O`zbekiston Res’ublikasi Oliy va O`rta mahsus ta`lim vazirligi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix21.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#130661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kapitallar maqsadli tushumlar hisobi va auditi

№. 
Xo’jalik 
operatsiyalarining 
mazmuni 
Summa, 
ming so’mda 
 
Buxgalteriya provodkasi 
debet 
kredit 

Ro’yxatdan 
o’tkazish 
paytida 
ta’sischilarning qarzi to’liq miqdorda 
aks ettiriladi 
70 000 
4610 
8310 

AJ aksiyalarining nominal qiymati 
bo’yicha sotilishi aks ettiriladi 
10 000 
5110 
4610 

Aksiyalar nominal qiymatidan yuqori 
narxda sotildi: 
nominal qiymat summasiga 
nominaldan yuqori summasiga 
60 000 
24 000 
5110 
5110 
4610 
8410 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi 
odatda ta’sis hujjatlarini ro’yxatdan o’tkazish paytidagi hamda valyuta va valyuta 
qiymatliklarini ustav kapitaliga amalda kiritish paytidagi valyutalar kurslarining 
farq qilishi natijasida paydo bo’ladi.
8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi” schyoti ustav kapitalini 
shakllantirish jarayonida vujudga keladigan kurs farqlarni hisobga olish uchun 
mo’ljallangan. Ustav kapitalini shakllantirish uchun berilgan valyuta va valyuta 
qiymatliklari, ustav kapitaliga ulushlarni kiritish sanasidagi O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining kursi bo’yicha baholanadi. Valyuta va valyuta 
qiymatliklarini va boshqa mulklarni baholash ro’yxatdan o’tkazish sanasidagi 
ta’sis hujjatlarida belgilangan baholardan farq qilishi mumkin. Bunda vujudga 
kelgan kurs farqlari 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi” schyotida 
hisobga olinadi. Baholardagi ijobiy kurs farqlari 8420 “Ustav kapitalini 


23 
shakllantirishda kurs farqi” schyotining kreditida, salbiy kurs farqlari esa mazkur 
schyotning debetida aks ettiriladi. Kurs farqlarini bu tartibda hisobdan chiqarilishi 
ta’sis hujjatlarida oldindan kelishilgan, ustav kapitalidagi ta’sischilarning 
ulushining o’zgarmasligiga imkon beradi. 
8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi” schyoti bo’yicha analitik 
hisob har bir ta’sischi bo’yicha alohida yuritiladi. 
Chet el valyutasida ustav kapitalining miqdori belgilangan taqdirda har bir 
muassis tomonidan ulushlar kiritilishi kiritish paytidagi Markaziy bank kursi 
bo’yicha amalga oshiriladi. 
Ustav kapitalining miqdori chet el valyutasida belgilangan va legitim so’mlar 
bilan ustav sarmoyasiga ulush kiritilgan taqdirda qayta hisoblashish ham ulush 
kiritilgan kunda Markaziy bank kursi bo’yicha amalga oshiriladi. 
Auditor qayta baholash maqsadida tashkilotlarning asosiy fondlari deganda 
quyidagilar tushunishi lozim: 
a) o’zining asosiy vositalari; 
b) o’rnatish uchun mo’ljallangan uskunalar; 
v) qurilishi tugallanmagan obektlar; 
g) uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar, jumladan, uzoq muddatli 
lizing bo’yicha olingan asosiy vositalar. 
Asosiy fondlarning qiymatini qayta baholash har yilda (joriy yilning 1 
fevraliga) qayta baholash o’tkazilayotgan davridagi narxlar darajasidan kelib 
chiqqan holda, 1 yanvar holatiga o’tkaziladi. 
Agar qayta baholash natijasida mulklarning qiymati kamaysa, kamaygan 
summa o’sha mulkning navbatdagi qiymati oshishi hisobiga to’ldiriladi va u 8510 
“Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar” schyotining debetida aks ettiriladi. 
Shu mulkning avvalgi qayta baholashdagi qiymatidan oshgan arzonlashtirilgan 
summa xarajat sifatida tan olinadi va 9430 “Boshqa operasion xarajatlar” schyotida 
aks ettiriladi. 
Auditor asosiy fondlarning har yilning 1 yanvari holatiga qaytadan baholash, 
obektlarni avvalgi qayta baholash natijasida olingan dastlabki (tiklanish) 


24 
qiymatidan, yil davomida kelib tushgan asosiy fondlar bo’yicha - sotib olish 
qiymatidan amalga oshirilishini unutmasligi kerak. 
Er uchastkalari va tabiatidan foydalanish obektlari qayta baholanmaydi. 
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-son 
BHMS) "Asosiy vositalar" (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004 yil 
20 yanvarda 1299-son bilan ro’yxatga olingan) kuchga kirguniga qadar chiqib 
ketgan asosiy vositalar bo’yicha 8510 "Mulkni qayta baholash bo’yicha 
tuzatishlar" schyotida hisobga olingan chiqib ketgan asosiy vositalarning qayta 
baholash natijasi (qoldig’i), ya’ni ushbu asosiy vositalarni qayta baholashlar 
natijasida bahosi o’sishi summasining bahosi pasayishi summasidan oshgan 
summasi 8520 "Rezerv kapitali" schyotiga o’tkaziladi. 
Shuning uchun, korxona va tashkilotlar 8510 "Mulkni qayta baholash 
bo’yicha tuzatishlar" schyotida hisobga olingan qayta baholash natijasi (koldiq)ni, 
ya’ni oldingi qiymat oshishi summasining oldingi qiymat pasayishi summasidan 
oshgan summasini ikki qismga: balansda hisobda bo’lgan asosiy vositalarni qayta 
baholash natijasi (koldiq)ga va 5-BHMSning yangi tahriri kuchga kirguniga qadar 
chiqib ketgan asosiy vositalarni qayta baholash natijasi (qoldig’i)ga bo’lishi lozim. 
Rezerv kapitalini aksiyadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar va rezerv 
kapitalini shakllantirish respublikaning amaldagi qonun hujjatlari va ta’sis 
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tuzadilar. 
Ushbu talablardan kelib chiqqan holda, auditor xo’jalik yurituvchi 
sub’ektning tashkiliy-huquqiy shaklini va uning ta’sis hujjatlarini o’rganishi lozim. 
Aksionerlik jamiyatlar, Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli 
jamiyatlar qonunning talablaridan kelib chiqqan holda jamiyat ustavida nazarda 
tutilgan, ammo ustav kapitalining 15 foizidan kam bo’lmagan miqdorda rezerv 
fondi tuzishi lozim. U jamiyatning Ustavida belgilangan miqdorga yetguniga qadar 
har yili sof foydadan majburiy ajratmalar (5 foizdan kam bo’lmagan miqdorda) 
o’tkazish orqali shakllantiriladi. 
Jamiyatning rezerv fondi ko’rilgan zararni qoplash, jamiyat obligatsiyalarini
muomaladan chiqarish, imtiyozli aksiyalar bo’yicha dividendlar to’lash va 


25 
aksiyalarni sotib olishni talab qilish huquqiga ega bo’lgan aksiyadorlarning 
talabiga binoan aksiyalarni sotib olish uchun mo’ljallanadi. 
Rezerv kapitalining shakllanishi 8520 “Rezerv kapitali” schyotining kreditida 
8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyoti 
bilan bog’langan holda aks ettiriladi. 
Auditorlik tekshiruv jarayonida xo’jalik yurituvchi sub’ektda tekinga olingan 
mulklar qabul qilganligini tekshirish lozim. Tekinga qabul qilingan mulk hisobda 
ekspert yo’li bilan yoki topshiriladigan hujjatlar asosida aniqlangan qiymat 
bo’yicha aks ettirilishi lozim. 
Tekinga olingan mulk xo’jalik yurituvchi sub’ektning soliqqa tortiladigan 
bazasiga ta’sir ko’rsatishini hisobga olgan holda tekshirishi lozim. Ushbu 
maqsadda korxona qaysi soliqqa tortish tizimida faoliyatini olib borayotganini 
aniqlanishi lozim. 
Maqsadli moliyalashtirish mablag’larining holati va harakati, shuningdek 
a’zolik badallari va maqsadli yo’nalish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun 
mo’ljallangan boshqa qaytarilmaydigan mablag’larning kelib tushishi va 
sarflanishi, kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari to’g’risidagi axborotlarni 
auditor tomonidan tekshirilishi lozim.
Ushbu maqsadli tushumlarni xo’jalik yurituvchi sub’ektning xususiy kapitali 
sifatida aks ettirish shartlari quyidagilar hisoblanadi: 
a) mablag’larning maqsadli yo’nalish bo’yicha ishlatilishi; 
b) mablag’larni jalb qilish bilan bog’liq xarajatlarning yo’qligi; 
v) belgilangan shartlar bajarilganda qaytarib berilmasligi. 
Grant 
deganda 
ijtimoiy 
xususiyatga 
ega 
maqsadlar, 
iqtisodiyotni 
rivojlantirish, ilmiy-texnik va innovatsion dasturlarni bajarish uchun Hukumat, 
nodavlat, xorijiy, hamda xalqaro tashkilotlar va jamg’armalar tomonidan 
ko’rsatiladigan tekin, gumanitar yoki moddiy-texnik mablag’lar tushuniladi. Grant 
mablag’lari qat’iy ravishda belgilangan maqsadlarga ishlatiladi. Ushbu talabdan 
kelib chiqqan holda, auditor xo’jalik yurituvchi sub’ektning grant bo’yicha 
shartnoma shartlarini o’rganib chiqishi lozim. 


26 
Ajratilgan grant to’g’risida xabarnoma olinganda ushbu grant summasi 8810 
“Grantlar” schyotining kreditida 4890 “Boshqa debitorlarning qarzi” schyoti bilan 
bog’langan holda aks ettiriladi. 
Grant summasidan moliyalashtiriladigan va byudjetda ko’zda tutilgan pul 
mablag’lari yoki mulkning qabul qilinishi pul mablag’larini hisobga oluvchi 
schetlar (5110-5530), kapital qo’yilma (0800), o’rnatiladigan uskunalar (0700), 
TMZ va boshqa aktivlarni hisobga oluvchi schetlarning debetida 4890 “Boshqa 
debitorlarning qarzi” schyoti bilan bog’langan holda aks ettiriladi. 
Chet el valyutasida olingan grant summasi xo’jalik muomalalari amalga 
oshirilgan kundagi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo’yicha 
milliy valyutaga o’tkaziladi. 
Davlat subsidiyalari ular bilan bog’liq chiqimlarga kiritish uchun uchun zarur 
bo’lgan davrlar mobaynida ular qoplaydigan joriy operatsiyalar bo’yicha 
muntazam asosda daromad deb hisoblanishi kerak. 
Davlat subsidiyalarini maqsadli mablag’lar sifatida tan olinishi hisoblash 
usuliga ko’ra amalga oshiriladi. 
Davlat subsidiyalari moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotlarda ular bilan 
bog’liq chiqimlar (xarajatlar) bilan nisbatini belgilash uchun zarur bo’lgan hisobot 
davrlari mobaynida daromadlar deb e’tirof etiladi. 
Amortizatsiya qilinadigan aktivlar bilan bog’liq subsidiyalar odatda ana shu 
aktivlar bo’yicha amortizatsiya hisoblanadigan hisobot davrlari mobaynida va 
nisbatlarda daromad deb hisoblanadi. 
Muayyan 
shartlar 
va 
majburiyatlar 
bilan 
berilgan 
amortizatsiya 
qilinmaydigan aktivlar bilan bog’liq subsidiyalar mazkur majburiyatlarni bajarish 
bilan bog’liq xarajatlar amalga oshiriladigan davrlar mobaynida daromad deb 
e’tirof etiladi. 
Qilingan xarajatlar yoki ko’rilgan zararlar uchun kompensatsiya sifatida 
olinishi lozim bo’lgan yoki xo’jalik sub’ektiga, kelgusida u bilan hech qanday 
xarajatlarga bormagan holda, darhol moliyaviy yordam ko’rsatish maqsadida 


27 
ajratiladigan davlat subsidiyasi u olinishi kerak bo’lgan davrda daromad sifatida, 
shuningdek favqulodda modda sifatida e’tirof etiladi. 
Davlat subsidiyasi xo’jalik sub’ekti tomonidan avvalgi davrda qilingan 
xarajatlar yoki ko’rilgan zararlar uchun kompensatsiya sifatida olinishi mumkin. 
Bunday subsidiya u olinishi kerak bo’lgan davrda daromad sifatida e’tirof etiladi. 
Davlat subsidiyalarining hisobi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan 1998 yil 19 oktyabrda 52-son bilan tasdiqlangan (10-sonli BHMS) 
“Davlat subsidiyalarini hisobga olish va davlat yordamini ochish” Buxgalteriya 
hisobining milliy standartiga muvofiq amalga oshiriladi. 
8830 “A’zolik badallari” schetida jamiyat a’zolarining ta’sis hujjatlarida 
belgilangan a’zolik badallari aks ettiriladi. 
Jamiyat a’zolik badalini kassa usulidan kelib chiqqan holda hisoblashi 
mumkin lozim. A’zolik badallarining kelib tushishi 8830 “A’zolik badallari” 
schetining kredit tomonida pul mablag’larini hisobga oluvchi schetlar bilan 
bog’langan holda aks ettiriladi. 
Auditor jamiyat tomonidan a’zolik badalining sarflanishi to’g’risida smetaga 
ega bo’lishi va ushbu smetaga binoan pul mablag’lari sarflanishi lozim. 
8840 “Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari” schetida maqsadli 
vazifalarni bajarish uchun soliq to’lashdan ozod qilingan summalar aks ettiriladi. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektga hukumatning qarori bilan u yoki bu soliq 
turidan ozod qilingan bo’lishi mumkin. Biroq soliq summasi sub’ektning moddiy-
texnika bazasini rivojlantirish yoki operasionn xarajatlarini qoplash uchun 
yo’naltirilishi mumkin. Bunday xo’jalik yurituvchi sub’ekt soliq turlari bo’yicha 
belgilangan muddatlarda davlat soliq inspeksiyasiga soliq deklaratsiyasini 
topshirishi shart.
Soliq to’lashdan ozod qilingan summalar byudjetga to’lovlar bo’yicha 
qarzlarni hisobga oluvchi schetlarning debet tomonida 8840 “Maqsadli 
foydalanadigan soliq imtiyozlari” scheti bilan bog’langan hisobga olinadi. 
Soliq to’lashdan ozod qilish natijasida vujudga kelgan summalar imtiyozli 
davr belgilangan holatda ushbu davr tugagungacha, qolgan holatlarda har yili 8840 


28 
“Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari” schetining debetidan 8530 “Tekinga 
olingan mulklar” schyotining kreditiga hisobdan chiqariladi. 
Xarajatlar va to’lovlarni xarajatlarga bir maromda olib borish maqsadida 
o’rnatilgan tartibda rezerv qilingan summalarning holati va harakati to’g’risidagi 
axborotlarni umumlashtirish 8900 “Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari” 
schyotida amalga oshiriladi.
Xarajatlarga 
qo’shiladigan summalarni rezervlash qonun hujjatlari, 
shuningdek O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 
fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab 
chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni 
shakllantirish tartibi to’g’risida”gi Nizomi bilan tartibga solinadi. 
Rezervlarni hisoblash muomalalari 8910 “Kelgusi xarajatlar va to’lovlar 
rezervlari” schyotining kreditida va xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning 
debetida aks ettiriladi. Bunday rezervlarga misol bo’lib, ishchilarga mehnat ta’tili 
to’lash uchun rezerv, asosiy vositalarning kapital remonti uchun rezerv, kafolatlar 
bo’yicha rezerv va boshqalar misol bo’lishi mumkin. Rezervga ajratmalarning 
miqdori xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatida ko’rsatilgan bo’lishi 
lozim. Ushbu talablardan kelib chiqqan holda, auditorning hisob siyosatini 
sinchkovlik bilan o’rganib chiqishi kerak. 
Rezerv qilingan summalar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar va 
to’lovlar summasi rezervlar miqdorini kamaytirib 8910 “Kelgusi xarajatlar va 
to’lovlar rezervlari” schyotining debetida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar 
bilan bog’langan holda hisobdan chiqariladi. 
U yoki bu rezervning tashkil qilinishi va mablag’larning foydalanishi vaqti-
vaqti bilan (yilning oxirida albatta) me’yor, hisoblar va boshqalarga asosan 
tekshirilib turiladi, zaruriyat tug’ilganda to’g’rilanadi. 
8910 “Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari” schyoti bo’yicha analitik 
hisob har bir rezerv turlari bo’yicha alohida yuritiladi. 


29 
Ishtirokchilar tarkibini tahlil qilishda, aktsiyadorlik jamiyati va mas’uliyati 
cheklangan jamiyat yagona ishtirokchisi sifatida, bitta shaxsdan iborat xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt bo’la olmasligiga e’tibor berishi kerak. 
Aktsiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda ham 
yuridik shaxslar, ham jismoniy shaxslar ta’sischi sifatida ishtirok etishlari mumkin. 
Qo’shma korxona ustav kapitaliga o’zbekistonlik ishtirokchi tomonidan 
qo’shiladigan hissa xorijiy ishtirokchilar bilan kelishuvga ko’ra milliy valyutada 
qanday baholansa, kelishilgan baholar bo’yicha chet el valyutasida ham jahon 
bozoridagi bahoni hisobga olgan holda shunday baholanadi. 
Xorijiy ishtirokchining hissasi ham shu tartibda qo’shma korxonani tashkil 
etish haqidagi shartnoma imzolangan kundagi yoki uning ishtirokchilari kelishgan 
boshqa sanaga amalda bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 
rasmiy valyuta kursi bo’yicha so’mga hisoblab o’tkazish yo’li bilan baholanadi. 
Korxona ta’sischilarining soni va ularning ustav kapitalidagi ulushini 
tekshirish chog’ida auditor ta’sischilarning eng ko’p soni va bir ta’sischining ustav 
kapitalidagi eng ko’p ulushi, hamda ustav kapitalining eng kam ko’lami tegishli 
yuridik shaxs uchun qo’llaniladigan Qonun bilan aniqlanadi. Masalan, 
«Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish 
to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ochiq turdagi 
aktsiyadorlik jamiyatlari (OTAJ) ustav kapitalining eng kam miqdori jamiyat 
ro’yxatdan o’tkazilgan paytda qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan eng kam ish 
haqining ikki yo`z baravar summasidan kam bo’lmasligi, yopiq turdagi 
aktsiyadorlik jamiyatlari (YoTAJ) ustav kapitali esa jamiyat ro’yxatdan o’tkazilgan 
paytda qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan eng kam ish haqining yo`z baravar 
summasidan kam bo’lmasligi kerak. (20-modda) Ushbu talablarga rioya qilinishi 
korxonaning faoliyat ko’rsatishi, hamda kreditorlarning manfaatlarini huquqiy va 
iqtisodiy himoyalash shartlaridan biri hisoblanadi. Korxona sof aktivlari 
maqdorining uning utav kapitalidan oshib ketishi (yoki teng bo’lishi) to’g’risidagi 
majburiy talablarga rioya qilinishi shu maqsadlardagina tekshiriladi. 


30 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə