«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi



Yüklə 2,93 Mb.
səhifə6/252
tarix23.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#157682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   252
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

Ikkinchi davr - 1918 yildan 1928 yilgacha davom etgan. Sobiq sho’ro hokimiyatining dastlabki yillari hisoblangan bu davr mobaynida neft sanoati milliylashtirilib, yangi texnika bilan jihozlandi, neft konlarini ishlatish rejalashtirildi. Neft sanoati milliylashtirilgandan keyingi dastlabki yillarda (1920) razvedka quduqlarining soni keskin ko’paydi. Boku rayoni va uning atrofidagi erlarda bir qator yuqori mahsuldor neft konlari ochildi. Bu davrga kelib neft oladigan burg’ quduqlarining chuqurligi ham va neft miqdori ham ancha oshdi. Binobarin, mamlakatning o’sha davrdagi neftga bo’lgan talabi etarlicha qondirilgan.
1921 yilda mashhur olim I.M. Gubkin Ozarbayjon respublikasida, Grozniy shahrida va boshqa rayonlarda ishlayotgan neft konlarining suvlanishini oldini olish bo’yicha salmoqli ishlar qildi.
1925 yilda Moskvada neft uyumlarini muhofaza qilish va oqilona ishlatish masalalariga bag’ishlangan Butunittifoq kengashi chaqirilganligi o’sha davr uchun muhim voqea bo’ldi. Kengashda mashhur olim M.V. Abramovich dunyoda birinchi bo’lib, neftli qatlam-rezervuarga alohida ishlatish ob’ekti deb qarab, uni oqilona sistema bo’yicha ishlatish g’oyasini olg’a surdi. 1927 yilda olim neft uyumlarini ishlatish sistemasining birinchi tasnifini e’lon qildi.
Ko’p o’tmay 1928 yilda olim M.F.Mirchinkning Bibi-Eybat qatlami V svitasining sanoat miqyosida istiqbolliligiga bag’ishlangan ilmiy asari chop etildi. M.F. Mirchink bu asarida neft konining neft beraolish imkoniyatlarini ko’rib chiqib, uning inson faoliyatiga tobi bo’lgan tabiiy - geologik omillarga bog’liqligini va ularning quduq mahsuldorligiga ta’sir etishini aniqlash va o’rganish lozimligini tavsiya etgan. 1933 yilda M.F. Mirchink tomonidan neft va gaz konlari geologiyasi bo’yicha birinchi darslik nashr etildi. Shuningdek, M.F. Mirchink neft sanoati geologiya xizmatining tashkilotchisi va rahbari bo’lib qoladi.
1927-1928 yillar mobaynida yirik olim V.V.Bilibinning burg’ quduqlari mahsuldorligining istiqbolini aniqlashga bag’ishlangan bir qator ilmiy ishlari chop etildi. V.V.Bilibin birinchilardan bo’lib, neft zaxirasini hisoblash va neft uyumlarini ishlatishni tahlil qilishda matematik-statistik metodni qo’lladi. Bu o’z navbatida avval yaratilgan «egri chiziq metodi»ning ishonchli ekanligini isbotladi.
Yig’ilgan ma’lumotlarni V.V. Bilibin o’zining 1930 yilda nashr etilgan «Neftning yer ostidagi zaxiralarini hisoblashda matematik-statistika metodikalarini ishlatilishi» degan ilmiy asarida umumlashtirdi. Bu kon-geologiyasi masalalarini hal etishda
matematika metodlarini ishlatishga bag’ishlangan birinchi ilmiy asar bo’ldi.
1924 yildan boshlab mamlakatning asosiy neftli rayonlarida neft zaxirasini hisoblash bo’yicha muntazam ishlar boshlandi. Bular o’z navbatida neft zaxiralari tasnifini zudlik bilan ishlab chiqishni talab etdi. 1917 yil oktyabridagi davlat to’ntarishiga qadar va sobiq Ittifoqning birinchi yillarida neftchi geologlar Londondagi metallshunoslik va tog’ ishlari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 1870 yilda ishlab chiqilgan tasnifdan foydalanishar edi. Qattiq va suyuq foydali qazilmalar uchun taklif etilgan mazkur tasnif o’sha davr uchun yagona hisoblangan. Ammo bu tasnifda neft zaxiralarini yer qa’rida o’ziga xos yotish sharoitlari va ularni qazib chiqarib olish usullariga e’tibor berilmagan edi.
Bunday holatni inobatga olib, 1925 yilda sobiq Ittifoq davlat geologiya qo’mitasida neft zaxiralarini samarali tasnifini tuzishga rahbarlik qilish uchun mahsus komissiya tashkil etildi. 1927 yilda komissiyaning dastlabki ish natijalari muhokamadan o’tdi. Shunda M.V. Abramovich birinchilardan bo’lib, neft zaxiralarini razvedka qilinganligi darajasiga qarab toifalarga ajratish fikrini o’rtaga tashladi.
1927-1928 yillar mobaynida bir qator korxonalarda neft zaxiralarini hisoblash bo’yicha maxsus guruhlar tashkil etildi. Bularning bajargan ishlarini Davlat Geologiya qo’mitasining neft sektori muvofiqlashtirib turdi. Shu vaqtdan boshlab I.M. Gubkin va S.I. Mironov rahbarligida neft zaxirasini hisoblash metodikasi bo’yicha har yili ilmiy anjuman chaqirib turildi. Tashkil qilingan guruhlar va anjumanlarda muhokama qilishda zaxiralar tasnifining bo’lishi zarurligi bois 1928 yilda Davlat Geologiya qo’mitasi vaqtincha tasnifni tasdiqladi. Tasnifga zaxiralarning razvedka qilinganlik darajasi asos qilib olingan edi. 1921 yilda neft yer osti gidrogeologiyasi olimlari maktabining asoschisi, akademik L.S. Lebenzon nazariy va tajribaviy ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
Shu davrda sobiq Ittifoqda va xorijiy davlatlarda tanilgan grozniylik geologlar N.T. Lindrop, V.M. Nikolaev, M.G. Tanasevich, M.M. Charigin, S.N. Shangin va boshqalar tomonidan neft va gaz konlari geologiyasiga bag’ishlangan bir qator ilmiy asarlar chop etildi. Bu asarlar neftni hosil bo’lish sharoitlari va uni yer qa’ridan chiqarib olish to’g’risidagi ilmiy qarashlarning tez rivojlanishiga turtki berdi. Bu asarlarda qayd etilishiga ko’ra, neftni quduq tubiga siljitadigan asosiy kuch chekka suvlarning bosim kuchidir, gaz esa qatlam sharoitida neftda erigan bo’lib, faol bo’lmaydi. Shunday qilib, ikkinchi davrda neft uyumlarining xalq xo’jaligidagi ahamiyatini baholash metodikasini yaratish sohasidagi ishlar olg’a surilgan, shuningdek, neft va gaz uyumlarining rejimi to’g’risida zamonaviy qarashlarni bunyodga kelishiga asos solingan edi.

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə