«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi



Yüklə 2,93 Mb.
səhifə8/252
tarix23.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#157682
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   252
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

Beshinchi davr - 1949 yildan shu kungacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. Bu davrning o’ziga xos xususiyati shundaki, neft va gaz sanoati jadal sur’atlar bilan rivojlandi. Mamlakatning turli joylarida neft va gaz konlarining ko’plab topilishi, ularni ishlatishga topshirilishi, neft va gaz konlari geologiyasining ilmiy xazinasiga axborotlar va dalillarning ko’plab to’planishi neft sanoatining rivojlanishiga olib keldi. Boshqirdiston, Tatariston, Belorusiya, Turkmaniston, O’zbekiston, G’arbiy Sibir va b. joylarda neft va gaz qazib olish sanoati jadal rivojlandi. Ozarbayjon,
Shimoliy Kavkaz, Qozog’iston, Ukrainadagi rayonlarda yangi-yangi konlar ochildi.
Neft konlari geologiyasi fani rivojining beshinchi davri, neft uyumlarini ishlatish texnologiyasining ikkinchi bosqichiga to’g’ri keladi. Birinchi bosqichning so’ngida neft qazib olish texnologiyasidagi sifat o’zgarishlariga  qatlamdagi bosimni birday ushlab turish uchun uyumga sun’iy ravishda suv bostirishga sharoit yaratildi.
Neft konlarini ishlatishga avvalgi texnologiyadan tubdan farqlanadigan yangi texnologiyani joriy etilishi neft konlari geologiyasi oldiga yangidan-yangi vazifalarni qo’yib, bu fanning mohiyatini ko’p jihatdan o’zgartirdi. Avval neft konlari geologiyasi fani asosan qatlam energiyasidan samarali foydalanish masalalari bilan shug’ullanar edi. Endilikda esa mahsuldor qatlamlardagi neftni suv haydab chiqarishda sodir bo’ladigan jarayonlarni o’rganish eng muhim ishga aylandi.
A.P. Krilov, F.A. Trebin, I.A. Charn, V.N. Shelkachevlar qatlam bosimini barqaror ushlab turish metodini asoslab berdilar. M.T. Abasov, YU.P. Borisov, G.G. Vaxitov, Yu.V. Jeltov, Yu.P. Jeltov, V.D. Lisenko, E.D. Buxarskiy, M.M. Sattorov, M.L. Surguchev, V.S. Orlov, B.F. Sazanov va boshqalar mazkur metodni yanada takomillashtirdilar.
Neft konlarini ishlatish borasida to’plangan tajribalar, shuningdek, turli mazmun va maqsaddagi tadqiqotlar, shuni ko’rsatdiki, zaxiralarni hisoblashda, razvedka ishlarida, neft va gaz konlarini ishlatishda sodir bo’ladigan qiyinchiliklar neft va gazli qatlamlar tuzilishining bir xil emasligidan chiqar ekan. Qatlamlar tuzilishining bir xil emasliligini ularni ishlatish sistemasining samaradorligiga ta’sir etishini aniqlash borasida etakchi-konchi geologlar K.B. Ashirov, B.M. Listengarten, V.S.
Melik-Pashaev, M.I. Maksimov va boshqalar keng ko’lamda ilmiy-tadqiqot ishlarini bajardilar. Ayniqsa bu masalada 1962-1965 yillar mobaynida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Qatlamlarning tuzilishi, ularning geologik-fizik xususiyatlarini o’rganish, ayniqsa neft va gaz uyumlarining ishlatishni nazorat qilib turish uchun quduqlarda bajariladigan geofizik tadqiqotlar keng miqyosda qo’llanila boshlandi. Geofizik metodlarni jalb etilishi kon-geologiyasi muammolarni samarali hal etishda muhim rol o’ynadi. Quduqlarda bajarilgan geofizik tadqiqotlar natijalarini geologik nuqtai nazardan talqin qilish bo’yicha S.A. Sultonov, B.M. Orlinskiy, N.M. Svixnushin va boshqalar muhim ishlarni bajardilar.
1953-1955 yillardan boshlab neft konlari geologiyasi vazifalarini hal etishga ehtimollik-statistik metodlar va EHMni qo’llash bo’yicha keng tadqiqotlar boshlandi. Matematik metodlardan quduqlarning unumdorligini baholash uchun foydalanilgan va zaxiralarni hisoblashning statistik metodiga asoslangan avvalgi davrlarda bajarilgan ishlardan farqli o’laroq, bu davrda ushbu metodlar geologik tadqiqotlarning muhim quroliga aylanib, geologik ob’ektlarni tasvirlash, turli ishlarini optimallashtirish va avtomatlashtirishning yuksak samarali vositasi bo’lib qoldi. Bu ishlarda V.I. Aronov, V.A. Badyanov, E.A. Xitarov, YU.V. SHurubor va boshqa olimlarning xissasi maqtovga sazovordir. Qayd etilgan masalalarning ko’pchiligini hal etishda M.M. Ivanova, L.F. Dementev, I.P. Cholovskiylar o’zlarining salmoqli xissalarini qo’shdilar.
50- yillardan boshlab mamlakatda gaz sanoati jadal taraqqiy etaboshladi. Dastlabki bosqichda gaz sanoati neft sanoati bilan birga, neft bilan birga chiqadigan  yo’lakay gazni olish yo’nalishida rivojlandi. Gaz konlarini ishlatish metodlari ko’proq tajribaga tayangan holda rivojlandi. Unga neft konlarini ishlatish metodlari to’g’ridan-to’g’ri, mexanik ravishda qo’llanila boshlandi.
Izlov-razvedka ishlari katta hajmda bajarildi va gaz, sanoatini jadal rivojlanishiga omil bo’ldi. O’rta Osiyoda, Orenburg oblastida, Stavropol o’lkasida ko’plab yangi gaz konlari aniqlandi. 1956 yilda gaz sanoati xalq ho’jaligining mustaqil tarmog’iga aylandi. Ayni paytda gaz quduqlarining zarur bo’lgan sonini aniqlaydigan, qatlam va quduq tubi va og’zi bosimlarini vaqt davomida o’zgarib borishini hisoblaydigan gazodinamika metodlari yaratildi. Shuningdek, chegara va ostki suvlarning harakatlanishini taqribiy hisoblash metodlari ham ishlab chiqildi, shu bilan birga kongeologiyasi natijalarini inobatga olgan holda bir qator masalalar ijobiy hal etildi.
Gaz qazib olishning ham nazariy, ham amaliy jihatdan rivojlanishi gaz konlarida geologik tadqiqotlarning yuksalishiga olib keldi.
Gaz konlari geologiyasi, gaz uyumlari tuzilishini o’rganish metodlari, zaxiralarni hisoblash gaz va gazkondensat konlarini ishlatish loyihalarini dalillar asosida tuzishda K.A. Belov, Z.G. Borisenko, V.I. Ermakov, I.P. Jabrev, M.A. Jdanov, A.L. Kozlov, V.P. Savchenko, M.N. Soson, Yu.V. Ternova, N.V. Charskiy va boshqalar katta hissa qo’shdilar. Buning natijasida ilgari neft konlari geologiyasi deb atalib kelingan fan neft va gaz konlari geologiyasi nomini oldi.
O’zbekistonda neft va gaz sanoatining va shu soha fani hisoblangan «Neft va gaz konlari geologiyasi»ning rivojlanishida o’zbek olimlaridan A.A. Abidov, P.K. Azimov, O.M. Akromxo’jaev, N.R. Alimuhamedov, A.G. Boboev, T.L. Bobojonov, Zokirov O.A., A.G’. Ibrohimov, Z.S. Ibrohimov, O’.J. Mamajonov, S.N. Nazarov,
U.S.Nazarov, M.R. Nurmatov, Raximov A.K., A.X. Rashidov, Sh.G. Saidho’jaev,
T.I. Ubayxo’jaev, I.X. Xolismatov, A.R. Xo’jaev, E.K. Ermatov, A.X. Hojimatov, va boshqa olim va muhandislar salmoqli hissa qo’shdilar.

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə