O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Rossiya imperiyasining Toshkentni egallashdan maqsadi nima edi? 3



Yüklə 3,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/145
tarix27.12.2023
ölçüsü3,7 Kb.
#163008
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   145
O\'zbekiston tarixi 9-sinf

2.
Rossiya imperiyasining Toshkentni egallashdan maqsadi nima edi?
3.
Toshkent mudofaasi haqida gapirib bering. 
4. 
Mahalliy aholi istiloga qarshi qanday harakatlar olib borgan?
8-§. TURKISTON GENERAl-GUBERNATORlIGINING 
 TAShKIl ETIlIShI
O‘rta Osiyoni o‘z mustamlakasiga aylantirish 
maqsadida podsho hukumatining olib borgan har
-
biy istilochilik yurishlari natijasida uning katta hu
-
dudlari bosib olindi. Yo‘qotishlar va talafotlarga 
Turkiston 
o‘lkasida mustam
-
laka boshqaruvi
-
ning o‘rnatilishi
http://eduportal.uz


27
qaramay, imperator Aleksandr II ning buyrug‘i bilan navbatdagi harbiy 
rejalarni amalga oshirish davom ettirildi. 
1865-yilda tashkil qilingan Turkiston viloyati O‘rta Osiyodagi har
-
biy harakatlarni olib borishda harbiy markaz rolini bajardi. Navbatdagi 
vazifa bosib olingan hududlarda podsho hukumati hukmronligini mus
-
tahkamlash va ma’muriy-hududiy birlik larni tashkil qilishdan iborat 
edi. Mazkur maq sad larni amalga oshirish uchun bosib olingan joylarni 
o‘z ichi ga oluvch i ma’muriy-boshqaruv hudud, ya’ni alohida general-
gubernatorlik tashkil etishga kirishildi. Buning sababi O‘rta Osiyoning 
Orenburg general-gubernatorligidan uzoq da joylashganligi bo‘lsa, bosh
-
qa yana bir sababi bu kelgusida bosib olinadigan yerlarni ham birlash
-
tirish bo‘lgan. Bu hududlar ning imperiya tarkibida yana bitta general-
gubernatorlik tashkil qilish uchu n aholisi va hududi to‘g‘ri kelgan. Shu 
bilan birga O‘rta Osiyoda alohida general-gubernatorlikni tashkil qilish 
orqali uning geografik xususiyatlari, iqtisodi, tabiiy boyliklari, mineral 
resurslarini imperiya manfaatlariga har tomonlama moslashtirish edi. 
1867-yilda bosib olingan hududlarni o‘z ichiga oluvchi Turkiston 
ge neral-gubernatorligi tashkil qilindi va Turkiston harbiy okrugi tuzildi. 
1847-yildan boshlab harbiy istilochilik yurishlarida ishtirok etgan barcha 
harbiy qismlar uning tarkibiga kiritildi. Bu davrda Turkiston harbiy okru
-
gidagi harbiylar soni 40 ming kishidan iborat bo‘lgan. 
Toshkent shahri general-gubernatorlikning markazi qi
-
lib belgilandi. U qulay geografik makonda joylashgan 
bo‘lib, harbiy, siyosiy, strategik maqsadlarni amalga 
oshirish uchun barcha imkoniyatlarga ega edi.
Turkiston general-gubernatori o‘lkada joylash
-
gan harbiy qo‘shinlar qo‘mondoni, Yettisuv kazakla
-
ri qismi qo‘mondoni va shu bilan birga bosh sudya 
ham hisoblangan. Turkiston general-gubernatorligiga 
1867-yil Rossiy a imperatori farmoniga ko‘ra general-
adyutant Konstantin Petrovich fon Kaufman (1867–1881) tayinlandi. U 
bir paytning o‘zida Turkiston harbiy okrugi ning qo‘mondoni ham edi.
Turkiston general-gubernatorligi Turkiston vilo-
yati va Semipalatinsk viloyatining janubiy qis mini 
ham o‘z ichiga oldi. Dastlab Turkiston general-
gubernatorligi ma’muriy jihatdan ikkita viloyat: Sir
-
daryo (markazi – Toshkent) va Yettisuv (markazi – Verniy) viloyatlariga 
bo‘lingan. Sirdaryo viloyatining hududiga, asosan, 1865-yilda tashkil 

Yüklə 3,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə