O’zbekistonda arxeologiya. Madrimov Sh


Arxeolog-numizmat, olim Boris Dmitrievich Kochnev



Yüklə 471,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/25
tarix22.05.2022
ölçüsü471,74 Kb.
#87674
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
ozbekistonda arxeologiya fanining paydo bolishi va taraqqiyoti

Arxeolog-numizmat, olim Boris Dmitrievich Kochnev. 
Arxeolog va mashh’ur numizmat B.D.Kochnev 1940-yilda Moskva 
oblastining Kostino shahrida jurnalist oilasida tug’iladi. 1946-yilda ularning oilasi 
Frunze (hozirgi Bishkek) shahriga ko’chib o’tgan. Uning ilk arxeologiyaga bo’lgan 
qiziqishi maktab o’quvchilari bilan birgalikda 
Đ
ssiqko’l arxeologik otryadi 
tarkibida qoyatoshlarga bitilgan suratlarni ko’rgani borishgandan keyin boshlandi. 
1958-yilda o’rta maktabni tugallagandan keyin Qirg’iziston Davlat Universitetiga 
o’qishga kiradi. Ammo bu erda u sevgan arxeologiya mutaxassislarini tayyorlash 
kurslari yo’qligi tufayli u o’zining o’qishini Toshkent Davlat universitetining tarix 
fakultetiga o’tkazdiradi, chunki bu erda arxeologiya ixtisosli mutaxassislarni 
tayyorlanar edi. Universitetda M.E.Masson dars berganligi uchun ham uning 
qiziqarli maruzalari B.D.Kochnevda arxeologiyaga bo’lgan qiziqishni yanada 
oshirdi. Shuningi uchun uning kelgusidagi ilmiy ishini mavzusini ham 
M.E.Masson bilan hamkorlikda tanlanib, uning rahbarligida amalga oshirildi.1971- 
yilda «Nomozgoh’larning O’rta Osiyodagi feodal shaharlari topografiyasida tutgan 
o’rni» mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. Uning bu 
dissertatsiyasini paydo bo’lishida juda ko’plab Qarshi, Kasbi, Koson, G’uzor, 
Marv kabi shaharlarda saqlanib qolgan nomozgoh masjidlarida olib borilgan 
arxeologik izlanishlarning ilmiy-tahliliy natijalari o’zining ijobiy natijalarini berdi. 
1971-yildan B.D.Kochnev O’zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya 
iistitutiga ishga o’tib, bu erda umrining oxirigacha ishlab qoladi. Bu institut 
tarkibida ishlar ekan, Samarqand, Buxoro va ayniqsa Qashqadaryo voh’alarining 
arxeologik obidalarini o’rganish bo’yicha katta arxeologik qazishmalarda ishtirok 
etdi. Jumladan 1976-1977-yillarda Qarshi voh’asidagi Tallisortepada (o‘rta asr 
manbalarida G’ubdin) arxeologik izlanishlar olib bordi. Bu yodgorlikda ilk o’rta 
asrlarga xos bo’lgan olovga bag’ishlangan ibodatxona ochib o’rganildi. 
Đ
lk o’rta 


65 
asrlar hunarmandchiligiga doir juda ko’plab sopol, shisha, ganch kabi ko’plab 
buyumlar topib o’rganildi. 
B.D.Kochnevning 
arxeolog 
sifatidagi 
hayotining 
ikkinchi 
yarmini 
numizmatixa yo’nalishi egallaydi. U hali Frunzedagi Tarix muzeyining direktor 
o’rinbosari lavozimida ishlab yurgan paytidayoq qo’liga tushib qolgan tanganing 
yozuvlarini o’qishga harakat qiladi, hamda shu kundan arab alifbosini o’rganishni 
boshlaydi. Samarqanddagi Arxeologiya institutiga ishga o’tgandan keyin 
B.D.Kochnev to’liq qoraxoniylar davrining sulolalari, ularning siyosiy tarixini 
numizmatik materiallarga qarab o’rganishni juda ham katta ishtiyoq bilan bajardi 
va o’rta asr numizmatik materiallarini o’rganish bo’yicha eng yirik mutaxassis 
darajasiga erishdi. Bu ishlarning natijasi o’laroq 1993-yilda u «Qoraxoniylar davri 
tangalari: manbashunoslik va tarixiy o’rganish» mavzuidagi tadqiqoti uning shu 
davrni o’rganish bo’yicha yirik ishi bo’lib qoldi. 
1994-yilda B.D.Kochnev Frantsiyaning Druen nomidagi mukofotining 
sovrindori bo’lgan. Uning qisqa umri juda sermahsul bo’ldi. Yaqin 200 dan ortiq 
ilmiy va 200 ga yaqin ilmiy ommabop maqolalari va shogirdlari B.D.Kochnevning 
O’zbekistonda arxeologiyani rivojlantirishdagi hissasi bo’lib qoladi. 

Yüklə 471,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə