«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi



Yüklə 2,93 Mb.
səhifə3/252
tarix23.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#157682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   252
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

KIRISH


Oliy o’quv yurtlarida malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy tadqiqot ishlari sifatini tubdan yaxshilash, nazariyani amaliyotga tadbiq qilish ayni paytda respublikamiz ilm ahli oldida turgan muhim vazifalardan biridir.
Istiqlolni mashaqqatli, ammo ro’shnoli kunlarga eltuvchi yo’lidan borayotgan O’zbekiston Respublikasini kelajakda buyuk davlatga aylantiradigan qudratli iqtisodiyotini barpo etish uchun dastavval mutaxassislarni tayyorlashni tubdan yaxshilash talab qilinadi. Buning uchun esa, jumladan talabalarning maruzalarni o’z ona tillarida tinglashlaridan tashqari, ularni davlat tilida tayyorlangan darslik va o’quv qo’llanmalari bilan zarur darajada taminlash ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga ishlab chiqarish, ilmiy tekshirish va boshqa korxonalarda ish faoliyatini boshlagan yosh mutaxassislarga soha bo’yicha davlat tilida tayyorlangan adabiyotlar ham juda zarurdir. Ammo bunday darslik va o’quv qo’llanmalarini yaratish oson emasligi ko’pchilikka ayon, albatta.
Hozirgi vaqtgacha «Neft va gaz konlari geologiyasi» bo’yicha davlat tilida etarli darajada darslik va o’quv qo’llanmalari yaratilmagan. SHuning uchun ham talabalar bu fanni o’zlashtirishda ancha qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Binobarin «Neft va gaz konlari geologiyasi» fani bo’yicha darsliklarni yaratish zarurligi kun sayin tobora sezilmoqda va uni yaratish davr taqozosiga aylangan.
Mazkur darslik yuqorida qayd etilganlarni inobatga olgan holda va O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.IX.1996 y. 311-qaroriga va
«O’zbekneftgaz» Milliy Xolding kompaniyasi tasarrufidagi «O’zgeoburg’ineftgaz» DGK buyurtmasiga binoan tuzildi.
Hozirgi davrda yangi neft-gaz konlarini qidirib topish, ishlab turgan konlardan esa imkoni boricha ko’proq neft va gazni chiqarib olishni taminlash, neftni chiqarib olish texnologiyasining ilg’or usullarini yaratish va er qarida qolib ketayotgan ko’p miqdordagi neftni er yuzasiga chiqarib olish metodlarini takomillashtirish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Oxirgi o’n yilliklar mobaynida O’zbekiston Respublikasida neft va gaz sanoati tezkor suratda rivojlanib bormoqda. Bunday sharoitda xalq xo’jaligining eng muhim sohasi hisoblangan neft va gaz sanoati iqtisodiyotning rivojlanishida asosiy o’rinni egallamoqda. Demak, neft va gaz sohasida faoliyat ko’rsatayotgan geologlarning kelajakdagi asosiy vazifasi xalq xo’jaligi va sanoatni energetik resurslar bilan to’lato’kis taminlash, ulardan oqilona foydalanish, mavjud neft-gaz, gazkondensat manbalarining zaxiralarini hisoblash va ularni to’g’ri baholashdan iboratdir.
O’z-o’zidan malumki, neft va gaz sanoatini rivojlantirish muammosi yuqori malakali, etuk geologlarni tayyorlashni taqozo etadi. CHunki, neft va gaz sanoatini rivojlantirish borasidagi muhim masalalarni faqat yuqori malakali, ko’p yillik ishlab chiqarish tajribasiga ega bo’lgan, neft va gaz geologiyasi ilmini puxta egallagan mutaxassislargina bajara oladilar.
Konda bajariladigan geologik tadqiqotlarni muvaffaqiyatli bajaradigan mutaxassis neftni uyumdan chiqarib olish, uyumlarni tadqiqot qilishdan olingan turli malumotlarni ishonchli tahlil qilaoladigan va ularni umumlashtirish metodlarini egallagan, shuningdek, quduqlar qaziladigan joyni to’g’ri tanlash va joylashtirishni biladigan, neft va gaz quduqlarini samarali ishlatishni, uyumlarning ishlab chiqarish texnologiyasini, neft qatlami fizikasini, turli konchilik masalalarini mustaqil hal etadigan, matematik apparatlardan to’g’ri foydalanishni biladigan, neft va gaz zaxirasini aniq hisoblash metodlarini mukammal egallagan ongli va bilimdon inson bo’lishi kerak.
Mustaqillikka erishilgandan so’ng O’zbekistonda neft sanoatini rivojlantirish davr taqozosiga aylandi. 1992 y. dekabrda neft-gaz sanoati va u bilan bog’liq barcha korxona, tashkilot, muassasalar birlashtirilib, «O’zbekneftgaz» Milliy Korparasiyasi tashkil etildi. «O’zbekneftgaz» Milliy Korparasiyasi 1998 y.da «O’zbekneftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasiga aylantirildi.
1995 y.da O’zbekistonda 7 mln. t neft olindi va Respublika neft mustaqilliligiga erishdi. Ayni paytda O’zbekiston Respublikasi er maydonining 60 % neft va gazga istiqbolli hisoblanadi. Respublika hududida Oltiariq (1906), Farg’ona (1958) va Buxoro (1997) neftni qayta ishlash zavodlari qurilgan bo’lib, ular neft mahsulotlarini sifatli, dunyo standartlariga mos holda ishlab chiqarmoqda.
O’zbekistonda neft va gaz geologiyasining hamda neft-gaz konlari geologiyasining rivojlanishiga olimlardan X.M. Abdullaev, G’.S. Abdullaev, A.A. Abidov, P.K. Azimov, O.M. Akromxo’jaev, A.G. Boboev, T.L. Bobojonov, A.M. Gabrilyan, SH.D. Davlatov, O.A. Zokirov, F.X. Zunnunov, A.G’. Ibrohimov, Z.S. Ibrohimov, A.V. Kirshin, S.N. Nazarov, O’.J. Mamajonov, S.A. Orudjev, A.K. Rahimov, SH.G’. Saidxo’jaev, B.B. Sitdiqov, X.T. To’laganov, A.R. Xo’jaev, M.E. Egamberdiev, E.K. Ermatov va boshqalar munosib hissalarini qo’shdilar.
Darslik «Neft va gaz konlari geologiyasi» fani dasturi bo’yicha yozildi. Unga neft va gaz konlari geologiyasi fanining rivojlanish tarixi, uglevodorod uyumlarini o’rganishda sistemali-strukturaviy yondoshish (tahlil), neft va gaz konlari geologiyasi fanining maqsadi, vazifalari, metodlari va vositalari, neft va gaz konlari zaxiralarini hisoblash metodlari, gaz va gazkondensat konlaridagi gaz va kondensat zaxiralarini hisoblash metodlari, istiqbolli zaxiralarni hisoblash metodlari, neft va gazning bashorat va potensial zaxiralarini hisoblash va baholash metodlari boblari qo’shimcha tarzda kiritildi.
Mazkur darslikni tuzishda M.A. Jdanovning «Neft va gaz konlari geologiyasi va neft-gaz zaxiralarini hisoblash» (1981), M.M. Ivanova va boshqalarning «Neft va gaz konlari geologiyasi» (2000), I.P.Cholovskiy, M.M. Ivanova va boshqalarning «Neft va gaz konlari geologiyasi va uglevodorodlar uyumlarining gidrogeologiyasi» (2002), A.M.Agajanov, M.I.Maksimovlarning «Neft va gaz konlari geologiyasi» (1958) va boshqalarning shu sohaga tegishli darslik va o’quv qo’llanmalaridan, shuningdek, keyingi yillarda xorijda va Respublikamizda nashr etilgan adabiyotlar, monografiyalar hamda ilmiy maqolalardan foydalanildi.
Ushbu adabiyotlardan olingan mavzularning asosiy mazmunini saqlab qolgan holda, ayrim qisqartirishlar bilan erkin tarjima qilindi va qo’shimchalar kiritildi. Neft-gaz uyumlari va qatlamlarini tadqiqot qilish metodlarini yozishda keltirilgan qiymatlarning bazilari respublikamiz konlari misolida berildi.
Darslik geologiya-mineralogiya fanlari doktorlari, professor Y. Ergashev va G’.S. Abdullaev, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodlari, dosentlar M.X. Qodirov va I.H. Holismatovlar tomonidan tayyorlandi.
Shuningdek, ushbu darslikni tuzishda va nashrga tayyorlashda g.-m.f.d. A.G’. Ibrohimov va M. Shermatovlar, g.-m.f.n. G’. Fatxullaev, kichik ilmiy xodimlar A.I. Egamnazarov, U.O. Kamolxo’jaev, injener M.X. Maksumova, laborant D.Z. Karimovalar ham ishtirok etdilar. Mualliflar ularga o’z minnatdorchiliklarini bildiradilar.
Darslikning matni ilmiy jihatdan g.-m.f.d.lari professor Y.Ergashev va G’.S. Abdullaevlar tomonidan, grammatik va stilistik jihatdan A.I.Egamnazarov tomonidan tahrir qilindi.
Darslik oliy o’quv yurtlarining tegishli fakultetlari va kollejlarining neft va gaz sohasidagi talabalari, aspirantlari hamda o’qituvchilariga, neft va gaz konlarini o’zlashtirish korxonalari muxandislariga va ilmiy tadqiqot institutlarining xodimlariga mo’ljallangan.
Qo’lingizdagi neft va gaz geologiyasi fani bo’yicha tuzilgan darslik davlat tilida birinchi marta tayyorlanganligi sababli unda bazi kamchiliklar va xatolar uchrashi mumkin. Darslikni tuzuvchilar kitobxonlarning mazkur qo’llanma xususidagi fikr va mulohazalarini mamnuniyat bilan qabul qiladilar. Manzilimiz: 100059, Toshkent sh., Usmon Nosir ko’chasi, 114.

1-bob.

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə