O`zbekiston Res’ublikasi Oliy va O`rta mahsus ta`lim vazirligi


 Kutilayotgan harajatlar va to‘lovlar uchun rezervlarning hisobi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix21.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#130661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kapitallar maqsadli tushumlar hisobi va auditi

 
3. Kutilayotgan harajatlar va to‘lovlar uchun rezervlarning hisobi 
Korxonalar o‘zlarining yaqin kelajakda kutilayotgan harajatlari va to‘lovlari 
uchun , masalan joriy va kapital ta’mirlash uchun, xodimlarga mehnat ta’tili 
hisoblash uchun va boshqalar uchun, rezerv tashkil qilishlari mumkin. Bunday 
rezervni tashkil etishdan asosiy maqsad bo‘lib kutilayotgan harajat va to‘lovlarni 


17 
hisobot yili oylari bo‘yicha teng taqsimlab borish hisoblanadi. Rezerv tashkil 
qilishning me’yorlari va tartibi korxonaning hisob siyosatida belgilangan bo‘lishi 
lozim. Tashkil etilgan rezerv korxonaning harajatlariga olib boriladi va u quyidagi 
buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiriladi: 
Debet 2010, 2310, 2510, 2710, 9420, 9430 (harajatni aks ettiruvchi schyotlar) 
Kredit 8910 “Kutilayotgan harajatlar va to‘lovlar uchun rezervlar”
Rezervning ishlatilishi 8910 “Kutilayotgan harajatlar va to‘lovlar uchun 
rezervlar” schyotining debetida va qilingan sarflarni aks ettiruvchi schyotlarning 
(1010-1090, 6710, 6520, 6890, 2310, 2510, 2710 va boshqalar) kdeditida aks 
ettiriladi. Ishlatilmay qolgan rezerv summasi hisob siyosatida ko‘zda tutilgan 
tartibga ko‘ra kelgusi yilga o‘tqazilishi, shuningdek harajatlarni kamaytirishga 
olib borilishi yoki korxona daromadiga olib borilishi mumkin, ya’ni: 
Debet 8910 “Kutilayotgan harajatlar va to‘lovlar uchun rezervlar” 
Kredit 2010, 2310, 2510, 2710, 9420, 9430, 9390 
Rezervlarning analitik hisobi ularning turlari bo‘yicha yuritiladi. 
4. Kapital va maqsadli tushumlar auditi. 
Ustav kapitali shakllanishining tekshiruvi vaqtida Ustav kapitali o’z vaqtida, 
ya’ni uning belgilangan muddatlarda shakllanganligi, e’lon qilingan kirim badali 
to’liq kiritilganligi va shakllanish manbalari aniqlanadi. 
Ustav kapitalining tekshiruvida auditor uning summasi haqiqatda to’liq 
shakllanganligiga ishonch hosil qilishi kerak. U buxgalteriya balansida va 5-sonli 
"Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot" da aks etiladi.
Auditor xo’jalik yurituvchi sub’ekti davlat ro’yxatiga olingan sanasi bilan 
ushbu korxonaning buxgalteriyasida e’lon qilingan Ustav kapitali miqdori 
summasiga “Ustav kapitalga ulushlari bo’yicha ta’sischilarning qarzlari” 
schetining debeti va “Ustav kapitali”ni schetining kreditida aks ettirilishini 
nazarda tutishi lozim. 
Agar, tekshirish vaqtida “Ustav kapitalga ulushlari bo’yicha ta’sischilarning 
qarzlari” schetining debetida qoldiq summasi bo’lsa, bu ta’sischilar tomonidan 


18 
Ustav kapitaliga o’z badallarini kiritilmaganligini ifodalaydi. Bunday korxonalar 
ta’sis etilmagan (tashkil topmagan) deb hisoblanadi va tugatilishi lozim.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning Ustav kapitaliga badal sifatida binolar, 
inshootlar, jihozlar va boshqa moddiy boyliklar, nomoddiy aktivlar, qo’shma 
korxona ishtirokchilari xorijiy davlatlarining pul mablag’lari ko’rinishidagi 
valyutalar va erkin konvertatsiya qilinadigan valyuta sifatida kiritilishi mumkin. 
Auditor ta’sischilar tomonidan kiritilgan badallarni dastlabki hujjatlar asosida 
pul mablag’lari, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, ishlab chiqarish zahiralari va 
boshqalarni hisobga olish schetlarining debeti bilan korrespondensiyalangan Ustav 
kapitali badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzi schetning kreditidagi yozuvlari 
asosida tekshiradi. 
Masalan, kirim kassa orderlari, dastlabki hujjatlar ilova qilingan bankning 
hisob-kitob va valyuta schetlaridan ko’chirmalar asosida ta’sischilar badali hisob-
kitob va valyuta schetlariga to’liq va o’z vaqtida kirim qilinganligi tekshiriladi. 
Ta’sis hujjatlarida qayd etilgan va Ustav kapitaliga badal sifatida kirim 
qilingan moddiy boyliklar, nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuvi bo’yicha 
aniqlanadi va (kelishilgan qiymatda) baholanadi. Ustav kapitaliga badal sifatida 
kiritilgan qimmatli qog’ozlar va boshqa moliyaviy aktivlar ta’sischilarning 
kelishuviga asosan baholanadi. 
Ustav kapitaliga yoki aksiyalarni to’lash uchun haqiqatda kiritilgan moddiy 
boyliklar, nomoddiy aktivlar jamiyat aktiviga o’tkazish davrida amalda bo’lgan 
bozor narxlari bilan baholanadi. 
Bozor narxlariga ega bo’lmagan nomoddiy aktivlar ta’sis hujjatlarida qayd 
etilgan yoki tomonlar kelishuvi bilan belgilangan qiymat bilan baholanadi. Ushbu 
obektlarni baholash, odatda, baholovchi mutaxassislarga topshiriladi. 
Ustav kapitaliga badal sifatida amalda kiritilgan valyuta va valyuta boyliklari, 
jamiyatga kirim qilinishi vaqtida amalda bo’lgan rasmiy kurs bo’yicha baholanadi. 
Qimmatli qog’ozlar oxirgi birja kursi bo’yicha baholanadi. 
Moliyaviy aktivlar va birjada kotirovkaga ega bo’lmagan qimmatli qog’ozlar 
tomonlar kelishuviga asosan baholanadi. Murakkab sharoitlarda hamda amaldagi 


19 
qonunchilik talab qilganda, Ustav kapitaliga ulush sifatida kiritilgan aktivlarning 
to’g’ri baholanishi mustaqil auditor xulosasi bilan tasdiqlanadi. 
Ulush sifatida Ustav kapitaliga amalda kiritilgan moddiy va valyuta 
boyliklari, nomoddiy va moliyaviy aktivlarning baholanishi ularni ta’sis hujjatlari 
va dastlabki kelishuvlardagi baholanishidan farq qilishi mumkin. 
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, ma’lumotlar, 
nomoddiy aktivlar kelib tushishini tasdiqlovchi hujjatlar va asosiy vositalar va 
nomoddiy aktivlarni hisobga olish schetlarining debet aylanmalariga asosida 
o’tkazilgan uskunalar, binolar, inshootlar, intellektual mol-mulkga egalik 
huquqlarining qiymati aniqlanadi. Materiallarni qabul-qilish dalolatnomalari, 
tovar-transport yuk xatlari, ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olish bo’yicha 
schetlari ma’lumotlariga ko’ra kelib tushgan moddiy boyliklar qiymati aniqlanadi. 
Har bir qo’yilma, Ustav kapitalini shakllantirish tartibiga ilova qilingan 
hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim. Bundan tashqari, Ustav kapitaliga badal sifatida 
kiritilayotgan mablag’larning alohida turlari ta’sischilar - jismoniy shaxslarning 
shaxsiy mulk egaligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo’lishi lozim. Bularga, 
masalan, xususiylashtirilgan xonadon, transport vositalari va boshqalar kiradi. 
Shunday qilib, auditor ta’sischilar kiritgan badallarga oid ularning har biri bo’yicha 
yuritiladigan varaqalar yoki qaydnomalarda aks ettirilgan badallar bo’yicha 
qarzlar, to’langan muddatlari, kiritilgan aktivlar summasi va qarzlarni qoplanish 
bo’yicha tahliliy hisobni tekshiradi. 
Auditor nisbatan yangi hisoblangan mablag’lar - ta’sischilar tomonidan 
kiritilgan nomoddiy aktivlar ro’yxatdan o’tkazilishi, texnikaviy tomonlariga 
alohida e’tiborni qaratishi lozim. Bular yangiliklarni yaratish va an’anaviy mol-
mulkning boshqa obektlari, yer va tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari, 
faoliyatning ayrim turlari bilan shug’ullanish uchun litsenziyalar, broker o’rinlari, 
savdo belgilari yoki emblemalari va boshqalar bilan foydalanish uchun mulkiy 
huquqlardir. 
Hisobda nomoddiy aktivlar, kerak bo’lsa ekspertlar ishtirokida belgilangan 
shartnomaviy narxlar bilan baholanadi. Ayrim hollarda, barcha ta’sischilar bilan 


20 
kelishilmagan holda, ayrim jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan boyliklar qismi, 
amaldagi narxlar bo’yicha emas, garchi ular bunday bahoga loyiq bo’lmasa ham, 
ko’p marotaba qimmatroq baholaydilar. 
Shu bois, nomoddiy boylik qanday baholanganligini aniqlash kerak, masalan, 
agar u ilmiy izlanish bo’lsa eskirib qolmaganmikin? Ushbu aktivlar ko’p holatlarda 
moddiy tarkibga ega bo’lmaganligi munosabati bilan, korxonaga nomoddiy 
aktivlarning u yoki bu obekti amalda kelib tushishi yuzasidan nazorat qilish 
masalasi vujudga keladi. 
YUqorida qayd etilgan vositalarning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlariga ega 
bo’lishligiga qaramasdan, nomoddiy aktivlarning kelib tushishi tegishli hujjatlar 
shaklida amalga oshirilishi lozim. Bu qandaydir ma’lumotni, sanoat sur’atini, 
tarkibni va boshqalarni yorituvchi hujjatlar bo’lishi mumkin. Bunda, albatta, 
korxonaga nomoddiy aktivlarni kelib tushishini va eskirish muddatlarini aks 
etuvchi hujjat rasmiylashtirilishi lozim. 
Ishtirokchilarning Ustav kapitaliga kirim qilingan badallari hisobda va 
balansda ular amalda kelib tushishi bo’yicha aks etiriladi. Korxonaning Ustav 
kapitaliga badalning amalda kelib tushish vaqti bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 
pul mablag’lari uchun - pullar kassa, hisob-kitob, valyuta schetiga kirim 
qilingan sanasi; 
asosiy vositalar, moddiy va nomoddiy aktivlar uchun - asosiy vositalar, 
moddiy va nomoddiy aktivlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalar va ushbu 
obektlar 
kelib 
tushganligini 
tasdiqlovchi 
boshqa 
dastlabki 
hujjatlar 
rasmiylashtirilgan sanasi. 
Korxona Ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan kiritilgan badallarning 
to’liqligi uning ta’sis hujjatlarida qayd etilgan va Ustav kapitali hisobining 
schetlaridagi aks etilgan miqdorini Ustav kapitali badallar bo’yicha ta’sischilar 
qarzi schetidagi miqdori bilan solishtirish yo’li bilan aniqlanadi. 
Ustav 
kapitalini 
tekshirish 
vaqtida 
buxgalteriya 
hisobida 
to’g’ri 
rasmiylashtirilganligi va 13-sonli jurnal-orderda Ustav kapitali hisobi bo’yicha 


21 
schetda qonuniy va to’g’ri aks etilganligi, ular amaldagi qonunchilikka muvofiq 
ekanligi aniqlanishi lozim. 
Ta’sischilar soni va ularning korxona Ustav kapitalidagi ulushlarini tekshirish 
vaqtida, auditor tegishli yuridik shaxs turi uchun ta’sischilarning eng ko’p soni va 
har bir ta’sischining Ustav kapitaliga kiritadigan eng ko’p ulushi hamda Ustav 
kapitalining eng kam miqdori amaldagi qonunchilik bilan belgilanishini 
unutmasligi kerak. 
Ustav kapitali ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdordan ko’p bo’lmasligi 
kerakligini qayd etish lozim. Shu bois, audit o’tkazishning eng muhim 
masalalaridan biri bo’lib Ustav kapitali miqdori barqarorlik tamoyiliga, ta’sis 
hujjatlari bilan belgilangan miqdorga muvofiqligini tekshirish hisoblanadi. Lekin, 
amaldagi qonunchilik va ta’sis hujjatlarida qayd etilgan holatlarda, uning oshirish 
yoki kamaytirish mumkin. Xususan, korxonaga yangi ishtirokchilarni qabul 
qilishda, ular tomonidan qo’shimcha badallar kiritishda yoki korxona faoliyati 
natijasida olingan foydaning bir qismi ustav kapital miqdorini oshirishga 
yo’naltirilganda bunday holatlar vujudga kelishi mumkin. 
Ustav 
kapitalining 
taqsimlanmagan 
foyda 
hisobiga 
ko’payishi 
taqsimlanmagan foyda hisobi schetining debeti va Ustav kapitali hisobi 
schetlarining krediti bo’yicha aks ettiriladi, belgilangan tartibda qayta ro’yxatdan 
o’tgandan keyin.
Ustav kapitalining kamayishi Ustav kapitali hisobi schetlarining debeti va 
chiqib ketayotgan ta’sischilarning badali bo’yicha schetining krediti bo’yicha aks 
ettiriladi, belgilangan tartibda qayta ro’yxatdan o’tgandan keyin. 
Aksiyadorlik jamiyatlarida Ustav kapitali yangi aksiyalarni chiqarish 
(emissiya) yoki ularning nominal qiymatini oshirish hisobiga ko’paytirish mumkin, 
kamaytirish esa - aksiyalarni aksiyadorlardan qisman sotib olish yoki aksiyalarning 
nominal qiymati kamaytirish yoki ularni umumiy miqdori qisqarish hisobiga 
vujudga keladi. Shu bois, tekshirishni amalga oshirayotganda, auditor korxonaning 
Ustav kapitalida va ta’sis hujjatlarida sodir etilgan o’zgarishlar asosli ekanligini 
tekshirishi lozim. 


22 
Zarur bo’lganda Ustav kapital ta’sischilarning maqsadli qo’yilmalari hisobiga 
ko’payishi mumkin. 
O’tkazilgan tekshiruv sifatli bo’lishining asosiy omili bo’lib, auditor 
ishtirokida kirish badali sifatida kiritilgan mol-mulk va nomoddiy aktivlarning 
inventarizatsiyasini amalga oshirish hisoblanadi. Amaliyotda ta’sischi tomonidan 
chiqarilgan aksiyalar summasidan ko’p bo’lgan aksiyalarni hisobga olish holatlari 
uchragan. Ayrim holatlarda, mol-mulk tarkibi hisobida yaroqsiz holga kelgan 
asosiy vositalar, buyumlar va xo’jalik asboblari yoki nomoddiy aktivlar hisobida - 
ma’naviy ahamiyatini yo’qotgan nou-xau hisobda aks ettirilishi kuzatiladi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə