi ngizga muhtoj bo‘lganlar ko‘p ligini ko‘rasiz.
Yordam – bu ajoyib so‘z, yaxshi ishlar orqali boshqa odamlar bilan muloqot qilishning eng yaxshi usuli. Insondagi insoniylik darajasi atrof dagilarga yordam berish istagining qanchalik samimiyligi bilan belgilanadi. Har birimiz o‘z do‘stimizga yoki sinfdoshimizga, onamiz, otamiz, qo‘shnimizga yordam beri shimiz mumkin. Faqat ulardan “Sizga qanday yordam berishim mum kin?” yoki “Sizga yordam bera olamanmi?” deb so‘rash kifoya. Juda oddiy bo‘lgan bu savol ezgu ishlarimizning boshlanishi bo‘ladi.
Mulohaza uchun
Baxt moddiyat bilan o‘lchanmaydi. Baxtni to‘la-to‘kis tortiq qiluvchi muhabbat, ishonch va insoniylik kabi tuyg‘ular ham bor. Yordamga muhtoj bo‘lgan inson uchun o‘ziga mutlaqo begonalar ning ham yordam berishga tayyorligini his qilish baxtning bir parchasidir. Agar imkon top sangiz, siz ham yordamga muhtoj insonlarga yordam qo’lini cho’zing. ehtimol, siz kichik bir yordamingiz bilan kim ningdir hayo tini mazmunli qilishingiz, eng baxtli lahzalarga sababchi inson sifatida xotirasiga muhrlanishingiz, balki uning eng yaqin insoni bo‘lib qolishingiz mumkin.



To’garak mashg`ulotida yaxshi qatnashgan o`quvchilar ballarini e`lon qilish, rag`batlantirish.



Yüklə 161,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə