O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi


§ Maktab ta’limi tayyorgarligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/18
tarix12.06.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#116739
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta\'limi vazirligi а. Qodiriy nomli

1.3§ Maktab ta’limi tayyorgarligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar. 
Bolani qachon va qancha tayyorlash kerakligi haqida kattalar orasida turli 
fikrlar mavjud. Ko'pchilik ota-ona va tarbiyachilar 3 yoshdan boshlab, 1-sinfga bir 
yil qolgungacha tayyorlashni ku-chaytirish kerak deb hisoblashadi. Ammo 
boshqalar faqat mak-tabdan oldingi bir yil davomida tayyorgarlik qilish kerak deb 
ay-tishadi. Ba'zi ota-onalar bola bog'chaga borishi bilan maktabga tayyorgarlik 
boshlanadi, deb o'ylashadi. 
Maktab hayotiga bolani kim tayyorlashi kerak? Bog'cha tarbiyachilari bolani 
maktabga tayyorlash butun bog'cha davrida amalga oshishi kerakligini 
tushunishadi va dastur talablariga bi-noan uni amalga oshirishadi. Lekin aynan 
maktabga borishdan avval ular tayyorgarlikka alohida diqqat-e'tiborini 
qaratishadi: talaffuzdagi kamchiliklarni bartaraf etishadi, bilimlarni bir 
sistemaga solishadi, qo'llarning mayda harakatini rivojlantirishadi va hokazo. 
Lekin, oila bola tug'ilishidan keyin yashaydigan birinchi ijtimoiy muhit. 
Oilada bola o'zining birinchi ijtimoiy tajriba va malakalarini orttiradi, ota-ona va 
kattalar namunalari orqali tarbiyalanadi, oilaviy rishtalarni tushunib yetadi va 
qadrlaydi. Shuning uchun bolani maktabga tayyorlashda oila hal qiluvchi, mu-him 
ahamiyatga ega. Ota-onalarning ko'pchiligi bolani maktabga tayyorlashda 
bog'cha bilan oilaning hamkorligi zarur deb hisoblashadi. Ba'zi ota-onalar esa 
bolani maktabga tayyorlashda javobgarlikni bog'chaga yuklashadi, ba'zilari esa 
butun javob-garlikni o'z bo'yniga olishadi. 
Y.A. Kamenskiy o'zining «Onalar maktabi» kitobining maktabga tayyorlash 
bobida yozishicha, barcha insonlar bajaradigan ishlar, ma'lum bir tayyorgarlikni 
talab qiladi. Ota-onalar shuni o'ylab, o'z bolalarini maktabga tayyorlashadi. 
Maktabga har tomonlama tayyorgarlikdan tashqari, Kamenskiy ota-onalar 
uchun quyidagi vazifalarni ko'rsatadi: 


28 
1.
Bolalarda 
maktabga 
borganda, 
o'z 
tengdoshlari 
bilan 
o'qi- 
gan va o'ynaganda xursandchilik hissini tug'dirish. 
2.
Bolalarga 
maktabdagi 
ta'limning 
mohiyatini 
tushuntirish, 
ularni maktabdagi faoliyat turlari bilan tanishtirish. 
3.
Bolalarda 
bo'lajak 
o'qituvchilarga 
nisbatan 
hurmat 
va 
ishonchni 
shakllantirish. 
Hozirda ota-onalar bolalarni maktabga qanday tayyor-lashmoqda. Ota-
onalarning ko'pchiligi maktabda yaxshi o'qish-ning shartlaridan biri shaxsning 
umumiy rivojlanishi deb hisoblashadi. Ammo, bolaning aqliy rivojlanishi eng 
asosiysi deb bilishadi, shuning uchun mashg'ulotlarda bilim, nutq, tafakkur va 
xotirani rviojlantirishga harakat qiladilar. Keyingi o'ringa bolaning o'qish va 
yozish malakalarini rivojlantirishni qo'yishadi, yodlatishadi, suhbatlashishadi, 
birgalikda mantiqiy o'yinlar o'ynashadi. Gohida mehnat, sport, ashula yoki raqs 
bilan shug'ullantirishadi. 
Xulosa qilib aytganda, bolani maktabga tayyorlashda maktabgacha ta'lim 
muassasalari tarbiyachilari bilan ota-onalarning hamkorlikda ish yuritishi ijobiy 
natija beradi.



29 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə