O`zbekiston Res’ublikasi Oliy va O`rta mahsus ta`lim vazirligi


 Maqsadli tushumlarning hisobi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix21.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#130661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kapitallar maqsadli tushumlar hisobi va auditi

 
2. Maqsadli tushumlarning hisobi 
Korxonalarning xususiy kapitaliga unga turli manbalardan kelib tushgan 
maqsadli tushumlar ham kiradi. Maqsadli tushumlarning asosiy turlari bo‘lib 
quyidagilar hisoblanadi: 

Grantlar - 
bu korxonaga qaytarib olinmaslik sharti bilan davlat, nodavlat, 
xalqaro tashkilot va fondlardan aniq maqsadlar uchun kelib tushgan moddiy va 
nomoddiy mablag‘lar majmuasi. Ushbu mablag‘lar faqatgina qat’iy maqsadlarga 
ishlatilishi lozim. 21-son BHMS ga muvofiq grantlarning hisobi 8810 «Grantlar» 
schyotida olib boriladi. Grantlarning olinishi va kelib tushushi ushbu passiv 
schyotning kreditida mablag‘larni aks ettirishga mo‘ljallangan schyotlarning 
(0110-0190, 0410-0490, 0610, 5810, 1010-1090, 2810, 2910-2990, 5010, 5110, 
5210, 4890 va boshqa schyotlar) debeti bo‘yicha korrespondensiyalangan holda 
aks ettiriladi. 
 
Olingan grantlarning ishlatilishi grantlar asosida faoliyat ko‘rsatayotgan 
nodavlat tashkilotlarida 8810 «Grantlar» schyotining debetida va harajatlar 
schyotlarining (2010, 2310, 2510, 9420, 9430 va boshqalar) kreditida aks ettiriladi. 
Xo‘jalik yurituvchi korxonalarda olingan grantlar ustav kapitaliga va rezerv 
kapitaliga qo‘shilishi mumkin. Bunday hollarda 8810 «Grantlar» schyoti 
debetlanadi va 8300 «Ustav kapitali», 8530 «Bepul olingan mulk» schyotlari 


15 
kreditlanadi. Grantlarning analitik hisobi ularning turlari va maqsadlari bo‘yicha 
yuritiladi.
 

Subsidiyalar – 
bu korxonaga uning faoliyatini rivojlantirish maqsadida 
ma’lum bir shartlarga ko‘ra davlat tomonidan pul va moddiy aktivlar bilan 
berilgan yordam summasi. Subsidiyalarning hisobi maxsus 10-son BHMS « 
Davlat subsidiyalarining hisobi va davlat yordamini tavsifi», shuningdek 21- son 
BHMS ga asoslanib yuritiladi. Ushbu me’yoriy hujjatlarga muvofiq olingan 
subsidiyalarning kelib tushushi 8820 «Subsidiyalar» schyotining kreditida 
mablag‘larni aks ettirishga mo‘ljallangan schyotlarning (0110-0190, 0410-0490, 
0610, 5810, 1010-1090, 2810, 2910-2990, 5010, 5110, 5210 ,4890 va boshqa 
schyotlar) debeti bo‘yicha korrespondensiyalangan holda aks ettiriladi. Olingan 
subsidiyalar ustav kapitaliga va rezerv kapitaliga qo‘shilishi mumkin. Bunday 
hollarda 8820 «Subsidiyalar» schyoti debetlanadi va 8300 «Ustav kapitali», 8530 
«Bepul olingan mulk» schyotlari kreditlanadi.
 

A’zolik badallari – 
bu jamiyatning ta’sis hujjatlariga muvofiq belgilangan 
a’zolik badallari summasi. 21-son BHMS ga muvofiq a’zolik badallarining hisobi 
8830 “A’zolik badallari” schyotining kreditida va pul mablag‘lari schyotlarining 
(5010, 5110, 5210 ) debetida aks ettiriladi. Yig‘ilgan a’zolik badallari jamiyatning 
faoliyatini rivojlantirishga sarflanadi. Jamiyat tugatilganda to‘plangan a’zolik 
badallari uning qarzlarini qoplashga yo‘naltiriladi. 

Maqsadli foydalanish uchun soliq imtiyozlari- 
bu davlat qonunlari asosida 
korxonani maqsadli vazifalarni bajarish uchun soliqlardan ozod etish natijasida 
to‘plangan mablag‘lar majmuasi. Ushbu maqsadli tushumlarning hisobi maxsus 
Nizomga, shuningdek 21- son BHMS ga muvofiq 8840 “Maqsadli ishlatishga doir 
soliq imtiyozlari” schyotida yuritiladi. Ushbu imtiyozlar ga ega xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlar soliqlarni Soliq Kodeksi va ularga doir yo‘riqnomalar asosida 
hisoblaydilar. Hisoblangan soliq summasi korxona ixtiyorida qoldirilganda 
quyidagi yozuv qilinadi: 
Debet 6410 “ Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” 
Kredit 8840 “ Maqsadli ishlatishga doir soliq imtiyozlari” 


16 
Soliq imtiyozlari ma’lum muddatga berilgan bo‘lsa, ushbu muddat tugagach, 
boshqa hollarda esa hisobot yilning oxirida maqsadli ishlatishga doir berilgan soliq 
imtiyozlari korxonaning rezerv kapitaliga qo‘shiladi va unga quyidagi yozuv 
qilinadi: 
Debet 8840 “ Maqsadli ishlatishga doir soliq imtiyozlari” 
Kredit 8530 “Bepul olingan mulk” 
Soliq imtiyozlari sifatida olingan maqsadli tushumlarning analitik hisobi
soliq to‘lovlari turlari bo‘yicha olib boriladi.

Boshqa maqsadli tushumlar- 
bu turli yuridik va jismoniy jaxslardan ma’lum 
maqsadlar uchun olingan mablag‘larning majmuasi. Ularga, masalan, ota –
onalarning bolalar bog‘chasi uchun to‘lovlari, boshqa korxonalardan tushgan 
mablag‘lar va boshqalar kiradi. 21-son BHMS ga muvofiq boshqa maqsadli 
tushumlarning hisobi 8890 “Boshqa maqsadli tushumlar” schyotining kreditida va 
pul mablag‘lari schyotlarining debetida aks ettiriladi. Ushbu schyotning debetida 
maqsadli tushumlarning ishlatilishi aks ettiriladi, masalan, xizmat qiluvchi 
xo‘jaliklar ning harajatlarini bir qismi ushbu maqsadli tushumlar hisobidan 
qoplanganda 8890 “Boshqa maqsadli tushumlar” schyoti debetlanadi va 2710 
“Xizmat qiluvchi xo‘jaliklar” schyoti kreditlanadi. Ishlatilmay qolingan boshqa 
maqsadli tushumlar korxonalarning rezerv kapitaliga yoki boshqa daromadlariga 
olib boriladi, yani: 
Debet 8890 “Boshqa maqsadli tushumlar”
Kredit 8530 “Bepul olingan mulk”, 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” 
Boshqa maqsadli tushumlarning analitik hisobi ularning turlari va manbalari 
bo‘yicha yuritiladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə