O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/18
tarix12.06.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#116739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta\'limi vazirligi а. Qodiriy nomli

Pedagogik omil.
Mamlakatimizda

bolalarni maktabga tayyorlash yuzasidan 


say-harakatlar qilinayotganiga qaramasdan, muammo doirasida yaratilgan 
manbalar mazmunini tahlil qilish, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning 
pedagogik asoslarini shakllantirish yaxlit bir butun holda o’rganilmaganligi bois, 
muammoning ijobiy yechimiga xizmat qiladigan uning maqbul pedagogik shart-
sharoitlari mazmuni, konsepsiyasi modeli, mezonlari, shakl , metodlarini ishlab 
chiqishni taqazo etadi.
 
Yuqorida qayd etilgan omillar ―Tayyorlov guruhi bolalarni maktab 
ta’limiga tayyorlashning pedagogik asoslari‖ nomli mavzuning tanlanishiga asos 
bo’lib xizmat qiladi. 
Ijtimoiy-siyosiy omil.
Tarixiy-xronologik manbalarni o’rganish natijasida 
shunday shunday to’xtamga kelish mumkin.Inson mavjud ekan,ta’lim-tarbiya 
jarayoni to’xtovsiz ularga ta’sir ko’rsatib turadi.Insonlarga ta’lim-tarbiya berish 
dolzarb ijtimoiy masalalardan biri sifatida e’tirof etilib, mazkur muammoga o’sha 
davr ehtiyojiga ko’ra o’ziga xos tarzida yondashilgan . 
Tatqiqot tuzilishi va hajmi:
Kirish, ikki bob, umumiy xulosa, 
foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati hamda ilova materiallaridan iborat. 
 
 
 
 
 



I-BOB. 
TAYYORLOV 
GURUHI 
BOLALARINI 
MAKTAB 
TA’LIMIGA TAYYORLASHNING ILMIY-PEDAGOGIK 
ASOSLARI. 
1.1§
Tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorlashda Sharq 
va G’arb allomalarining qarashlari. 
Insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, xalqimizning azaliy 
orzusi bo’lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh 
avlodga o’rgatish, ularni komillikka yetaklash yo’llari, qonun qoidalarini muttasil 
izlaganlar.Chunki insonning ma’rifatli va ma’naviy komillikka erishishi 
pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi. 
Abdulla Avloniy tarbiyaga alohida e’tibor berib: «Tarbiya yo hayot yo 
momot yo najot yo halokat yo saodat
 
yo falokar masalasidir»
1
- degan edi. 
Bola tarbiyasi xususida sharq va g’arb olimlari, allomalari o’zlarining 
fikrlari 
qarashlarini 
bayon 
etib 
ketishgan.1934-yilda 
takomillashtirilgan 
―Tarbiyalash programmasi‖ nashr etildi.Unda bolalar bog’chasida bolalarning ko’p 
qirrali hayotini tashkil etish va uning mazmuni masalalariga katta e’tibor berildi.
Qur'oni Karim va Hadislarda ham ta’lim-tarbiya jarayoniga alohida to’htalib 
o’tilgan. 
Ilm-ulug’ hikmat, ilm-iymon, e’tiqod.Demak, din asosini ham ta’lim ilm 
tashkil etadi.Beshikdan qabrgacha ilm izla kabi ibratli so’zlar ham hayotiy tajriba 
asosida yuzaga kelgan deb ayta olamiz. 
Islom dini, shariat va fiqhiy masalalarning ishlanishida dunyo tan olgan 
olimlardan Imom al-Buxoriy, Abu Mansur al-Moturudiy, Burhoniddin 
Marg`inoniy, Imom at-Tеrmiziy, Kaffol ash-Shoshiy, az-Zamaxshariy, Abu Bakr 
al-Xorazmiy, Yusuf Hamadoniy, sof diniyyo’nalishda ta’lim-tarbiya tizimini olib 
borishgan Madrasalaarda ta’lim-tarbiya olib borilgan. Al-Farobiy, Ibn Sino, al-


10 
Bеruniy, Abu Abdulloh al Xorazmiy, Yusuf Xos Xojib, Ismoyil Juzjoniy, Ahmad 
Yassaviy, Al-Farobiy kabilar ma'naviy va axloqiy qarashlar doirasida ta’lim-
tarbiya asoslarini ilmiy ishlab chiqqanlar. Farobiy birinchi bo’lib ta’lim-tarbiyaga 
ta’rif bergan. Ta’lim - so’z va o’rganish bilan amalga oshiriladi.Tarbiya-amaliyot, 
ish tajriba bilan ya’ni shu yo’l orqali amalga oshiriladi.Har kimki ilm hikmatini 
desa, uni byoshligidan boshlasin va ahli ilmdan mol dunyosini ayamasin. 
Beruniy inson kamolotida ilmiy bilimlarni egallash usullari yo’llari haqidagi 
fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir.O’quvchiga bilim berishda u: 

o’quvchini zeriktirmaslik; 

bilim berishda bir xil narsa yoki bir xil fanni o’rgatavermaslik; 

uzviylik, izchillik; 

yangi mavzularni qiziqarli asosan, ko’rgazmali bayon qilishga e’tibor 
berish kerakligini uqtiradi. 
Beruniyning komil insonni shakllantirishga oid bu fikrlari o’z zamonasi 
uchun emas, hozirgi davr ta’lim-tarbiyasini rivojlantirishda ham muhim 
ahamiyatga egadir. 
Ibn Sino bilim olishda bolalarni jamoa bo’lib maktabda o’qitish zarurligini 
ko’rsatadi va ta’limda quyidagilarga rioya qilish zarurligini ta’kidlaydi. 

Bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilmaslik; 

Ta’limda yengildan og’irga borish orqali bilim berish; 

Mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi; 

Bilim berishda bolalarning mayl, qiziqishi va qobilyatini hisobga 
olish; 

O’qitishni jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borishni ta’kidlaydi. 
Ibn Sino bola ta’lim-tarbiyasi bilan avvalo ota-ona shug’illanishi kerak 
deydi. 


11 
Amir Tеmur va Tеmuriylar davrida ta’lim-tarbiya masalalari davlat va 
hokimiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri dеb baholangan. Amir Tеmur
Ulug`bеk, Abdurahmon Jomiy, Alishеr Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Sakkokiy, 
Lutfiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir, Zahiriddin Muhammad Bobir 
kabilarning ilm-ma’rifatni rivojlantirishga qo`shgan xissasi e'tiborga loyiqdir. Shu 
bois, mazkur madaniy va ma'rifiy taraqqiyot davri ta’li-tarbiya taraqqiyotining 
ikkinchi bosqich hisoblanadi. 
Tasavvuf tariqatlari va ularda bag`rikеnglik, insonga mеhrli munosabat 
qoidalari inson komilligi va tariqatlar tizimidagi tarbiya jarayonining muhim 
omillaridan dеb bеlgilangan. Naqshbandiya, qubraviya, yassaviya, mavlaviya, 
chеshtiya va suxravardiya tariqatlari doirasida ta’lim-tarbiya g`oyalari tarannum 
etilgan.
Mahdumi A'zam, Muhammad Shaybonixon, Abulg`oziyxon, Turdi 
Farg`oniy, So`fi Olloyor, Maxtumquli, Maxmur, Gulxaniy, Munis Xorazmiy, 
Ogahiy, Komil Xorazmiy, Ahmad Donish kabilarning bag`rikеnglik va dunyoviy 
tafakkur rivojidagi o`rni ular qarashlaridagi gumanistik g`oyalar tizimi bilan 
bеlgilanadi. Ma'rifatparvarlik yo`nalishidagi ishlangan bag`rikеnglik qarashlari 
O`rta Osiyodagi islom madaniyati tarkibidagi to`rtinchi bosqich mazmunini 
bеlgilab bеradi. 
Turkiston madaniy hayotida insonsеvarlik g`oyalarning rivojlantirilishi 
ta’lim-tarbiya bilan uzviy bog`langan holda targ`ib qidingan. Muqimiy, Furqat, 
Zavqiy, Bеhbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Rizouddin 
ibn Fahruddin, Avaz O`tar, Fitrat, Sadriddin Ayniy, X.X. Niyoziy, Abdulla qodiriy 
kabilar ijodida ilgari surilgan ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari o`z zamonasining eng 


12 
ilg`or g`oyalari tizimidan mustahkam o`rin olgan edi. Bu davr ta’lim-tarbiya 
ziyosining ilmiy-nazariy ishlanishida bеshinchi bosqich hisoblanadi. 
Qadimgi Yunoniston madaniyat maktabi va dastlabki pedagogik fikrlar 
G’arb olimlarininig qarashlarida xususan, Qadimgi Yunoniston va Gretsiyada 
madaniyat maktabi va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa mamlakatlarga nisbatan 
juda erta rivojlandi.Gretsiyada bolalar 7 yoshga yetguncha uyda tarbiyalanar 
edilar.Platonning fikricha bolalar 3 yoshdan boshlab 6 yoshgacha davlat tomonidan 
taayinlab qo’yilgan tarbiyachilaar rahbarligida maydonchalarda turli o’yinlar bilan 
shug’illanadilar.Afinada jismoniy, ma’naviy jihatdan etuk kishini u yerda eng 
ko’rkam va barkamol inson hisoblashgan.Platon o’yinlarni maktabgacha tarbita 
vositasi deb hisoblab, ularga katta ahamiyat berdi, shuningdek, bolalarga hikoya 
qilib beriladigan materiallarni sinchiklab,tanlash kerakligini aytadi. 
Ya.A.Komenskiy ham O’zining ―Buyuk didaktika‖ hamda ―Onalar 
maktabi‖ asari orqali maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya 
berish asoslarini bolalar yosh xususiyatlarini tabiiylik prinspiga amal qilib 
davrlarga bo’lgan. ‖Onalar maktabi‖ asarida maktabgacha tarbiyaning mukammal 
tizimini ishlab chiqish, hamma bolalarga aniq bilimlar berishni talab etadi deb 
ta’kidlaydi. 
K.D.Ushinskiy u bolalarning ilk yoshlik chog’idan boshlab xalq madaniyati 
bilimlarini o’zlashtirilishini ona tilini egallab olishini, xalq og’zaki ijodi asarlari 
bilan tanishishni talab qilar edi.U o’zining ―Boshlang’ich ta’lim usullari‖ asarini 
yozdi.Unda ta’limning bolalar kuchiga mosligi va izchilligi hamda ta’limning 
ko’rsatmaliligi, ongliligi va puxta o’zlashtirilishiga e’tiborini qaratadi. Har bir 
davrda ta’lim berish jarayonlari rivojlanib yuksalib boraveradi.


13 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə