O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 23- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 76,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix30.12.2023
ölçüsü76,05 Kb.
#164806
1   2   3   4   5   6   7
Yulanova Nargiza Davlatovna (1)

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
23-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.10.2023
mavjud bushboshdoqlikka barham berish, terminlarni muvofiqlashtirish va 
unifikatsiya qilish va h.k. 
Antropotsentrik tilshunoslikning etakchi yo'nalishlaridan biri hisoblangan 
lingvokulturologiya (lot. lingua til lot. cultura ishlov berish yun. logos - taʼlimot) 
tilshunoslik, madaniyatshunoslik,etnografiya, psixolingvistika sohalari hamkorligida 
yuzaga kelgan, tilning madaniyat, etnos, milliy mentallik bilan o'zaro aloqasi va 
ta'sirini antropotsentrik paradigma tamoyillari asosida o'rganuvchi sohadir. 
Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, mazkur soha XX asrning so'nggichoragida 
shakllandi, "lingvokulturologiya" termini esa V.N.Teliya rahbarligidagi Moskva 
frazeologik maktabi tomonidan olib borilgan tadqiqotlar bilan bog'liq ravishda paydo 
boʻldi. 
Lingvokulturologiyaning yuzaga kelishi haqida gapirilganda, deyarli barcha 
tadqiqotchilar bu nazariyaning ildizi V.fon Gumboldtga boribtaqalishini ta'kidlaydilar. 
Tilshunoslikda bu sohaning shakllanishida A.A. Potebnya, L. Vaysgerber, X. Glins, 
X.Xols, U.D.Uitni, D.U.Pauell, F.Boas, E.Sepir, B.L.Uorf, G.Brutyan, A.Vejbitskaya, 
D.Xaymz kabi tilshunoslarning qarashlari muhim rol o'ynaganligi ta'kidlanadi. 
Lingvokulturologiya sohasida jiddiy tadqiqotlar yaratgan V.A. Maslova ushbu sohaning 
rivojini 3 bosqichga ajratadi: 
1) fan shakllanishiga turtki bo'lgan dastlabki tadqiqotlarning yaratilishi (V.fon 
Gumboldt, E.Benvenist, L.Vaysgerber, A.A.Potebnya, E.Sepir kabi tilshunoslarning 
ishlari); 
2) lingvokulturologiyaning alohida soha sifatida ajratilishi; 
3) lingvokulturologiyaning rivojlanish bosqichi.Binobarin, lingvokulturologiyada 
madaniy axborot tashuvchi til birliklari tadqiq etiladi. Bunday til birliklari 
lingvomadaniy birliklar termini ostida birlashadi. Ramz, mifologema, etalon, metafora, 
paremiologik birliklar, lakunalar, stereotiplar, pretsedent birliklar, nutqiy etiketlar eng 
asosiy lingvomadaniy birliklar hisoblanadi. Olamning lisoniy manzarasini
madaniyatning asosiy konseptlari majmui boʻlgan konseptosferani, lisoniy ongni 
tavsiflash hamda til egalarining milliy- madaniy mentalligini aks ettiruvchi lisoniy 
birliklarni, insoniyatning qadimiy tasavvurlariga muvofiq keluvchi madaniy 
arxetiplarni, nutqiy muloqotga xos bo'lgan milliy ijtimoiy-madaniy stereotiplarni 
aniqlash lingvokulturologiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi. 
Lingvokulturologik tadqiqotlarda, asosan, quyidagi masalalar tadqiq etilganini 
ko'rish mumkin: 
1) muayyan nutqiy janrning lingvokulturologik xususiyatlari. Bunda ko'pincha 
miflar, xalq og'zaki ijodiga xos janrlar tili tahlil etilgan; 
2) muayyan uslubda yozilgan asarda lingvokulturologik konsept ifodalanishi 
tadqiqi. Bunda, asosan, badiiy-nasriy asarlar tili tahlil etilgan; 
3) qiyosiy aspektdagi ishlar. Bunda, asosan, rus tilidagi lingvomadaniy birliklar 
ingliz, nemis, fransuz tillari bilan qiyoslangan



Yüklə 76,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə