O`zbekiston Res’ublikasi Oliy va O`rta mahsus ta`lim vazirligi


Qo‘shilgan kapitalning analitik hisobi ta’sischilar va aksiyalarning turlari  bo‘yicha olib boriladi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix21.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#130661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kapitallar maqsadli tushumlar hisobi va auditi

 
Qo‘shilgan kapitalning analitik hisobi ta’sischilar va aksiyalarning turlari 
bo‘yicha olib boriladi.
 
Rezerv kapitali – bu korxonaning turli maqsadlarlarda va turli manbalar 
evaziga shakllantirilgan xususiy kapitalining bir turi. Ushbu kapital asosan 
quyidagi manbalar hisobidan vujudga keladi: 

Mavjud mulkni qayta baholash natijasida paydo bo‘ladigan yangi qiymat 
evaziga. Tasdiqlangan Nizomga ko‘ra korxonalar har yilning oxirida o‘zlarining 
asosiy vositalarini, tugallanmagan qurilish ob’ektlarini qayta baholaydilar. Qayta 
baholashda asosiy vositalarning oldingi boshlang‘ich qiymati va jamlangan 
eskirishi real bozor baholaridan kelib chiqgan holda ko‘payish yoki kamayish 
tomonlariga o‘zgartirilishi mumkin.

Agar o‘zgartirishlar o‘sish tomonga yuz bergan bo‘lsa, o‘rtadagi ijobiy farq 
rezerv kapitalini vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. 21-son BHMS ga muvofiq qayta 


13 
baholash evaziga vujudga kelgan rezerv kapitalining hisobi maxsus 8510 “Mulkni 
qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotining kreditida va mos asosiy asosiy 
vositalar schyotlarining (0110-0190) debetida aks ettiriladi. Asosiy vositalarning 
jamlangan eskirishini o‘sish tomonga o‘zgartirilishi 8510 “Mulkni qayta baholash 
bo‘yicha tuzatishlar” schyotining debetida va mos asosiy asosiy vositalar 
eskirishlari schyotlarining
(0210-0290) kreditida aks ettiriladi. 8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha 
tuzatishlar” schyotining kredit oboroti va debet oboroti summalari o‘rtasidagi 
ijobiy farq balansda qayta baholashdan vujudga kelgan maxsus rezerv kapitali 
sifatida aks ettiriladi. Agar qayta baholash natijasida ushbu schyotning debet 
oboroti kredit oboroti summasidan katta bo‘lsa, u holda korxona qayta baholashdan 
zarar ko‘rgan bo‘ladi va u 9430 “Boshqa operatsion harajatlar” schyotining 
debetida va 8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotining 
kreditida aks ettiriladi. Mulkni qayta baholash natijasida vujudga kelgan rezerv 
kapitali korxona tugatilganda ta’sischilarning hissalariga mos ravishda 
taqsimlanadi, bunga debet 8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” 
schyoti va kredit 6620 “Chiqib ketgan ta’sischilarga ularning hissalari bo‘yicha 
qarz” schyoti kreditlanadi. 

Korxonaning sof foydasi hisobidan. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va 
ta’sis hujjatlariga muvofiq korxonalar o‘zlarining sof foydasi evaziga rezerv 
kapitalini shakllantirishlari mumkin. Rezerv kapitaliga qilingan ajratmalar debet 
8710 “Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” va kredit 
8520 “Rezerv kapitali” schyotining kreditida aks ettiriladi. Shakllangan rezerv 
kapitali korxonalarda turli maqsadlarda, jumladan aksionerlik jamiyatlarida
imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlarni to‘lash uchun, hisobot yilda ko‘rilgan 
zararlarni qoplash uchun va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Rezerv kapitalini 
ishlatilishi 8520 “Rezerv kapitali” schyotining debetida va 6610 “To‘lanadigan 
dividendlar”, 8710 “Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan 
zarari)” va boshqa schyotlarning kreditida aks ettiriladi. 


14 

Qaytarib bermaslik sharti bilan kelib tushgan mulk evaziga. Bunday yo‘l 
bilan vujudga kelgan rezerv kapitali 8530 “ Bepul olingan mulk” schyotining 
kreditida va kelib tushgan mulkni aks ettiruvchi schyotlarning ( 0110-0190, 0710-
0720, 0610, 0800, 1000, 5810 ) debetida aks ettiriladi. Soliq Kodeksiga muvofiq 
bepul kelib tushgan mulklar bitta tizim korxonalarida yuqori tashkilotning qarori 
bilan balansdan balansa o‘tqazish tarzida amalga oshirilgan bo‘lsa, daromad 
solig‘iga tortilmaydi. Boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda bepul kelib tushgan 
mulk ularning yalpi daromadiga kiradi va soliqga tortiladi.
Rezerv kapitali schyotlari bo‘yicha analitik hisob uning turlari va tashkil 
topish manbalariga qarab yuritiladi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə