O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi s amarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Elementlar davriy jadvalidagi atomlarning davriy xossalari



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə3/11
tarix20.03.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#102855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloya

Elementlar davriy jadvalidagi atomlarning davriy xossalari
D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy jadvalida elementlarning kimyoviy va ba‘zi fizik xossalari davriy ravishda o‘zgarishi aks ettirilgan. Davriy ravishda o‘zgaradigan, ya‘ni bir necha elementdan keyin qaytariladigan kimyoviy xossalar quyidagilardan iborat: 1) elementning valentligi; 2) yuqori oksidi va gidroksidlarning formulalari; 3) ularning asos yoki kislota tabiatiga ega bo‘lishi; 4) oksidlarning gidratlanishga intilishi va hokazo.

Fizik xossalarida esa, quyidagi davriylik uchraydi: 1) atom hajmlari; 2) atom va ionlarning radiuslari; 3) optik spektri; 4) ionlanish potensiali; 5) suyuqlanish va qaynash temperaturasi; 6) oksid va xloridlarning hosil bo‘lish issiqligi; 7) magnit xossasi; 8) rangli birikmalar hosil qilish qobiliyati va hokazo. Lekin elementlarning rentgen nurlarining spektr chiziqlarining to‘lqin uzunligi, yadro zaryadi, atom massasi, atom issiqlik sig‘imi davriy ravishda o‘zgarmaydi. Bu xossalar elementlarning davriy bo‘lmagan xossalari jumlasiga kiradi.


Rentgen nurlari spektr chiziqlarining to‘lqin uzunligi elementning tartib raqami ortishi bilan kichiklasha boradi. Elementlar atomlarining yadro zaryadi davriy jadvalda bir elementdan ikkinchi elementga o‘tgan sari bittadan ortib boradi. Ayni element atomi yadrosining zaryadi o‘sha elementdan ikkinchi elementga o‘tishi bilan uglerod birligi qadar ortib boradi. Ko‘pchilik elementlarning atom issiqlik sig‘imi 26 gateng bo‘lib, elementning davriy jadvaldagi o‘rniga bog‘liq emas.


Elementlarning davriy ravishda o‘zgaradigan ba‘zi xossalari bilan tanishib chiqamiz.
a) Elementlarning atom hajmlari. Bir mol elementning erkin holatda egallagan hajmi uning atom hajmi deb ataladi. Agar biror elementning qattiq holatdagi solishtirma massasini d bilan belgilasak, uning atom hajmi:

(1) Formula asosida topiladi. DA V Lotar Meyer elementlarning atom hajmlari bilan atom massasi orasidagi bog‘lanishni grafik ravishda tasvirladi. Buning uchun abscissa o‘qiga atom massasini, ordinata o‘qiga esa atom hajmini qo‘yib, ko‘rsatilgan grafikni hosil qildi.


Atom hajmlar qiymatinining atom massasi ortishi bilan davriy suratda o‘zgarishini ko‘rsatadi. Grafik besh qismdan iborat; har bir qism o‘z cho‘qqisiga‖, ko‘tarilish‖, pasayish‖ sohalariga va chuqurliklariga‖ ega.
O‘zaro o‘xshash elementning bu grafikda o‘xshash joylarni egallaydi. Masalan, kata atom hajmlariga ega bo‘lgan Li, Na, K, Rb, Cs elementlari grafikning ―cho‘qqisi‖ga joylashadi. Aksincha, yonaki guruhcha elementlari, masalan, VIII guruh metallari grafikning ―chuqurligi‖ga o‘rnashadi. Grafik qismlarining ―ko‘tarilishi‖ sohasiga tipik metallmaslar (ftor, xlor, brom, yod, oltingugurt, selen, tellur) joylashadi; ―pasayish‖ sohasini esa-ishqoriy-yer metallar (kalsiy, stronsiy, bariy) egallaydi. 30

O‘zaro o‘xshash elementlarning atom hajmlari deyarli bir chiziqda yotadi. Abssissa o‘qiga elementlarning tartib raqami, ordinata o‘qiga atom hajmlari qo‘yilsa, yanada ravshanroq manzara nomoyon bo‘ladi.



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə