O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi


§ Tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorlashda



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/18
tarix12.06.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#116739
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta\'limi vazirligi а. Qodiriy nomli

2.3 § Tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorlashda 
psixologik-pedagogik tashhis dasturi va uni tashkil qilish.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasining kelajagi ko’p jihatdan yosh 
avlodning qanday tarbiyalanishiga bog’liqdir. Bu o’z navbatida ta’lim tizimining 
samarali va serqirra usullarini belgilash va ayniqsa, kichik yoshdagi bolalarimizni 
boshlang’ich maktab ta’-limiga talab darajasyida tayyorlash muammosini ijobiy 
hal etish vazifasini qo’ymoqda. 
Barchaga ma’lumki, bolani maktabda muvaffaqiyatli o’qishi maktabgacha 
tarbiya davridagi tayyorgarlik darajasiga bog’liq. Bolani maktabda o’qishga — 
hayotning yangi bosqichiga tayyorlash uning shaxsi rivojlanishi-ning barcha 
tomonlarini o’z ichiga oladi va maktabgacha tarbiya davrida amalga oshiriladi. 
Maktab dasturlarining o’zgarishi bilan bog’liq holda maktabga kelayotgan 
bolalarning rivojlanishi darajasiga talablar ortib bormoqda. Bu rivojlanish darajasi 
maktabda o’qishga tayyorgarlik bilan belgilanadi. 
Maktabga borganda, bola hayot tarzi o’zgaradi, unda atrofdagi odamlar bilan 
yangicha munosabat tizimi paydo bo’ladi, faoliyatining yangi formalari 
shakllanadi. Yangi hayot tarzi yangi faoliyat shakllarini amalga oshirish uchun 
bolada irodaviy tayyorgarlikni (bolalar o’z xulqini, bilish faoliyatini boshqarishni, 
uni o’quv malakalariga yo’naltirishni bilishlari lozim) tarbiyalash, o’zida axloqiy, 
motivatsion 
tayyorgarlikni, 
o’z-o’zini 
nazorat 
qilish 
malakalarini 
mujassamlashtirgan psixologik tayyorgarlikka ahamiyat berishi lozim. 
Shuningdek, bolalarni maktabda o’qishga tayyorgarligi ularning bilish 
faoliyati rivojlanishi darajasiga bog’liq, bilish jarayonining rivojlanish darajasi 
qancha yuqori bo’lsa, bolalar tomonidan o’zlashtirilayotgan bilimlar sifati shuncha 
yaxshi bo’ladi. 


44 
Bolani maktabda o’qishga tayyorlashda uning aqliy jihatdan tayyorligi 3 ta 
asosiy komponentdan, ya’ni: uni o’rab turgan tabiat, odamlar hayoti, san’at 
dunyosi haqidagi bilimlarni o’zlashtirish; unda xotira, diqqat, nutq va tafakkur kabi 
ruhiy jarayonlarning ma’lum darajada rivojlanganligi, va nihoyat, bolada, — 
o’qituvchilar aytgandek o’qish faoliyati elementlaridan iborat. 
Bolalarga tabiat hodisalari va atrofdagi xayot xakida bilimlarni berish va 
ularga tegishli fikrlarni shakllantirish, ularni maktabga tayyorlashda juda katga 
ahamiyat kasb etadi. 
Ma’lum darajadagi bilim mazmunida fikrlash sifatini taxlil (analiz) qilish, 
solishtirish, umumlashtirish qobiliyatlari shakllanadi. Boshqacha qilib aytganda, 
tegishli bilimlarga ega bo’lmay turib, bola aqliy jihatdan rivojlanmaydi. 
Ammo ko’pchilik makgabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanipsh yuqorida 
ko’rsatib o’tilgan talablarga javob bermaydi. Bolani maktabda o’qishga 
tayyorlashda ota-onalar, bog’chadagi tar-biyachilar ishtirok etadilar. Bolalar 
bog’chasi dasturlarida bolalarni maktabga tayyorlash uchun aloxida ahamiyat 
berilgan. Lekin,dastur faqat ko’rsatmagina beradi, xolos.Bolani maktabda o’qishga 
tayyorlashning takomillashtirilgan usullari, yo’llarini ishlab chiqish hozirgi vaqtda 
alohida ahamiyat kasb etmoqda. 
Bundan tashqari, hozirgi vaqtda respublikamizda bolalar bog’chasi bilimlar 
darajasini belgilaydigan standartlar ishlab chiqish ko’zda tutilmoqsa. Bolalarni 
maktabda o’qishga tayyorgarliklari standartlarini ishlab chiqish ularning o’qishga 
tayyorgarliklari turli darajalarini aniqlashga imkon beradi va bolalarni maktabga 
yo’naltirishda differensiatsiya qilishga zamin yaratadi. 
Ushbu tayyorlangan qo’llanma "5-7 yoshli bolalarni maktab ta’limiga 
tayyorgarliklarini psixologok-pedagogik tekshirish dasturi" standartlari ishlab 


45 
chiqilishidagi birinchi qadamlaridan biridir. Dastur bolalar bog’chalari 
metodistlari, tarbiyachilari, psixologlar, defektologlar uchun mo’ljallangan. 
Tekshirish jarayonida eksperimentator suhbat, kuzatish, savol-javob
baholash usullaridan foydalanadi. 
Dasturda bolaning maktab ta’limiga tay-yorligini tekshirish uchun 
"metodikalar pa1 keti" tanlangan va 5-7 yoshli bolalarning yosh xususiyatlarini 
e’tiborga olgan holda har bir metodika uchun shkalali baholar sistemasi ishlab 
chiqilgan. 
Har bir metodika 10 bo’limdan iborat. 
Metodika nomi. 
Metodika muashshfi. 
3.Metodika nimani tekshirish uchun mo’ljallanganligi haqidagi izoh. 
Tekshirish uchun izoh. 
Ko’rsatma. 
6. Tekshirishning borishi, faoliyat turi.
7. Tekshirish natijalari. 
8.Tekshirishning shkalali baholari. 
9.Yosh normalari. 
10.Interpretatsiya. 
Har bir metodika bo’yicha bolaning rivojlanish darajasini aniqlash sistemasi 
ishlab chiqilgan. Rivojlanishning quyidagi 5 ta turi ajratilgan. 


46 
daraja — eng yuqori 
daraja — yuqori 
daraja — o’rta ;(norma) 
daraja — past 
V daraja — juda past . 
Past darajadagi bolalar maxsus qo’shimcha psixonevrologik teqshiruvdan 
o’tadilar. Psixologik tekshiruv natijalari bolalarning individual tekshirish kartasiga 
kiritiladi. Karta tekshirish bayonnomasi natijalari asosida to’ldiriladi. 
Intellektual rivojlanishi: 
Tafakkurning rivojlanish 
xususiyatlari 
Fikrlash jarayonining oqimi, faollik, ketma-ketlik, isbotlash, sabab-oqibat 
bog’lanishlari va funksional aloqalarini o’rnatish. 
Fikrlash jarayonining tartibi, ketma-ketligining murakkablashuvi (analiz, 
sin-tez, o’xshashlik, taqqoslash, mavhumlik, umumlashtirish, tasnif). 
Xulosa, yakun yasashdagi qiyinchiliklar; 
Farqlash, kerakligini ajratish; 
Belgilarni almashtirish. 
Ko’rgazmali harakatli, ko’rgazmali obrazli, so’z mantiq tafakkur holatlari. 
Tafakkurning individual xususiyatlari. 
Xotiraning rivojlanish xususiyatlari. Eslab qolish, qayta esga tushirish. 


47 
Eslab qolishda irodaning ahamiyati. 
Ko’rish va eshitish xotirasining rivojlanishi. 
Obrazli (ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilishga oid) xotira va so’z 
xrtirasining (o’y-fikrlarimiz mazmuniga oid) munosabati. Operativ (qisqa 
muddatli) eshituv xotira holati. 
Fonematik eshituvning rivojlanishi 
Bolaning ularga qaratib so’zlagan nutq-ni tushunishi, nutqiy aloqa. Analitiko 
— sintetik, fonematik faoliyatining holati. 
Matematik tasavvurlarni rivojlantirish 
Predmetlarni sanash malakasi. To’g’ri va teskari sanashni tartib bilan 
bajarish. 
Predmetlar bilan oddiy vazifani bajarish. "Ko’p", "kam", "tenglik" 
tasavvurlari-ning mavjuddigi. 
Hisiy-iroda sohasini rivojlantirish xususiyatlari 
Faoliyatga xissiy yondoshish, harakat, hissiy holatda bo’lish. Individual 
hissiyot holati. 
Irodaviy idora qilish xususiyatlari 
Ma’lum faoliyatda irodaviy idora qilish va o’zini-o’zi boshqarish. Ishni 
oxiriga yetkazish, irodaviy bo’shligi, mehnatga layoqiti, tadbirkorlik, maktabda 
o’qishga qyziqish, xohishlarning mavjuddigi. 
Bolaning maktab ta’limiga tayyorligi. 
umumiy tasavvur. Malakalarining shakllanganligi 


48 
Predmet va atrof muhit haqidagi tasav-vurlar. Tushunchalar. Inson haqida 
tasavvurlar. Tasavvurlarni rasmda ifodalash malakai. Fazoda oriyentirovka qilish 
malakasi, qabul qilysh qobiliyatlarining holati. 
PSIXOLOGO-PEDAGOGIK TASHHIS DASTURI VA UNI TASHKIL 
QILISH 
Psixologo-pedagogik diagnostikalash dasturi quyidagilardan iborat: 
Bola haqidagi umumiy anamnez ma’lumotlarni o’rganish. 
Bolaning maktab ta’limiga tayyorlikholatini tekshirish. 
Bolaning maktab ta’limiga tayyorlikholati kartasini tuzish. 
Bolaning maktabga tayyorlik individual xususiyatlari haqidagi xulosa. 
Psixologo-pedagogik ko’rsatmalar. 
I. Bola haqidagi umumiy anamnez ma’lumotlari. 
Bolaning ismi, familiyasi, yashash joyi, yoshi, bola qatnayotgan 
maktabgacha tarbiya muassasasi ko’rsatiladi. Bola yashayotgan oilaning 
salomatligi va maishiy sharoiti, ro’zg’or axvoli belgilanadi. Bolaning oilasiga 
qisqacha tavsif beriladi. 
II. Bolaning maktab ta’limiga tayyorlik xolati 
Bolaning maktabga tayyorlik holati uning intellekti, nutqi, hissiy-iroda 
sohalarini tizimli ravishda tekshirish bilan aniklanadi. Bu sohalar o’ziga xos 
(tegashli) metodikaar orqali o’rganiladi. Ushbu metodqkalar orqali quyidagilar 
tekshiriladi: 1) bolaning psixik rivojlanish darajasi; 2) bolada zarur ko’nikma va 


49 
malakalarning mavjudligi; 3) bolaning maktab ta’limiga bo’lgan munosabatining 
holati. 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə