«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi



Yüklə 2,93 Mb.
səhifə7/252
tarix23.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#157682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   252
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

Uchinchi davr  1929-1938 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davr sobiq Ittifoqda mamlakat xalq xo’jaligini rivojlantirishning dastlabki ikki besh yillik rejasining bajarilish vaqtiga to’g’ri keladi. Amaliyot ishlarini yil sayin o’sib borayotgan talabi bundan oldingi davrda boshlangan neft konlarini ishlatish, geologik ma’lumotlar olishni takommillash tirish, uni tahlil qilish va umumiylashtirish borasida tadqiqotlarni yanada mufassal bajarishga olib keldi.
1930 yilning aprel-may oylarida Yangi Grozniy neft konini ishlatish masalasi bo’yicha I.M.Gubkinning rahbarligida komissiya tuzildi. Mazkur Komissiya yuqori bosimli qatlam suvlarining faollik roli va neftda erigan gaz zaxirasining nihoyatda kamligi haqida, shuningdek, bosimli suv sistemalari balansi to’g’risidagi tassavvurni shakllantirdi va boshqa masalalarga yakun yasadi.
1937 yilda M.A. Jdanov va S.V. Shumilin birinchi bo’lib, sobiq Ittifoqdagi konlardagi gaz zaxirasini hisoblab chiqdilar. Zaxirani hisoblashda hajmiy metoddan tashqari, bosim pasayishiga qarab gaz zaxirasini hisoblash metodidan ham unumli foydalandilar.
1929 yildan boshlab sobiq Ittifoqda burg’ quduqlari kesimini o’rganishda jinslarning zohiriy qarshiligini aniqlashning geofizik metodi (KS) tatbiq qilina boshlandi. Dastlabki olingan natijalar mazkur metodning yuqori samaradorligini ko’rsatdi. 1931 yilda sobiq Ittifoq geofiziklari «Shlyumberje» firmasi xodimlari bilan hamkorlikda quduqlar elektrometriyasining ikkinchi metodi ― tog’ jinsining o’zo’zidan qutublanish potentsiallari (PS) metodini ishlab chiqdilar. Bu ikkala metod quduqlarni geologik kesimini uzluksiz tuzishga imkoniyat yaratdi. Shu vaqtdan boshlab quduq geofizikasi jadal rivojlanib, quduqlar kesimlarini geologik jihatdan tadqiq qilishda ularning roli o’sib bordi.
Qayd etilgan metodlar bilan bir qatorda gidrodinamik metodlar ham o’z rivojini topdi. 1935 yilda Grozniydagi ilmiy-tadqiqot Institutida boshlangan ilmiy ishlar natijasida suvbosimli qatlam sistemalarining gidravlik nazariyasi ishlab chiqildi.
Shuningdek, quduqning ta’sir etish radiusining doimiy cheklanganligi to’g’risidagi nazariya tanqid qilindi, ta’minlanish oblasti chegarasining turlicha shakli va o’lchamlarida burg’ qudug’ining ishlatish xususiyatlari borasida tadqiqotlar bajarildi.
1936-1939 yillar mobaynida professor V.N. Shelkachev quduqlarning bir-biriga ta’sir etish doirasi to’g’risidagi yangi nazariyani yaratdi. Natijada quduqlarni joylashtirishning turli sistemalariga xos xususiyatlar o’rganib chiqildi.
30 yillarning boshlarida V.P.Yakovlev salmoqli ishlar qilib, quduqlar va qatlamlarni o’rganish metodikasi bo’yicha bir qator qimmatli takliflar kiritdi. Olim birinchilardan bo’lib, qatlam sharoitlarida suyuqlikning siqiluvchanligini inobatga olish zarurligini ko’rsatdi.
30- yillarning o’rtalarida Ozarbayjon ilmiy-tadqiqot Instituti xodimlari V.M. Barishev va A.N. Snarskiy, Grozniy ilmiy-tadqiqot Instituti xodimlari A.A. Boltishev va T.L. Mixaylovlar «tajriba o’tkaziladigan qatlamlar» modelini tuzdilar. Bunday model yordamida gazlangan va gazsiz suyuqliklarning siljishi, quduqlarning ta’sir doirasining mahsuldorlik koeffisientining o’zgarishi va sh.k. o’rganib chiqiladi.
Shu yillarda mashhur neftchilar  gidrodinamika mutahassislari A.M. Pirverdyan, G.B. Pixachev, B.B. Lapuk va boshqalar neft va gaz konlari geologiyasiga taalluqli ilmiy-tadqiqotlarini boshladilar.
Gidrodinamika nazariyasining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, neft qazib olish sanoatining texnik jihatdan jihozlanishi, quduqlar va qatlamlarni tadqiq qilish metodlarining takomillashishi neft koni geologlariga nisbatan bo’lgan talabni oshirishni taqazo etdi. Endilikda neft koni geologi quduqlarning joylarini aniqlashda va burg’ilashni geologik nazorat qilish, o’zlashtirish va ularni ishlatish masalalarida faol qatnashishi zarur bo’ldi. Shuningdek, neft uyumlarini oqilona ishlatish, zaxiralarni hisoblash, quduqlarda geofizik va gidrodinamik tadqiqotlar o’tkazishdan olingan natijalarni izohlashda va neft qazib olish rejasini tuzish ishlariga ham neft koni geologlari faol jalb qilina boshladilar. Bularning hammasi neft koni geologining ixtisoslashgan geolog-neftchidan ancha farq qiladigan yangi ixtisosining shakllanishini belgiladi.
Neft konlari geologlari oldiga qo’yilgan bu talablar 1932 yilda Ozarbayjon industrial institutida «Neft konlari geologiyasi» kursini o’quv dasturiga kiritilishiga sabab bo’ldi.
Keyinroq, 1933 yilda mualliflar guruhi tomonidan yozilib, M.V. Nikitinning tahrir qilgan «Neft konlari geologiyasi» darsligi nashrdan chiqdi. Bunda neft koni geologiyasining asosiy yo’nalishlari va vazifalari sistemaga solindi.
1933 yilning avgust oyida Bokuda o’tkazilgan neftchilarning birinchi s’ezdida I.M. Gubkin ma’ruza qilib, neft quduqlari orasidagi masofani ilmiy asosda aniqlanishiga qarab ishlatish quduqlarining sonini loyihalashtirish metodini yaratish muhim vazifa ekanligini birinchi bo’lib ko’rsatib o’tdi.
Shu yig’inda yirik geolog olimlar so’zga chiqib, neft koni geologiyasining turli masalalarini hal etishga sistemali yondoshish elementlarini qayd etdilar. Konni ishlatish ishlariga har tomonlama yondoshish (quduqni mexanik agregat sifatida ishlatmaslik) ta’kidlandi, qatlamda sodir bo’ladigan jarayonlarning quduqni ishlashiga ta’sir etishi to’g’risida fikrlar bayon etildi.
Bu davrda neft va gaz zaxiralarini tasnif qilish borasida olib borilayotgan ishlar yanada takomillashtirildi. 1932 yilda I.M. Gubkin neft zaxirasini hisoblash tasnifini tavsiya qildi. Bu tasnif mamlakatda 1942 yilga qadar amalda bo’ldi. 1935 yilda foydali qazilma boyliklar zaxiralari bo’yicha Markaziy komissiya tuzildi (ZBMK) va u keyinroq Butunittifoq komissiyasiga aylantirildi. Ayni paytda mazkur komissiya foydali qazilma boyliklar bo’yicha Davlat Zaxira Komissiyasi deb ataladi (DZK). 1938 yilda Boku shahrida o’tkazilgan neftchilarning Butunittifoq anjumani neft koni geologiyasining rivojida muhim rol o’ynadi. Bu anjumanda qabul qilingan qarorlar neft konlarida bajarilayotgan ishlarni tubdan qayta tashkil etish vazifasini kun tartibiga qo’yadi. Binobarin, neftchi geologlar zimmasiga ma’suliyatli vazifalar yuklandi. Anjumanda quduqlar qaziladigan joylarni nuqtalarni aniq belgilash, ularni burg’ilash hamda ishga solish, shuningdek, burg’ilash jarayonini nazorat qilish vazifalari geologlarning asosiy burchi ekanligi ta’kidlandi. Bulardan tashqari, neft koni geologi zimmasiga quduqlar mahsuldorligini ta’minlaydigan ishlatish tartibini yo’lga qo’yish, qatlamlar rejimini aniqlash va quduqlarning bir-biriga o’zaro ta’siri masalalarini to’g’ri talqin qilish ham yuklandi. Shuningdek, neftni chiqarib olishdagi bosimni quduqni ishlashi mobaynida o’zgarib borishini kuzatish kon geologining muhim vazifasiga aylandi.
Bu davrlarda muhim voqealar sodir bo’ldi. Jumladan, oliy o’quv yurtlari dasturiga neft koni geologiyasi kursi kiritildi, shu kurs bo’yicha birinchi darslik tayyorlandi, neft konlarida geologiya xizmati tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi. To’rtinchi davr  1939 yildan 1948 yilgacha davrni o’z ichiga oladi. Bu davr 2- jahon urushi yillariga to’g’ri keladi. YUzaga kelgan qiyinchiliklarga qaramay ilmfanning rivojlanishi davom etdi. Neft geologiyasi fanining neft uyumlarini ishlatish nazariyasiga yer osti gidravlikasi asoslari joriy qilindi.
1940 yilda akademik L.S. Leybenzon va professor B.B. Lapuk neft va gaz konlarini oqilona ishlatishini loyihalashning ilmiy asoslangan metodikasini yaratish bo’yicha ilmiy guruh tuzdilar. Neft konlarini ishlatish, ayniqsa burg’ quduqlarini neftli uyumlarga joylashtirish bu davrning asosiy masalasiga aylanadi va yangi, Tatariston-Boshqirdistonda ikkinchi Boku deb ataladigan neftli provintsiyadagi neft konlarini ishlatishga topshirilganligi munosabati bilan dolzarb muammoga aylandi. Sababi, mazkur konlarning geologik tuzilish sharoitlari Kavkazdagi neft konlarinikidan tubdan farqlanar edi.
Shu yillarda mamlakatda taniqli konchi geolog olim, 1936 yildan e’tiboran Moskva neft institutida neft va gaz konlarini razvedka qilish va ishlatish kafedrasiga mudirlik qilgan professor M.A. Jdanov yer qa’rining neft va gazliligini baholash, mamlakatning janubidagi neft konlarining tektonik tuzilishini mukammal o’rganish, konni ishlatishda uyumning suvlanishi sharoiti va neft zaxiralarini baholash bo’yicha jadal ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Keyinroq, 1959 yilda M.A. Jdanovning rahbarligida I.M. Gubkin nomidagi Moskva neft instituti qoshida mamlakatda birinchi «Neft koni geologiyasi» kafedrasi tashkil etildi. 1974 yilga qadar bu kafedraga M.A. Jdanovning o’zi mudirlik qildi.
Mazkur davr boshlarida bajarilgan ilmiy-tadqiqotlar neft konlarini ishlatish muammosini hal qilishda, shuningdek, geologiya tushunchalarining muhim rolini bilishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shu bilan birga, neft qazib chiqariladigan quduqlarning eng zaruriy sonini faqat gidrodinamik metod orqali aniqlash mumkin emasligi ma’lum bo’ldi. Buning uchun kon-geologiyasini iqtisodiy ma’lumotlardan foydalangan holda har tomonlama asoslashga zaruriyat tug’ildi.
Qayd etilgan masalalar 2- jahon urushi yillarida dolzarb bo’lib qoldi. 1940 yilda
Moskva neft instituti qoshida uch soha mutaxassislari  geologlar, gidrodinamiklar va iqtisodchilardan tashkil topgan tadqiqotchilar guruhi asosida Loyiha-tadqiqot byurosi tashkil etildi.
2- jahon urushi yillarida neft va gaz konlarini ishlatishni loyihalashtirish masalalari muhim muammoga aylanadi. N.P. Krilov rahbarlik qilgan byuro ko’pgina neft va gaz konlarini ishlatishni loyihalash bo’yicha katta ishlarni bajardi. Byuro xodimlari, shuningdek, ishlatishni loyihalashda nazariy masalalarini ham hal qildilar. Natijada 1948 yilda bajarilgan ishlarning natijalariga bag’ishlangan ikkita ilmiy asarlar chop etilib, bu asarlarda konlarni ishlatishni loyihalash, neft va gaz konlarini ishlatishni tahlil qilish va tartibga solish sistemasining ilmiy asoslari bayon etildi. Mualliflar A.P. Krilov, M.M. Glagovskiy, M.F. Mirchink, N.M. Nikolaevskiy, I.A. Charniyning
«Neft konlarini ishlatishning ilmiy asoslari» va B.B. Lapukning «Tabiiy gaz konlarini ishlatishning nazariy asoslari» ilmiy asarlari Davlat mukofotiga sazovor bo’ldi.
Mazkur asarlarda neft va gaz konlarini ishlatishda oqilona sistemani tanlash uchun quyidagilar inobatga olinishining zarurligi ko’rsatib berildi:

  • konning geologik xususiyatlarini hisobga olish;

  • konning aniqlangan geologik xususiyatlariga mos ravishda gidrodinamik hisobkitoblar asosida quduqlarni oqilona joylashtirish variantlarini belgilash, konning sarfini (debitini), qatlam va quduq tubidagi bosimni hisoblab chiqish;

  • quduqlarni turli hilda joylashtirishning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini aniqlash va shu asosda ulardan eng maqbul variantini tanlash.

Neft va gaz konlarining ishlatishni loyihalashda geologik ma’lumotlarning muhim roli aniqlanganligi konchilik-geologik tadqiqotlar amaliyotida, birinchi navbatda neft zaxiralarini baholashda yaxshi samara berdi. Zaxiralarini hisoblash, aslida razvedka ishlarining natijalarini umumlashtirishdan iborat.
1942 yilda neft va gaz zaxiralarining yangi tasnifi qabul qilindi. Unga neft uyumlarini o’rganilganlik darajasi asos qilib olindi. Neft zaxirasining baholash amaliyotida birinchi bo’lib, zaxiralar tasnifini ishlatish bo’yicha yo’l-yo’riq ishlab chiqildi.
1946 yilda M.F. Mirchink «Neft koni geologiyasi» ilmiy asarini chop ettirdi. Mazkur asarda «Neft koni geologiyasi» birinchi darsligi nashr etilgan vaqtdan buyon neftni qazib chiqarish ishlarida sobiq Ittifoq va xorijdagi (ko’proq AQSh) mutaxassislarning qo’lga kiritgan yutuqlari o’z aksini topdi.
Shu davrda neft koni geologiyasi fanining rivojlanishiga akademik M.M. Gubkin katta hissa qo’shdi. Uning ilmiy asarlari mana ko’p yillardirki o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q. Neft konlarini tabiiy rejimda ishlashini kuzatish va boshqarish metodlarini rivojlantirishda M.V. Abramovich, M.A. Jdanov, M.I. Maksimovich, V.S. Melik-Pashaev, A.N. Mustafinov, S.T. Ovnatanov, A.A. Trofimuk va boshqalarning ilmiy ishlari muhim ahamiyatga ega bo’ldi.

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə