O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 23- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 76,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix30.12.2023
ölçüsü76,05 Kb.
#164806
1   2   3   4   5   6   7
Yulanova Nargiza Davlatovna (1)

Adabiyotlar tahlili 
Jahon lingvistikasining ajralmas tarkibiy qismlaridan biri, dunyo tilshunoslik fani 
oldida turgan dolzarb maslalarni ijobiy hal etishga munosib ulushini qo'shib 
kelayotgan o'zbek tilshunosligi ham o'tgan asr davomida rang-barang dunyoqarashlar, 
ta'limotlar, nazariyalar ta'sirini boshidan kechirdi, umumlingvistik jarayonlar 
qamrovida qoldi. O'zbek nomli etnosotsial jamoa, yaʼni millatga taalluqli, uning 
boytarixini o'zida aks ettiruvchi, kundalik aloqa-muloqat ehtiyojini to'la-to'kis 
qondiruvchi, uni birlashtiruvchi, jipslashtiruvchi o'zbek tilining tabiatini, shakllanish, 
taraqqiy topish bosqichlari kechagi va bugungi holati, ertangi istiqboli xususida aniq 
hamda ravshan tasavvurga ega o'zbek tilshunosligi uchun hozirgi zamon jahon 
tilshunosligida yuz berayotgan o'zgarishlar yot emas. Ma'lumki, XX asr boshlarida 


O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
23-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.10.2023
sotsiologiya va psixologiyadan uzoqlashgan lingvistika "Til o'zida va o'zi uchun" 
shiorini o'zining yagona obyekti sifatida e'lon qildi. F. de Sossyur ilgari surgan umumiy 
semiologiya loyihasi semiotikada qisman ifodasini topgan bo'lsa-da, lingvistika o'z 
mustaqilligini yo'qotmadi, semiotikadek umumiy fanning qismiga aylanib ketmadi. XX 
asr oxiriga kelib tilni belgilar tizimi tarzida tadqiq etish masalasi tadqiqotchilarni 
ortiqcha qiziqtirmay qo'ydi. Lingvistika yana psixologiya va sotsiologiya bilan 
yaqindan munosabatga kirishishga intila boshladi. Kognitivistika Sossyurning til-nutq, 
sinxroniya- 
diaxroniya, 
sintaksis-semantika, 
leksika-grammatika 
kabi 
til 
dixotomiyalaridan voz kecha boshladi. XX asr lingvistikasi bosib o'tgan yo'lni kuzatar 
ekanmiz, undagi bir qator xususiyatlarni e'tirof etish lozim bo'ladi: 
1. Tilshunoslik har doim boshqa, xoh gumanitar, xoh tabiiy fanlar bilan bajonidil 
aloqaga kirisha oldi. Biologiya, sotsiologiya, psixologiya bilan lingvistikaning yaqindan 
aloqasi bois biolingvistika (bu yo'nalish o'zbek tilshunosligida hozircha shakllangan 
emas), sotsiolingvistika, psixolingvistika tarkib topdi. 60-yillardan e'tiboran injener 
lingvistikasi, 
keyinroq 
matematik 
lingvistika, 
buning 
zaminida 
esa, 
kompyuterlingvistikasi vujudga keldi. 
2. Kiritilayotgan tushuncha uchun aniq ta'rifning yo'qligi uning samarali 
qo'llanishiga to'sqinlik qilolmadi, "lisoniy bilish", "lisoniy qiyofa", "borliqning lisoniy 
tasviri", "diskurs", "konsept" singari terminlar mohiyati qator izlanishlar negizida 
aniqlashtirib borildi. 
3. Tilshunoslikda L. Elmslevning glossematika nazariyasidan boshqa biron bir 
lingvistik loyiha va lingvistik ta'limot o'zining mantiqiy poyoniga erishmadi, amalda 
mujassam bo'lmadi. Shunday qilib, lingvistika uchun mustaqillik maqomining 
tabiiyligi, va aksincha, boshqa fanlarning ta'siri sezilarli bo'lsa-da, ammo muvaqqat 
xarakterdaligi ayon boʻldi. Zikr etilgan jihatlar o'zbek tilshunosligida ham o'z ifodasini 
ma'lum darajada namoyon etdi. 

Yüklə 76,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə