O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi


Tatqiqot natijalarining nazariy ahamiyati



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/18
tarix12.06.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#116739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta\'limi vazirligi а. Qodiriy nomli

Tatqiqot natijalarining nazariy ahamiyati: 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo’yicha 
mavjud pedagogik asoslar o’rganilib, muammoning evalutsion rivojlanish 
bosqichlari o’rganilganligi, tayyorlov guruhi bolalarni maktab ta’limiga 
tayyorlashning pedagogik asoslari yuzasidan metod, shakl hamda vositalarning 
ishlab chiqilganligi bilan belgilandi. 
Tatqiqot natijalarining amaliy ahamiyati: 
Tatqiqot natijasida ishlab chiqilgan ilmiy-pedagogik va metodik tavsiya 
bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash pedagogik-psixologik asoslarini samarali 
yo’lga qo’yishda bolalarga ushbu mazmunda ilmiy-nazariy hamda metodik 
adabiyotlar, qo’llanmalar yaratish va takomillashtirishga hamda bolalarni maktab 
ta’limiga tayyorlash yuzasidan izlanishlar olib borilayotgan tarbiyachilar 
faoliyatiga ilmiy-metodik jihatdan yordam beradi. 
Tatqiqotning ilmiy farazi. 

Agar, mavzuga oid ilmiy, pedagogik, manbalarni o’rganish, tahlil 
qilish va umumlashtirish, pedagogik tizim va uning samaradorligi tajribada sinab 
ko’rilsa; 

Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda maktabgacha ta’lim 
muassasalarining tayyorlov guruhlarida olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarni 
tashkil etishning samarali usullari ishlab chiqilsa. 

Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda maktabgacha ta’lim 
muassasalarining ish shakllari va mazmunining ahamiyati asoslab berilsa; 

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktab ta’limiga 
tayyorlash vositalaridan foydalanish uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilsa 



samarali natijalarga erishilgan bo’lar edik. 
Tatqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilganligi . 
Tatqiqot ishining 
mazmuni ilmiy-amaliyot konferensiya maqolalarida o’z aksini topgan. 
Tatqiqot ishi 3 bosqichda amalga oshirilib har bir bosqichda olib borilgan 
tajriba- sinov ishlaridan qator tatqiqot metodlaridan foydalanildi. 
Dastlabki bosqichda maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik kuzatuv 
respondent-tarbiyalanuvchilar tarbiyachilar va ota-onalar ishtirokida suhbatlar 
tashkil etildi.Og’zaki va yozma shaklda savol-javob, suhbat uyushtirildi hamda 
tayyorlov guruhi bolalarida maktab ta’limiga tayyorgarlik mazmuni darajasini 
aniqlashga qaratilgan so’rovnomalar o’tkazildi. 
Shu asosda tatqiqot maqsadi, obe’kti, predmeti, vazifalari hamda ilmiy 
farazlar belgilandi. 
Ikkinchi bosqich aniqlovchi tajriba-sinov ishlari amalga oshirildi. Tayyorlov 
guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorlashning mazmunini yoritib, ishlab 
chiqarish maxsus metodika asosida keng ko’lamda shakllanishi natijasida tajriba-
sinov ishlari tashkil etildi. Maktab ta’limiga tayyorlash borasidagi amaliy 
harakatlarimiz dastlab maktabgacha ta’lim muassasalari oilada tashkil topgan 
guruhlarda anketa so’rovnoma o’tkazish orqali ularni mazkur jarayonga 
tayyorlashdan boshlandi. Zero, ushbu muammo o’z yechimini qidiraveradi. 
Uchinchi bosqich.Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga 
tayyorlash maqsadida tajriba-sinov ishlar natijalari umumlashtirib olingan natijalar 
matimatik-statistik metodlari yordamida ishaonchlilik darajalari aniqlandi hamda 
samaradorligi isbot, shuningdek tarbiyalanuvchilardan maktab ta’limiga tayyorlash 
jarayonini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. 
Tajriba-sinov bazasi maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari. 




Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə