|
O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 23- son ilmiy tadqiqotlar jurnaliYulanova Nargiza Davlatovna (1)O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
23-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.10.2023
4) lingvokulturologiyaning pedagogika fani bilan bogʻliq jihatlari. Bunda
talabalarda lingvokulturologik birliklarni aniqlash va tahlil etish malakasini hosil qilish
asosiy maqsad qilib olingan. Lingvokulturologik yondashuvdagi tadqiqotlar o'zbek
tilshunosligida oxirgi o'n yilliklarda paydo bo'la boshladi. Masalan, Z.I. Solievaning
nomzodlik ishi o'zbek va fransuz tillaridagi sentensiya, ya'ni axloqiy-ta'limiy
xarakterdagi matnlarning milliy-madaniy xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan.
Professor N. Mahmudovning "Tilning mukammal tadqiqi yo'llarini izlab"nomli
maqolasida lingvokulturologiya, umuman, antropotsentrik paradigmaning mohiyati va
bu boradagi muammolar chuqur va asosli yoritib berildi. Ushbu maqolani oʻzbek
tilshunosligida lingvokulturologiya haqida jiddiy mulohazalar bayon qilingan birinchi
asar sifatida baholash mumkin. Maqolada lingvokulturologik nazariyaning shakllanishi
uchun xizmat qilgan omillar, undagi asosiy tushunchalar, ularning talqinidagi har
xilliklar haqida juda asosli mulohazalar aytilgan.
Xususan, N. Mahmudov ayni sohaning eng asosiy tushunchalaridan bo'lgan til va
madaniyat haqida quyidagilarni yozadi: "Til va madaniyat deganda, koʻpincha, "nutq
madaniyati" deyiladigan muammo assotsiativ holda esga tushsa-da, bu ikki o'rindagi
madaniyatning aynanligini aslo ko'rsatmaydi. Til va madaniyat deganda, odatda,
(to'g'risi ham shu) til orqali u yoki bu madaniyatni yoki aksincha, madaniyatni
o'rganish orqali u yoki bu tilni tushuntirish nazarda tutiladi, aniqroq aytadigan bo'lsak,
lingvokulturologiyadagi madaniyatning ma'nosi "aqliy-ma'naviy yoki xo'jalik
faoliyatida erishilgan daraja, saviya (nutq madaniyati)" emas, balki "kishilik
jamiyatining ishlab chiqarish,ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy hayotida qo'lga kiritgan
yutuqlari majmui(madaniyat tarixi, o'zbek madaniyati)" demakdir. SHunday bo'lgach,
madaniyatining o'rganish muammolari boshqa, lingvokulturologiyaning o'rganish
obyekti tamoman boshqadir".
Lingvokulturologiyaning bevosita main bilan bog'liq jihatiga kelsak, shuni aytish
lozimki, matn ham boshqa til birliklari qatorida bu sohaning tadqiq obyektlaridan biri
hisoblanadi. "Lingvokulturologiya" kitobining muallifi V.A. Maslova bu borada
quyidagicha yozadi: "Matn tilshunoslik va madaniyatning haqiqiy kesishuv nuqtasidir.
Zero, matn til hodisasi va uning oliy sathi hisoblanadi, shu bilan birga u madaniyat
mavjudligining amal qilish shakli hamdir. Lingvokulturologiya esa tilni madaniy
qadriyatlar tajassumi sifatida tadqiq etadi". Kuzatishlar natijasida aytish mumkinki,
o'xshatish va uning qisqargan shakli boʻlgan metaforalar matnda muhim kognitiv-
semantik ahamiyat kasb etishi bilan birga, til sohiblarining milliy-madaniy tafakkuriga
xos jihatlarni ham namoyon etuvchi hodisa bo'la oladi.
O'xshatish va metaforalar asosiga qurilgan matnlar muayyan tilda qoliplashgan
matn shakllari (ularni matnning pretsedent shakllari tarzida ham baholash mumkin)ni
aniqlash imkoniyatini ham beradi. Z.I. Salieva ingliz va o'zbek tillaridagi
sentensiyalarning milliy madaniy xususiyatlarini qiyosiy aspektda o'rganar ekan,
muayyan xalq tarixida katta o'rin tutgan mutafakkirlarning asarlarida bayon qilingan
didaktik g'oyalarning yozuvchi tomonidan oʻzgargan shaklda ifodalanishini
|
|
|