O`zbekiston Res’ublikasi Oliy va O`rta mahsus ta`lim vazirligi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix21.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#130661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kapitallar maqsadli tushumlar hisobi va auditi

 
 
 
 
 



1. Ustav, qo‘shilgan va rezerv kapitalining hisobi 
Korxonalar xususiy kapitalining muhim turi bo‘lib ustav kapitali 
hisoblanadi. 
Ustav kapitali deganda korxonaning ta’sischilari tomonidan unga 
kiritiladigan mablag‘lar majmuasi, shuningdek chiqarilgan aksiyalarning nomimal 
qiymatidagi 
summalarining 
yig‘indisi 
tushuniladi. 
Ustav 
kapitalining 
xususiyatlariga quyidagilar kiradi: 

Ustav kapitalining miqdori korxona ustavi va ta’sis shartnomasiga muvofiq 
belgilanadi va nisbatan doimiy harakterga ega bo‘ladi. Uning birlamchi miqdorini 
o‘zgarishi faqat korxona ustavini davlat qaydnomasidan qayta o‘tqazish yo‘li bilan 
amalga oshiriladi; 

Ustav kapitalini haqiqatda shakllantirish vaqt bo‘yicha chegeralanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq korxonalar ustav kapitalini 
shakllantirishning oxirgi muddati bo‘lib ta’sis etilgan sanadan boshlab bir tavqim
yil hisoblanadi. Ushbu muddatda o‘z ustav kapitalini shakllantirmagan korxonalar 
yuridik statusini yo‘qotadi va tugatiladi. 

Ustav kapitali korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllariga va mulk 
shakllariga bog‘liqdir. Davlat korxonalarida ustav kapitali unga davlat tomonidan 
birkitilgan mulklar majmuasidan tashkil topadi. Xususiy va kollektiv o‘rtoqchilik 
mulklari asosida tashkil etilgan korxonalarda ustav kapitali ta’sischilarning pay va 
badallaridan iborat bo‘ladi. Aksionerlik jamiyatlarida ustav kapitali chiqarilgan 
oddiy va imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatidagi summalarining 
yig‘indisidan tashkil topadi.

Ustav kapitaliga ta’sischilarning hissalari uzoq va qisqa muddatli aktivlar 
bilan, ya’ni asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital va moliyaviy 
investitsiyalar, tovar-moddiy boyliklar va pul mablag‘lari bilan , kiritilishi 
mumkin. 

Ta’sischilarning ustav kapitalidagi hissalari korxonaning sof foydasini
hissali usulda taqsimlashga, aksiyalarning soni esa sof foydani ularning har 



biriga mos ravishda taqsimlashga asos bo‘lib hisoblanadi. Davlat korxonalarida 
sof foyda taqsimlanmaydi va ustav kapitalining miqdorini oshirishga yo‘naltiriladi.
Ustav kapitali bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo‘lib 
quyidagilar hisoblanadi: 

Ustav kapitalini korxonalarning ta’sis etilgan kuniga aks ettirish; 

Ta’sischilar tomonidan o‘z ulushlarini belgilangan muddatlarda kiritilishi 
ustidan nazorat o‘rnatish; 

Ustav kapitalidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hisobga olish; 

Chet el investorlari tomonidan chet el valyutasida kiritilgan mablag‘lar 
bo‘yicha valyuta kurslari o‘rtasidagi farqlarni to‘g‘ri hisobga olish; 

Ta’sischilar bilan olinadigan dividendlar va ularning hissalari bo‘yicha
hisob-kitoblarni to‘g‘ri olib borish; 

Ustav kapitaliga doir ma’lumotlarni moliyaviy hisobotlarda to‘g‘ri aks 
ettirish va boshqalar.
21- son BHMS ga muvofiq ustav kapitalining hisobi quyidagi schyotlarda 
olib boriladi: 

8300 « Ustav kapitali» 
– davlat korxonalarida; 

8310 «Oddiy aksiyalar», 
 

8320 «Imtiyozli aksiyalar» 
–aksionerlik jamiyatlarida 

8330 «Pay va badallar» – 
xususiy va kollektiv o‘rtoqchilik korxonalarida 
(xususiy savdo va ishlab chiqarish korxonalarida, ma’suliyati cheklangan 
jamiyatlarda, qo‘shma korxonalarda, xorijiy korxonalarda, sho‘’ba 
korxonalarida, qaram xo‘jalik jamiyatlarida). 
Ushbu schyotlarning barchasi passiv schyotlar bo‘lib, ularning kreditida ustav 
kapitalini vujudga kelishi va ko‘payishi, debetida esa uning kamayishi aks 
ettiriladi.
Ustav kapitali korxona ta’sis etilgan sanada, ya’ni davlat ro‘yxatidan o‘tgan 
sanada, vujudga keladi va u buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan aks 
ettiriladi: 
Debet 4610 « Ta’sischilarning ustav kapitaliga hissalari bo‘yicha qarzi» 



Kredit 8300 «Ustav kapitali», 8310 «Oddiy aksiyalar», 8320 «Imtiyozli 
aksiyalar», 8330 «Pay va badallar». 
Davlat korxonalari asosida tashkil qilingan aksionerlik jamiyatlarida oldingi 
mavjud ustav kapitali va yangi ustav kapitali o‘rtasidagi farq gudvil deb atalib
nomoddiy aktiv sifatida hisobga olinadi va quyidagicha aks ettiriladi: 
Debet 0480 “Gudvil” 
Kredit 8310 «Oddiy aksiyalar», 8320 «Imtiyozli aksiyalar» 
Keyingi davrlarda korxonalarning ustav kapitalini ko‘payishi ta’sischilar 
safini kengayishi yoki oldingi ta’sischilarning hissalarini oshirilishi, aksionerlik 
jamiyatlarida esa yangi aksiyalarning chiqarilishi yoki oldingi aksiyalarning 
nominal qiymati oshirilishi evaziga yuz beradi. Ustav kapitalining bunday yo‘llar 
bilan ko‘payishi ham yuqorida keltirilgan birinchi yozuv bilan hisobga olinadi. 
Davlat korxonalarida ustav kapitalini hisobot yilning sof foydasi evaziga 
ko‘payishi quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi: 
Debet 8710 “Hisobot yilning taqsimlanmagan foydasi(qoplanmagan zarari)” 
Kredit 8300 «Ustav kapitali» 
Ustav kapitalining kamayishi o‘rtoqchilik jamiyatlarida ta’sischilarning 
hissalarini kamaytirilishi yoki ularni ta’sischilar safidan chiqarilishi, aksionerlik 
jamiyatlarida esa mavjud aksiyalarning nominal qiymatini kamaytirilishi yoki
aksiyalar sonini kamayishi evaziga yuz beradi. Davlat korxonalarida ustav kapitali 
summasi hisobot yilning qoplanmay qolingan zararlariga kamayadi. 
Ustav kapitalini kamayishi hisobda quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi: 

Ta’sischilarning hissalari kamaytirilganda yoki ayrim ta’sischilar o‘z 
hissalari bilan ta’sischilar qatoridan chiqib ketganda: 
Debet 8330 «Pay va badallar». 
Kredit 6620 «Chiqib ketgan ta’sischilarga ularning hissalari bo‘yicha qarz» 

Aksiyalarning nominal qiymati pasaytirilganda yoki aksiyalar soni 
kamaytirilganda: 
Debet 8310 «Oddiy aksiyalar», 8320 «Imtiyozli aksiyalar» 
Kredit 6620 «Chiqib ketgan ta’sischilarga ularning hissalari bo‘yicha qarz» 




Davlat korxonalarida hisobot yilning zararlari qoplanganda 
Debet 8300 «Ustav kapitali» 
Kredit 8710 «“Hisobot yilning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan 
zarari)” 
Ustav kapitalining analitik hisobi korxona ta’sischilar va aksionerlari 
bo‘yicha yuritiladi. 
Aksionerlik jamiyatlari va aksiya chiqargan ma’suliyati cheklangan jamiyatlar
o‘zlarining xususiy aksiyalarini qayta sotish yoki ularni bekor qilish uchun qayta 
sotib olishlari mumkin. Sotib olingan bunday xususiy aksiyalarning hisobi 8610 « 
Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar» va 8620 «Sotib olingan xususiy imtiyozli 
aksiyalar» schyotlarida yuritiladi. Ushbu schyotlar mos ravishdagi 8310 «Oddiy 
aksiyalar» va 8320 «Imtiyozli aksiyalar» schyotlariga kontrpassiv schyotlar bo‘lib 
hisoblanadi, ya’ni ushbu schyotlarning summalari balansda alohida qatorda oldiga
manfiy (-) belgini qo‘yish yoki qizil rang bilan yozish orqali aks ettiriladi. Demak, 
xususiy kapitalning balans qiymatini topishda hamma vaqt sotib olingan xususiy 
aksiyalarning qiymati, agar ular mavjud bo‘lsa, chegirib tashlanadi. 
Sotib olingan xususiy aksiyalar sotib olish vaqtida sotib olingan qiymatida 
quyidagicha aks ettiriladi: 
Debet 8610 « Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar» va 8620 «Sotib olingan 
xususiy imtiyozli aksiyalar»
Kredit 5010 «Kassa», 5110 «Hisob-kitob schyoti» 6620 «Chiqib ketgan 
ta’sischilarga ularning hissasi bo‘yicha qarz»
Keyingi davrlarda sotib olingan aksiyalar qayta sotilishi yoki bekor qilinishi 
mumkin. Sotib olish qiymatidan yuqori qiymatga qayta sotilgan aksiyalarga 
quyidagi yozuvlar qilinadi: 

Sotib olish qiymatiga 
Debet 5010 «Kassa», 5110 «Hisob-kitob schyoti» 
Kredit 8610 « Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar» va 8620 «Sotib olingan 
xususiy imtiyozli aksiyalar» 

Sotib olish qiymatidan ortiq qismiga 


10 
Debet 5010 «Kassa», 5110 «Hisob-kitob schyoti» 
Kredit 9590 « Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» 
Sotib olish qiymatidan past qiymatga qayta sotilgan aksiyalarga quyidagi 
yozuvlar qilinadi: 

Sotib olish qiymatiga 
Debet 5010 «Kassa», 5110 «Hisob-kitob schyoti» 
Kredit 8610 « Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar» va 8620 «Sotib olingan 
xususiy imtiyozli aksiyalar» 

Sotib olish qiymatidan past qismiga 
Debet 9690 «Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa harajatlar» 
Kredit 8610 « Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar» va 8620 «Sotib olingan 
xususiy imtiyozli aksiyalar» 
Nominal qiymatidan yuqori qiymatga sotib olingan aksiyalar bekor qilinganda 
quyidagi yozuvlar qilinadi: 


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə