O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 23- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 76,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix30.12.2023
ölçüsü76,05 Kb.
#164806
1   2   3   4   5   6   7
Yulanova Nargiza Davlatovna (1)

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
23-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.10.2023
intertekstuallikning bir ko'rinishi sifatida baholaydi. Tadqiqotchi bunga misol sifatida 
Oybekning "Navoiy" romanida Navoiy tomonidan aytilgan didaktik mazmunli 
matnlarni keltiradi. Bu xususiyatni o'zbek tilida yaratilgan boshqa asarlarda ham 
ko'rish mumkin. 
O'tgan asr so'ngida bozor iqtisodiyotining jadal sur'atlar bilan rivojlanishi
zamonaviy axborot texnologiyalarining ommalashuvi, ilmiy tadqiqotlarning iqtisodiy 
samaradorligini oshirish dolzarblashib, tilshunoslik ham amaliy vazifalariga nutq 
samaradorligi tadqiqiga e'tiborni kuchaytirdi. Natijada fanda sotsiolingvistika, 
etnosotsiolingvistika, 
lingvopragmatika, 
pragmalingvistika, 
pragmatika, 
psixolingvistika kabi nomlar bilan yuritiluvchi yangi tarmoqlari shakllandi. 
Xulosa 
Tilning voqelanishda inson omili bilan bog'liq ravishdagi nutqiy muloqot 
jarayonini tadqiq qilish lingvopragmatik va psixolingvistik yo'nalishning o'rganish 
manbaini tashkil etadi. Ma'lumki, nutqiy muloqot o'nlab - milliy, etnografik, ijtimoiy, 
falsafiy-madaniy, axloqiy-estetik, tarixiy, maishiy va ruhiy omillarning lisoniy birliklar 
voqelanishi bilan qorishuvidan iborat dinamik sistemadir. Demak, insonning mental 
faoliyati bilan bog'liq ravishdagi hodisalarni tadqiq qiluvchi kulturologiya fanining 
muhim tarmoqlaridan biri sifatidagi pragmatic tilshunoslik inson subyekti va 
obyektivlik (lison)ni qorishiq yaxlitlik sifatida tadqiq qiladi. 
Zero, nutqda subyektivlik va obyektivlikni bir-biridan ajratgan holda tadqiq qilish 
mumkin emas, sistemaviylik yaxlitlik xossasi bilan xarakterlanadi. Lisonning nutqiy 
voqelanishini unga hamrohlik qiluvchi nutqiy paradigmalar (fiziologik, ruhiy, 
professional, axloqiy, estetik, madaniy, nutq vaziyati-nutq sharoiti, nutq uslubi) 
qurshovida tekshirish natijasida lisonni modifikatsiya qiluvchi vositalarning ta'siri va 
roliga baho, nutqning ijtimoiy qiymatiga va ta'sirchanlik-bunyodkorlik ahamiyatiga 
ilmiy tavsif beriladi. 

Yüklə 76,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə