«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi


Ishlatish quvurlari birikmasining germetikligi



Yüklə 8,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/275
tarix30.08.2023
ölçüsü8,36 Mb.
#121151
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   275
«O’zbåknåftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi

Ishlatish quvurlari birikmasining germetikligi.
 
Quduq burg’ilab bo’lingandan 
so’ng uni mustahkamlash quvurlari birikmasini tushirishga tayyorlash, quvurlarni 
tushirish va ularni sementlash jarayonlari alohida ishlab chiqilgan reja asosida 
amalga oshiriladi. Bunday reja har bir quduq uchun alohida tuziladi va burg’ilash 
korxonasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 
Mustahkamlash quvurlari birikmasini tushirishdan avval quduqda kon-geofizik 
tadqiqotlari majmuasi hamda kavernometriya o’lchovlari bajariladi. Kavernometriya 
ma’lumotlariga ko’ra quduq diametri kichraygan intervallar aniqlansa, quduq 
qazilgan doloto yordamida unga ishlov beriladi, ya’ni diametri kengaytiriladi. 
Mahsuldor gorizontlar aniqlangan intervallarga ham yangi doloto bilan kichik 
tezlikda ishlov beriladi. 
Mustahkamlash quvurlari birikmasini tushirishga tayyorlashda quvurlarning 
quduq devoriga tegishi va urilishini bartaraf etadigan markazlashtiruvchi 
fonarlarning aniq o’rnatilishini tekshirish kerak. Ko’p qatlamli neft va gaz konlarida 
quvurlarni quduq markaziga o’rnatish quvur orti bo’shlig’ida yaxlit sement halqani 
vujudga keltirish imkonini beradi. 


49 
Quvurlar birikmasini sementlashdan oldin bajarilgan hisob-kitob ishlarining 
aniqligini, keltirilgan sement miqdorini, uning sifatini laboratoriya tahlillari asosida 
tekshirish hamda sement qorishmani bosib turishga mo’ljallangan suv miqdorining 
etarliligi aniqlanadi. Sementlash jarayonida uning bajarilish tezligi kuzatiladi va suv-
sement omili o’lchab turiladi. Sementlash jarayoni uzluksiz davom etishi va tezligi 
sekin bo’lishi kerak. Sementlash tugagandan so’ng konchi-geolog sement qotishini 
kutishi va mustahkamlash quvurlari birikmasini sinashda qatnashishi lozim, bunday 
jarayonlar tegishli dalolatnomalar bilan hujjatlashtiriladi. 

Yüklə 8,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   275




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə