«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi



Yüklə 8,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/275
tarix30.08.2023
ölçüsü8,36 Mb.
#121151
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   275
«O’zbåknåftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi

 
 
4.4.5. Akustik karotaj va uni izohlash 
Akustik karotaj (AK) tovush va ultratovush diapozonli chastotada elastik 
to’lqinlarni tavsiflab, tog’ jinslarining akustik xususiyatlarini o’rganishga asoslangan. 
AK burg’ quduq asbobi, to’lqin tarqatgich va to’lqin qabul qilgichdan iborat. Akustik 
karotajda quduq devori bo’ylab elastik to’lqinlarni tarqalish tezligi va ularning 
so’nishi o’lchanadi. Bu miqdorlar elastik tebranishlar impulsining quduq va uning 
atrofidagi jinslarda tarqalishini tavsiflaydi. 


41 
Elastik tebranishlarni qo’zg’atuvchi manba maxsus konstruktsiyali tebratgichdan 
iborat bo’lib, u to’lqinni qabul qilib oluvchi priyomnikdan tovushni yutuvchi material 
bilan ajratilgan. 
Akustik karotaj suyuqlik bilan to’ldirilgan quduqda o’tkaziladi, suyuqlik 
tebratgich generator va priyomnikning atrof muhit bilan bog’lanishi uchun zarur. Gaz 
bilan to’ldirilgan gil eritmasida generator va priyomnikning tabiiy muhit bilan 
akustik kontakti buziladi. 
Quduqni sementlash sifatini nazorat qilishda elastik to’lqinlarning so’nishi 
o’lchanadi. O’lchash mustahkamlash quvurlarining sementlangan qismi ichida 
amalga oshiriladi. 
1980 yildan boshlab bu metoddan kon geofizikasida keng foydalanilmoqda. 
Uning yordamida kesimdagi jinslarning litologik tarkibi, kollektorlarning g’ovakligi 
hamda elastik to’lqinlarning harakatlanish vaqti yig’indisi aniqlanadi, kesimni 
taqqoslash masalalari hal etiladi va quduqni sementlash sifati nazorat qilinadi. 
Elastik to’lqinlarning harakatlanish vaqti va tezligi diagrammasi quduq 
chuqurligi bo’ylab o’lchanayotgan miqdorlar o’zgarishini ifodalovchi egri chiziqdan 
iborat. Bir-biridan turli masofada joylashgan quduqlar kesimida har xil litologik 
tarkibga ega bo’lgan jins qatlamlarining qavatlanish xarakteri akustik karotaj 
diagrammalarida takrorlanadi, shu sababli bunday quduq kesimini o’zaro taqqoslash 
oson kechadi. 
Tog’ jinslarida elastik tebranishlarning tarqalish tezligi turlicha bo’lganligi 
sababli akustik karotaj ma’lumotlaridan jinslarning litologik tarkibini aniqlashda 
foydalaniladi. Masalan, gidrokimyoviy cho’kindilarda o’tkazilgan akustik karotajda 
angidritlar toshtuzdan yaxshi farqlanadi. Tezlikni ko’rsatuvchi diagrammalarda gil 
jinslar, bo’sh tuzilgan qumlar va boshqalar past ko’rsatkichga ega bo’ladi. 
Tog’ jinslarining g’ovakliligini aniqlash akustik karotajning asosiy vazifalaridan 
biri hisoblanadi. G’ovaklilikni baholashning boshqa metodlariga qaraganda akustik 
karotaj bir qator afzalliklarga ega, chunonchi uning ko’rsatkichlari bilan g’ovaklilik 
koeffisienti oralig’ida chiziqli bog’lanish mavjud bo’lib, g’ovaklilikning o’zgarish 
intervallarida u saqlanib qoladi. Bundan tashqari akustik karotaj ko’rsatkichlariga 
quduqdagi suyuqlik xarakteri kam ta’sir etadi. 

Yüklə 8,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   275




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə