O‘zbekiston resublikasi



Yüklə 466,28 Kb.
səhifə1/8
tarix07.12.2017
ölçüsü466,28 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8


O‘ZBEKISTON RESUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

PEDAGOGIKA KAFEDRASI




PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR FANIDAN

MA‘RUZALAR MATNI


Muallif : Oliya Haydarova



Qarshi 2012
1 MAVZU. Kadrlar tayyorlash milliy modeli модели

Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi (2 soat)



Reja:

  1. Ozbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan qayta qurish mohiyati

  2. Kadrlar tayyorlash milliy modeli.

  3. Pedagogik texnologiyalar pedagogikaning mustaqil sohasi sifatida..

  4. Pedagogik texnologiyalarning rivoji.


FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.


  1. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T: “SHarq” nashriyot matbaa kontserni, 1997.

  2. Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li.- T: O‘zbekiston, 1992.-78 b.

  3. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishhga xizmat etsin.-T: O‘zbekiston, 1998.-30 b.

  4. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda: O‘zR Prezidenti I.A.Karimovning Birinchi chaqiriq O‘zR Oliy Majlisining O‘n tO‘rtinchi sessiyasidagi ma‘ruzasi. 1999 yil 14 aprel.-T.: O‘zbekiston, 1999.-48 b.

  5. N.N. Azizxo‘jaeva. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. T. Nizomiy nomidagi TDPU. 2006 y.

  6. .

  7. Madyarova S. A. va boshq. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- T.: IQTISOD-MOLIYA, 2009, 240 b.



QO‘SHIMCHA ADABIYOTLAR RO‘YXATI

    1. Sayidahmedov N.Yangi pedagogik texnologiyalar. T. “Moliya ” nashriyoti, 2003 y. – 171 b.

    2. M.Ochilov. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi. “Nasaf”2000 y.-80 b.

  1. Talipova J.O., G’ofurov A.T. Biologiya ta’limi texnologiyalari: O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari biologiya o’qituvchilar uchun metodik qo’llanma. – T.: O’qituvchi, 2002.

  2. U. Tolipov, M.Usmanbayeva. pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. T. “Fan”. 2005.

  1. O‘. Tolipov. Oliy pedagogik ta‘lim tizimida umummehnat va kasbiy kO‘nikma hamda malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari. T. “Fan”.-167 b. 2004y.

  2. O‘. Tolipov, M.Usmonboeva. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. T. “Fan”. 2005 y.-205 b.

  3. T.G‘afforova, A.Qurbonov, E.Godfri. Ta‘limning ilg‘or texnologiyalari. Qarshi “Nasaf”. 2003y.-112 b.

  4. Farberman. B.L. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. T.,2001

  5. Choriev A. Yangi pedagogik texnologiyalar. Ma‘ruzalar matni, Qarshi 2000.

  6. Fаrbеrmаn B. Ilg‘or еdаgogik tехnologiyalаr – T.: 1999.


Asosiy tushunchalar: Milliy dastur,Milliy model, shaxs, davlat, jamiyat, o‘zluksiz ta‘lim, fan, ishlab chiqarish, pedagogik texnologiyalar, o‘qituvchining vazifalari, ma‘suliyat, burch, tashabbuskorlik, tadbirkorlik,. pedagogik faoliyat bilan shugullanish huquqi, o‘qituvchi shaxsiga kuyiladigan talablar,. pejagogik mehnat, o‘qish, o‘rganish, izlanish..
O‘zbekiston hukumati, shaxsan muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimov Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq,ayniqsa, so‘nggi yillarda ma‘naviyat va ma‘rifat masalalari va ta‘lim tizimini takomillashtirib, uni jahon andozalariga muvofiqlashtirish bo‘yicha ibratli ishlarni amalga oshirmoqdalar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi IX sessiyasida(1997 yil 29 avgust) Kadrlar tayyorlashh milliy dasturi va «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi fikrimizning yaqqol dalilidir. Bu muhim hujjatlar istiqboliy xarakterga ega bo‘lib, ularning mamlakatimiz ta‘lim tizimini takomillashtirishda qanday ahamiyatga ega ekanligi hammamizga ma‘lum. O‘tgan davr ichida ta‘limni isloh qilishh bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, ularning bajarilishi bo‘yicha dastlabki yutuqlar ekanligini ta‘kidlab o‘tish lozim.

O‘zbekiston Respublikasining “ Ta‘lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” to‘g‘risidagi Qonunlari kadrlar tayyorlash Milliy modelining me‘yoriy asosini, uni amalga oshirish usuli va mexanizmini yaratib beradi.

Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy komponentlari; shaxs, davlat va jamiyat, o‘zluksiz ta‘lim, ishlab chiqarish bo‘lib, uning bosh maqsadi - raqobatbardosh yuqori malakali kadrlar tayyorlashga yunaltirilgan.

SHaxs kadrlar tayyorlash tizimining asosiy iste‘molchisi, shuningdek, umumta‘lim xizmatlarining yaratuvchisi xamdir. Umumta‘lim xizmatlari iste‘molchisi sifatida shaxsga Davlat ta‘lim standartlari doirasida sifatli ta‘lim va kasb - hunar tayyorgarligi kafolatlanadi.

Ta‘lim xizmatlarini amаlga oshiruvchi sifatida esa Shaxs munosib darajada malaka egallagandan so‘ng, bilim va tajribalarini ta‘lim jarayonida yangi avlodga o‘rgatish, moddiy ishlab chiqarish, ilm - fan, madaniyat va maishiy xizmat ko‘rsatish bilan shugullanadi.

Har bir odam faqat ta‘lim, ijtimoiy tarbiya va ma‘naviy kamolot, kasb - hunar o‘rgatish tizimi vositasidagina Shaxs bo‘lib shakllanadi.

Natijada shaxs ijtimoiy kamol topadi, ya‘ni o‘z vazifa va mustaqil munosabatlarga kirishadi.

Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimining amal qilishi va rivojlanishining kafolati, milliy model barcha sub‘ektlari faloyatini tartibga soluvchi sifatida maydonga chikadi.

Davlat va jamiyat;

- fuqarolarning ilm olishi huquqini ularning kasb tanlash va malaka oshirish imkoniyatlarini;

- akademik litsey va kasb - hunar kollejlarida o‘qib - o‘rganish yo‘nalishini tanlash huquqini beruvchi majburiy umumiy o‘qish maxsus, kasb - hunar ma‘lumoti olishini:

- davlat grantlari bazasida yoki pullik bitimi asosida oliy va undan yuqori darajalarda ma‘lumot olish huquqi;

- davlat ta‘lim muassasalarining moliyaviy ta‘minoti;

- o‘quvchilarning o‘qish, yashash va dam olish sharoitlarini ta‘minlash masalalarini hal etish yuzasidan jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirish;

- ta‘lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy qo‘llab - quvvatlash;

- ta‘lim muassasalarining pedagog xodimlari, ota - onalar ( yoki ularning qonuniy vakllari)ning bolalar va o‘smirlarning o‘qish tarbiyasi, hayoti va sog‘ligini himoya qilish uchun mas’uliyatlarni oshirish yuzasidan me’yoriy - huquqiy hujjatlarning amal qilish faolligini kafolatlaydi.

Milliy modelning uchinchi muhim komponenti uzluksiz ta‘lim;

Uzluksiz ta‘lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy - texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor sohadir.

Uzluksiz ta‘lim ijodkor, ijtimoiy faol ma‘naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash uchun zarur shart - sharoitlarni yaratadi.

Uzluksiz ta‘lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta‘lim standartlari asosida, turli darajadagi ta‘lim dasturlarining izchilligi asosida ta‘minlanadi va quyidagi ta‘lim turlarini o‘z ichiga oladi.

Maktabgacha ta‘lim:

Umumiy o‘rta ta‘lim:

O‘rta- maxsus, kasb - hunar ta‘limi:

Oliy ta‘lim:

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash:

Maktabdan tashqari ta‘lim:

Kadrlar tayyorlash Milliy modelining to‘rtinchi komponenti ilm - fandir. Bunda ilm fanning quyidagi fazilatlari nazarda tutiladi.

- Tabiat va jamiyatning rivojlanishi qonuniyatlariga oid yangi fundamental va amaliy bilimlarni shakllantirish, o‘rganish, keng yoyish va kadrlar tayyorlash tizimida foydalanish uchun eng muhim yangi ilmiy natijalarni markazlashtirish.

- yuksak malakali ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlash:

- kadrlar tayyorlash jarayonining ilmiy - tadqiqotlar infrastrukturasini yaratishh, turli sohalar bo‘yicha ta‘lim - axborot tarmoqlarida foydalanish uchun ma‘lumotlar bazalarini shakllantirish:

- mamlakat ilm-fanining umumjahon ilm - fani bilan integratsiyalashhuvi, hozirgi zamon ilm-fani va texnologiyalarining eng muhim muammolarini hal etish uchun xalqaro ilmiy yutuqlar va kadrlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

Milliy modelning yana bir muhim komponenti ishlab chiqarishdir.

Ishlab chiqarish kadrlar tayyorlash tizimida buyurtmachi va iste’molchi funksiyalarini bajarib, kerakli yuksak darajalarda va tegishli sohalar uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonida faol ishtirok etadi.

Ishlab chiqarishning ehtiyojlari kadrlar tayyorlashga bo‘lgan ijtimoiy buyurtmani shakllantiradi, kasb - hunarga tayyorlashning maqsadi, vazifasi va mazmunini aniqlaydi. Malakaviy talablarni ilgari suradi, yangi texnologiyalar va o‘qitish shakllarini tanlab olish shartlarini belgilaydi. Ishlab chiqarish buyurmachi sifatida kadrlarning umuman, kasb - hunarga tayyorlash tizimining sifati, darajasi va raqobatbardoshligini baholab beradi.

Ta‘lim mazmunini isloh qilib, uni jahon ta‘lim standartlariga muvofiqlashtirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etishhga alohida e‘tibor berilgan. Xususan, Kadrlar tayyorlashh milliy dasturida «o‘quv jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta‘minlash» zarurligi ham alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotida hal qiluvchi muammolar: xalqimizning ming-ming yillik qadriyatlarini, pedagogik merosini o‘rganishh va ta‘lim-tarbiya jarayonini milliylashtirish, jamiyat taraqqiyotida ma‘naviyatning ustivorligini ta‘minlash va ma‘naviy tarbiya nazariyasini, amaliyotini takomillashtirish; yoshlar ongiga milliy mafkura, milliy g‘oyani singdirish, vatanparvarlik tarbiyasini yangi mazmun va metodikasini ishlab chiqish; jahon andozalariga mos ta‘lim tizimini yaratishh, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, pedagogik kadrlarni hozirgi davr talabi asosida ta‘lim-tarbiya ishiga tayyorlashh, pedagogik texnologiya bilan qurollantirish kabilar pedagogika fanining dolzarb vazifasi bo‘lib qoldi.

O‘zbekistonda kadrlar tayyorlashhning Milliy dasturi ta‘lim-tarbiyani tubdan isloh qilishh ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etishh; «Ta‘lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarni, zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualari yaratishh va o‘quv –tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta‘minlash”ga bog‘liqligi ko‘rsatiladi. Ma‘lumki, Milliy dastur bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi bosqich (1997-2001 yy) mavjud kadrlar tayyorlashh tizimini isloh qilishh va rivojlantirish uchun huquqiy, ilmiy-uslubiy, moliyaviy moddiy shart-sharoitlar yaratishh “... jumladan pedagog va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashh hamda ularni malakasini oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etishh”.

Ikkinchi bosqich: (2002-2005 yy) Milliy dasturini to‘la ro‘yobga chiqarish8, mehnat bozorini rivojlantirish va real ijtimoiy-iqtisodiy sharotlarini hisobga olgan holda unga aniqlik kiritish, “Ta‘lim muassasalarini moddiy texnika va axborot bazasini mustaxkamlash davom ettiriladi, o‘quv-tarbiya jarayoni yukori sifatli o‘quv adabiyotlar va ilg‘or pedagogik texnologiya bilan ta‘minlanadi”.

Uchichnchi bosqich: (2005 va undan keyingi yillar) to‘plangan tajribalar taxlil etiladi. Ular umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlashh tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish” ko‘zda tutiladi.

Ta‘lim muassasalarini resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlanadi o‘quv tarbiya jarayoni yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta‘minlanadi”. Bunda biz pedagogik texnologiya Milliy dasturni amalga oshirishning muhim vositasi ekanini ko‘ramiz.

Pedagogik texnologiya asrimizning 60-yillarida amerika Qo‘shma Shtatlarida, 70-80 yillarda boshqa rivojlangan mamlakatlarda keng qo‘llanila boshlandi.

YUNESKOning 1996 yildagi xalqaro konferentsiyasida Mamlakatning ma‘naviy iqtisodiy salohiyatini oshirishda va ta‘lim-tarbiyani intensivlashtirishda pedagogik texnologiya muhim ahamiyatga ega ekanligi ilmiy asoslanadi.

Ilmiy texnika taraqqiyot jadallashuvidan oldingi davrda ishlab chiqariladigan mahsulot yuqori puxtaligi va sifati bilan ajarilib turmas edi. Shuning uchun mahsulotlar uchun kafolatli ta’mir muddatlari o‘rnatilgan edi, kafolatli ta’mir esa ishlab chiqarish korxonalari hisobidan bajarilar edi. Mazkur sharoitlarda an’anaviy o‘qitish tizimi, ishlab chiqarish talabiga javob berar edi. Ishlab chiqarish sharoitining o‘zgarishi bilan an’anaviy pedagogik asosida tayyorlangan mutaxassislar sifati qo‘yiladigan talablarga javob bera olmay qo‘ydi.

O‘qitishning ommaviyligi o‘sib kelayotgan bir sharoitda ko‘pchilik kadrlarni tayyorlash sifatda darajasi, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini o‘sish sur’atidan, ya’ni ilmiy-texnik taraqqiyotishuvidan, ancha orqada qola boshladi.


Fan, texnika va texnologiyaning jadal rivojlanishi sharoitida o‘qitish tizimiga quyidagi talablar qo‘yiladi:

a) individual va mustaqil ishlash, ilmiy-texnik axborot bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;

b) original va nostandart qarorlar, ishchanlik - qobiliyatlarini rivojlantirish;

v) o‘qitishni individuallashtirish (o‘qishga turli qobiliyatga ega bo‘lgani uchun);

g) bilim harakatchanligi, tanqidiy fikrlashganda moslashuvanlik va ijod, ishlab chiqarishning zudlik bilan o‘zgaruvchan sharoitiga mos epchillikni shakllantirish.

.
Bayon etilgan, bir tomondan pedagogik texnologiyaning sodir bo‘lish zaruriyatini tasdiqlasa, ikkinchi tomondan u ilmiy texnik taraqqiyot jadallashuvining mahsuloti ekanligini namoyish etadi. Shu sababli, ilmiy texnik taraqqiyot tezlashuviga 2…3 va undan ortiq fanlar ulanishlarida paydo bo‘ladigan yangi fanlarning ta’sirini alohida ta’kidlash zarur bo‘ladi. Pedagogik texnologiya ham ikkita fan – «pedagogika» va «texnologiya»lar ulanishida paydo bo‘lga yangi fanlardan biridir. Pedagogik texnologiya ilmiy texnika taraqqiyoti jadallashuvi talabalari darajasida kadrlar tayyorlashuvi talablari darajasida kadrlar tayyorlashni ta’minlash imkoniyatini yaratdi. Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismlari tegishli davr talablari asosida ham paydo bo‘ladilar.


“Pedagogik texnologiya bilimlarni o‘rganishh yaxlit jarayonida ta‘lim shakllarini optimallashtirish, texnikaviy, insoniy imkoniyatlar, ularning o‘zaro xamkorligi amalga oshirish metodlar tizimidir”, -degan xulosaga kelinadi.

Uzoq vaqt xukm surgan, kommunistik g‘oyaviylikka asoslangan byuroktratik pedagogika ta‘lim-tarbiya jarayoniga ilmiy yondoshish yo‘llarini berkitgan edi. Ayniqsa rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanishh man etilgan edi.

O‘zbekistonda kadrlar tayyorlashh Milliy dasturi mustaqillik sharofati bo‘lsa, uni amalga oshirishning asosiy ilmiy metodik omillaridan biri yangi pedagogik texnologiyadir. Pedagogik texnologiyaning predmeti - ta‘lim-tarbiya jarayonini optimal loyixalash, modellashtirish tizimi, mexanizmi. Ya‘ni pedagogik qonuniyatlarga asoslangan ta‘lim-tarbiya tizimini samarali ,ommabop mexanizmidir. Pedagogik texnologiya ommabopligi ilmiy asoslanganligi bilan individual mahoratdan farq qiladi. Yangi pedagogik texnologiya fanini o‘qitish maqsadi: - bo‘lajak mutaxassisliklarni mavjud pedagogik qonuniyatlar va aniq shart-sharoitga asosan ta‘lim-tarbiya jarayonini loyihalash samarali metod va vositalarni tanlanga o‘rgatishdan iborat.

Kursning vazifasi: - bo‘lajak o‘qituvchilarga pedagogik texnologiya, texnika rivojlangan mamlakatlar ilg‘or pedagogik texnologiyasi, O‘zbekistonda kadrlar tayyorlashhning Milliy dasturini amalga oshirish tajribalari haqida nazariy bilim berish:

-pedagogik jarayonni loyixalash;

-ta‘lim-tarbiya maqsadi, mazmuni va optimal metodlarini ko‘nikma va malakasini shakllantirish;

-pedagogik diagnostika qobiliyatini o‘stirishdan iborat.
Pedagogik texnologiyaning maqsadi – ommaviy ta’lim sharoitida ta’lim jarayonining zaruriy samaradorligini ta’minlash va talabalar tomonidan o‘qishning ko‘zlangan natijalariga erishish kafolatidan iboratdir.

Pedagogik texnologiyaning bosh vazifasi – ommaviy ta’lim sharoitida «oddiy» pedagoglarga o‘qitishning yetarli samarasiga erishishni ta’minlovchi, o‘quv jarayonini yaratishh hisoblanadi.

Pedagogik texnologiyaning predmeti – o‘quv jarayoining o‘zi hisoblanadi.

Pedagogik texnologiyaning obyekti –o‘quv jarayonining tarkibiy qismlari hisoblanadi.


Albatta, yangi pedagogik texnologiya ta‘lim-tarbiya jarayonining mavjud qonuniyatlariga mamlakatimiz rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlargia, tarixiy taraqqiyot tajribalariga asoslanadi. Pedagogik texnologiyani yaratishh milliylik va muminsoniylik tamoyillariga, insonparvarlik va demokratiya printsiplariga ijodkorlik va tashabbuskorlikka tayanadi.

Pedagogik texnologiya fani bo‘lajak o‘qituvchilarni ilmiy-metodik tayyorlashhda alohida o‘rin tutadi. Peadgogika nazariyasi va tarixidan mukammal bilim va malakaka ega bo‘lgandan keyin pedagogik texnologiya yoki yangi pedagogik texnologiya fani o‘rganiladi. Demak, pedagogi texnologiya, pedagogik, pedagogik maxorat, psixologiya, matematik modellashtirish fanlari bilan o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganiladi, pedagogik texnologiya fanining dasturi uch yo‘nalishda:

Pedagogik texnologiyaning nazariy asosi, tarix va amaliy ko‘nikmalar shakllantirishga qaratilgan.

Pedagogik texnologiyaning tub mohiyati, o‘qitishning an‘anaviy, o‘qituvchi tomonidan bayon qilishh, talabalarga tayyor bilimlarni berish usulidan voz kechib talabalarni ko‘proq mustaqil ta‘lim olishga undashdan iborat. Bunda o‘qituvchi talabalar bilish faoliyatining boshqaruvchisi, maslahatchi, yakuniy natijaga yo‘llovchi shaxs vazifasini bajaradi.Pedagogik texnologiyaning samaradorligi yana shundan iboratki, unda turli o‘qituvchilar muayyan fan (mutaxassislik bo‘yicha) bir xil (deyarli bir xil) yakuniy natijaga erishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa barcha o‘quv yurtlariga yagona Davlat ta‘lim standarti talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlashh vazifasi yuklatilgan hozirgi davrda biz, o‘zbekistonlik pedagoglar, uchun nihoyatda muhimdir.

Takrorlanuvchan pedagogik jarayonni yaratishh esa, ishlab chiqarishdagiga nisbatan anchagina murakkab jarayon bo‘lib hisoblanadi. O‘quv (o‘quv-tarbiyaviy) masalalarning turli tumanligi, ta‘lim mazmuni va o‘quv materialining turlicha ekanligi, bilimlarning o‘zlashtirilishini talabalarning individual xususiyatlariga bogliqligi va boshqa omillar bunga to‘sqinlik qiladi. O‘quv jarayonini takomillashtirish maqsadida yaratilgan barcha uslub, shakl va modellar faqat o‘z egasi qo‘lidagina yuqori samara beradi. Shunday bo‘lsa ham o‘quv jarayoniga yagona, samarali yondashishni yaratishh bo‘yicha izlanishlar olib borilganligi natijasida AQSHning buyuk pedagoglari B.Blum, D.Kratvol, N.Gronlund, J.Kerrol, J.Blok, L.Andersen va boshqalarning izlanishlari natijasida takrorlanuvchan hamda yakuniy natijani kafolatlaydigan pedagogik texnologiya yaratildi.

Uning mohiyati o‘quv maqsadining aniqligi va unga erishish uchun talabaning qat‘iy belgilangan ketma-ketlik bo‘yicha har bir o‘quv bo‘lagini (modulini) o‘zlashtirib, mustaqil faoliyat ko‘rsatishidan iborat bo‘ladi. Ilmiy tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, faqat uzluksiz ma‘ruza o‘qilganda, talabalar materialni atiga 5 foizini o‘zlashtirsalar, bir-birini o‘qitish va mustaqil o‘rganishhda esa bu ko‘rsatkich 90 foizni tashkil qilar ekan (Xalq ta‘limi. 1999. №4 - 9 bet.).

SHunday qilib, pedagogik texnologiyaning predmeti o‘quv jarayoni va professional tayyorgarlik tizimini loyihalashdan iborat. Tizimli yondashish o‘qitish tizimining barcha asosiy tomonlarini - maqsadni aniqlash va o‘quv jarayonini loyihalashdan tortib, to yangi o‘qitish tizimining samaradorligini tekshirish, uni sinovdan o‘tkazish va ommalashtirishgacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi. U o‘z harakat tartiblarini takrorlanuvchanligi va ularni to‘la o‘quv jarayoniga tadbiq etishh ғoyasi, oqibat natijada bu jarayonni «jonli o‘qituvchiga» bog‘iq bo‘lmay qolishiga olib keladi. Haqiqatan ham, agar o‘quv jarayoni to‘la takrorlanuvchan, alohida ko‘rinishh (epizod)larga bo‘linsa, o‘qituvchining vazifasi oldindan tuzilgan (o‘zi tuzgan bo‘lishi shart emas) material bilan o‘qishni tashkil etishhda tashkilotchi va maslahatchi rolini ijro etishhdan iborat bo‘lib qoladi.

TALABALARNING O‘Z-O‘ZINI TEKSHIRISH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR.

1. Кадрлар тайёрлаш Миллий Модели ва унинг таркибий қисмлари ҳақида тушунча беринг

2.Kadrlar tayyorlashhni amalga oshirishning qaysi bosqichida pedagogik texnologiya to‘la joriy etiladi?

3.Pedagogik texnologiyaning predmeti nimada?

4.Pedagogik texnologiyaning vazifalari nimada?

5.YUNESKO ilg‘or pedagogik texnologiya haqida qachon, qanday xulosaga kelgan?


2 MAVZU. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning shaxsi. (2 soat)
Reja:

1. O’quvchi shaxsi ta’lim jarayonining ob’yekti va sub’yekti sifatida.



  1. Shaxs qiyofasining tuzilishi va uning to’rt darajasi: temperament, psixik jarayonlarining o’ziga xosligi, tajriba va shaxs yo’nalganligi “Texnologiya” tushunchasi. “Pedagogik texnologiyalar” tushunchasining paydo bo’lishi.

  2. Bilim, ko’nikma va malaka (BKM). Aqliy harakat usullari (AHU).

  3. PTning nazariy asoslari.



FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.


    1. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T: “SHarq” nashriyot matbaa kontserni, 1997.

    2. Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li.- T: O‘zbekiston, 1992.-78 b.

    3. N.N. Azizxo‘jaeva. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. T. Nizomiy nomidagi TDPU. 2006 y.




    1. Madyarova S. A. va boshq. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- T.: IQTISOD-MOLIYA, 2009, 240 b.



QO‘SHIMCHA ADABIYOTLAR RO‘YXATI

    1. Sayidahmedov N.Yangi pedagogik texnologiyalar. T. “Moliya ” nashriyoti, 2003 y. – 171 b.

    2. M.Ochilov. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi. “Nasaf”2000 y.-80 b.

    3. Talipova J.O., G’ofurov A.T. Biologiya ta’limi texnologiyalari: O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari biologiya o’qituvchilar uchun metodik qo’llanma. – T.: O’qituvchi, 2002.

4.U. Tolipov, M.Usmanbayeva. pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. T. “Fan”. 2005.

  1. O‘. Tolipov. Oliy pedagogik ta‘lim tizimida umummehnat va kasbiy kO‘nikma hamda malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari. T. “Fan”.-167 b. 2004y.

  2. O‘. Tolipov, M.Usmonboeva. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. T. “Fan”. 2005 y.-205 b.

  3. T.G‘afforova, A.Qurbonov, E.Godfri. Ta‘limning ilg‘or texnologiyalari. Qarshi “Nasaf”. 2003y.-112 b.

  4. Farberman. B.L. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. T.,2001

  5. Choriev A. Yangi pedagogik texnologiyalar. Ma‘ruzalar matni, Qarshi 2000.

  6. Fаrbеrmаn B. Ilg‘or еdаgogik tехnologiyalаr – T.: 1999.


Asosiy tushunchalar: Avtoritar o‘qitish texnologiyasi, shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyasi, insonparvarlik, hamkorlik, erkin tarbiyalash, muammoli o‘qitish texnologiyasi, muammoli vaziyat, tabaqalashtirilgan o‘qitish, o‘qitishni tabaqalash, individual o‘qitish, individual yondashish, individuallashtirilgan o‘qitish, individual o‘qitish texnologiyasi, kompyuterli o‘qitish texnologiyasi, ishbilarmonlik o‘yinlari.
O‘qitish jarayonida, pedagogik texnologiyalar talablari asosida ifoda etilgan, o‘quv maqsadlariga erishiladi. Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashgan davrda o‘qitish samaradorligi, asosan, o‘quvchining o‘qitish jarayonidagi o‘rni, pedagogning unga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu yerda o‘qitish texnologiyasining ikki turini ajratib ko‘rsatish mumkin: avtoritar va shaxsga yo‘naltirilgan.

Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona subyekt sifatda namoyon bo‘ladi, o‘quvchilar esa faqatgina «obyekt» vazifasini bajaradi xolos. Bunda o‘quvchining tashabbusi va mustaqilligi yo‘qoladi, o‘qitish majburiy tarzda amalga oshiriladi. Odatdagi an’anaviy o‘qitish, avtoritar texnologiyaga taalluqlidir. Bunda, avvalo Y.A.Komenskiy tomonidan ifoda etilgan, didaktika tamoyillariga asoslangan o‘qitishning «sinf-dars» tizimida tashkil etish nazarda tutiladi. Hanuzgacha dunyoda eng ko‘p tarqalgan o‘qitishning «sinf-dars» tizimi hisoblanadi, u quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:

Yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo‘lgan o‘quvchilar sinfni (guruhni) tashkil etadi:

Sinf (guruh, oqim) yagona o‘quv reja, yagona o‘quv dasturlar va yagona mashg‘ulotlar jadvali bilan shug‘ullanadi;

Mashg‘ulotlarning asosiy birligi dars bo‘lib, u bitta fanning bitta mavzusiga bag‘ishlanadi va o‘qituvchi tomonidan boshqariladi;

O‘quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo‘llaniladi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida O‘zbekiston Respublikasidagi ta’lim tizimining milliy modeliga alohida e’tibor qaratilgan. Bu model 5 tarkibiy qismdan iborat: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish. Bu yerda ta’lim milliy modelining asosiy tarkibiy qismi - «shaxs» birinchi o‘rinda turadi. Boshqacha aytganda, butun ta’lim tizimi, shu jumladan, o‘qitish shaxsga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.

Shuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon, o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim.

Hayot dialektikasi shundan iboratki, doimo yangi avlod, oldingi avloddan ko‘ra rivojlanganroq bo‘ladi. Ilmiy texnik taraqqiyotning

keskin yuksalish davrigacha (XX asrning birinchi yarmigacha), fan, texnika va texnologiyalar rivoji evolyutsion, past sur’atlarda amalga oshar edi.

Shuning uchun ketma-ket keluvchi avlodlarning rivojlanish darajasi deyarli farq qilmas edi. Bunday sharoitlarda Y.A.Komenskiyning o‘qitishning avtoritar texnologiyasi, an’anaviy «sinf-dars» tizimi dunyoga keldi.

Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrida (XX asrning ikkinchi yarmi), fan, texnika, texnologiyalar yuqori sur’atlarda rivojla­nayotgan davrda, bir avlod hayoti davomida fanning rivoji insoniyatning butun tarixidagidan ko‘ra ko‘proq bo‘lgan bu davrda, o‘qitishning an’ana­viy tizimi (shu jumladan zamonaviy an’anaviy o‘qitish) o‘z umrini oxiri­ga yetdi. Hozirgi zamon avlodining rivojlanish sur’ati oldingilardan ko‘ra ancha yuqori bo‘lganligi sababli, o‘qitishning an’anaviy tizimi, rivojlanishga to‘sqinlik qila boshladi. Bunday sharoitlarda taraqqiyot, faqat har bir shaxsning mavjud imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish asosida amalga oshirilishi mumkin. Axborotning hajmi, xilma-xilligi, egallashga moyilligi va vositalarining yetarliligi samarali individual va mustaqil o‘qitishni tashkil etish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratadi. O‘qitishni jadallashtirish maqsadida, pedagogning o‘quvchiga bo‘lgan munosabati «sardor»likdan, uning «sherigi»ga aylanishi zarur.

O‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagi asosiy tamoyillar xos bo‘ladi:

insonparvarlik, ya’ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat ko‘rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zo‘rlashdan to‘la voz kechish;

hamkorlik, ya’ni pedagog va o‘quvchilar munosabatidagi demokratizm, tenglik, sheriklik;

erkin tarbiyalash, ya’ni shaxsga uning hayot faoliyatini keng yoki tor doirasida tanlab olish erkinligi va mustaqillikni berish, natijalarni tashqi ta’sirdan emas, ichki hissiyotlardan keltirib chiqarish. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarning kommunika­tiv asosi - pedagogik jarayonda o‘quvchiga insoniy-shaxsiy yondashuv hisoblanadi.

Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo‘ladi:

pedagogik jarayonda shaxs obyekt emas, subyekt hisoblanadi;

har bir o‘quvchi qobiliyat egasi, ko‘pchiligi esa iste’dod egasi hisoblanadi;

yuqori etik qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, vijdon va boshqalar) shaxsning ustivor xislatlari hisoblanadi.

Munosabatlarni demokratlashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

o‘quvchi va pedagog huquqlarini tenglashtirish,

o‘quvchining erkin tanlab olish huquqi;

xatoga yo‘l qo‘yish huquqi;

o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lish huquqi

pedagog va o‘quvchilar munosabati zayli: taqiqlamaslik; boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil etish; chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish.

Yangi munosabatlarning asosiy mazmuni, hozirgi zamon sharoitida samarali natija bermaydigan va g‘ayri insoniy hisoblanadigan zo‘ravonlik pedagogikasidan voz kechishdir. Muammo bu tamoyilni mutlaqlashtirishda emas, balki uning oqilona mezonlarini aniqlashdadir. Umuman olganda tarbiya jarayonida zo‘ravonlik mumkin emas, ammo jazolash insonni kamsitadi, ezadi, rivojlanishini susaytiradi, unda qulchilik xususiyatlarini shakllantiradi.

Erkin o‘qitish quyidagilar bilan belgilanadi:

ishonchga asoslangan erkin talabchanlik;

o‘quv materialiga qiziqish uyg‘otish, bilishga va faol ijodiy fikrlashga rag‘batlantirish;

o‘quvchilarning mustaqilligi va tashabbusiga tayanishh;

jamoa orqali bilvosita usullar bilan talablarni amalga oshirishni ta’minlash.

Yangi individual yondashuvning mohiyati shundaki, u ta’lim tizimida o‘quv fanidan o‘quvchiga emas, o‘quvchidan o‘quv fani tomonga harakatlanishni taqozo etadi, o‘quvchilarning mavjud imkoniyatlarni inobatga olib, ularni rivojlantirish, takomillashtirish va boyitishga qaratilgan bo‘ladi.

Individual yondashuvning zamonaviy yangi talqini quyidagilardan iborat:

o‘rtacha o‘quvchiga yo‘naltirishdan voz kechish;

shaxsning yaxshi xislatlarini izlash;

shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish.

Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar zarur bo‘ladi:

har bir o‘quvchi qiyofasida noyob shaxsni ko‘rish, uni hurmat qilish, tushunish, qabul qilish, unga ishonish. Pedagogda barcha o‘quvchilar iste’dodli degan ishonch bo‘lishi kerak.

shaxsga, yutuqni ma’qullovchi, qo‘llab-quvvatlovchi, xayrixoh vaziyatlar yaratishh, ya’ni o‘qish qoniqish va xursandchilikni olib kelishi kerak.

bevosita majburlashga yo‘l qo‘ymaslik, qoloqlikka va boshqa kamchiliklarga urg‘u bermaslik, uning nafsoniyatiga tegmaslik.

pedagogik jarayonda, o‘quvchilarga o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratishh va ko‘maklashish.

Oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tizimi uchun, o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

ishbilarmonlik o‘yinlari;

muammoli o‘qitish;

tabaqalashtirilgan o‘qitish;

dasturlashtirilgan o‘qitish;

kompyuterlashtirilgan o‘qitish;

modulli o‘qitish.

Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti jadallashtirilgan davrida rivojlangan davlatlarda shakllantirilganligini inobatga olgan holda ular chuqur ildizlarga ega ekanligini ta’kidlash to‘g‘ri bo‘lar edi.

Qadimiy faylasuf Sokrat o‘z chiqishlarida savol va javob usulini ishlatar edi. Bu usul haqiqatni bilib olish uchun yordam berar edi.

Qadimiy Rim pedagogi M.F.Kvantilian har bir shogirdga e’tibor va diqqat bilan yondashishni tavsiya bergan edi.

O‘rta asr Sharqining buyuk olim-mutafakkirlari tomonidan yirik pedagogik meros qoldirilgin. Asrlar, mingyillar davomida shaxsga muhabbat va hurmat, unga yordamlashish xislatlari asosida sivilizatsiya shakllanib keldi.

Millatimiz shakllanishi bilan birgalikda xalqimizning mentaliteti insonga muhabbat va hurmat ko‘rsatish, unga yordamlashish xislatlari asosida yuzaga chiqdi. Eng avvalo, yoshlarimizga nisbatan muhabbat yaqqol namoyon bo‘ladi. Xalqimiz bolalarga «siz» deb munosabat qilur, kattalar ularga birinchi bo‘lib «salom» berur.

Yaponiyaning zamonaviy pedagog-olimlari bolani kuniga 200 martagacha erkalatishni tavsiya beradilar. Bu zamonaviy g‘oyalarning debochasi, buyuk ajdodimiz Al-Buxoriyning «Hadis» kitobida «Bolaga rahmdillik qilmoq, uni o‘pib quchoqlamoq haqida» bobida yoritilgan. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalarning o‘zagi shaxslar o‘rtasidagi yuqori qadriyatlarga, teng huquqlilikka asoslangan munosabat hisoblanadi. Bu qadriyatlar Al-Buxoriyning «Hadis» kitobida «Shirin so‘z odam haqida», «So‘kmoq va la’natlamoq ta’qiqlanganligi haqida» boblarida namoyon etilgan. Unda shaxsni so‘kish uni o‘ldirish bilan tenglashtirilgan.

Xulosa qilib ta’kidlash lozimki, ajoyib shaxsiy fazilatlarga asoslangan ta’limimiz, jahon fanning shakllanishiga va rivoji o‘zining munosib xissa qo‘shgani bilan ajralib turadi. Abu Ali ibn Sino, A.Beruniy, Al-Xorazmiy, M.Ulug‘bek, Al-Buxoriy, A.G‘ijduvoniy, B.Naqshbandiy, A.Navoiy, Z.Bobir kabi buyuk ajdodlarimizning ta’limoti, jahon sivilizatsiyasidagi bebaho ulushini bugungi kunda butun dunyo tan olmoqda.

Pedagogika fanining rivojlanishiga Yevropa buyuk pedagog-olimlari hissa qo‘shgan, jumladan: italiyalik Vittarino di Feltre, fransuz Fransua Rable, ingliz Tomas More, nemis A.Distruverg, rus K.D.Ushinskiy va boshqalarni ta’kidlab o‘tish mumkin.

Bular gumanistik tarbiyani, mustaqil fikrlashni rivojlanishini, ijodni, faolligini, ko‘rgazma materiallarni keng foydalanishini, nazariy ta’limni mehnat bilan bog‘lanish tarafdori edilar. Ular pedagogik jarayonda o‘quvchilarni subyekt deb hisoblar edilar.





Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə