Oʻzssr, Oʻzbekiston ssr iqtisodiy va madaniy hayot


Iqtisodiy va madaniy hayot



Yüklə 432,08 Kb.
səhifə2/5
tarix11.12.2023
ölçüsü432,08 Kb.
#148282
1   2   3   4   5
1945 yildan 1990 yilgacha bo’lgan O’zbekiston SSR

Iqtisodiy va madaniy hayot
Oʻzbekistonning sovet davri tarixi katta qurilishlar va sanoat korxonalari bunyod etilgan davrdir. Aynan shu davrda oʻzbek xalqi oʻzining fidokorona mehnati bilan OʻzSSRni Sharqdagi zamonaviy qishloq xoʻjaligi respublikasiga aylantirgan edi. Bu yillarda iqtisodiyot, madaniyat, maorif, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot sohalarida muayyan yutuqlarga erishildi.
OʻzSSRda 1925—26 yillarda ishchilar soni 11 900 kishiga yetdi. Ularning 29,3% ni mahalliy millat vakillari tashkil etardi. Oʻzbekiston uchun sanoat qurilishini keng surʼatda jadallashtirish nihoyatda zarur edi. Chunki respublika iqtisodiyoti 20-asrning 30-yillari boʻsagʻasida ham agrar xususiyatga egaligicha qolayotgan edi. 1927 yilda OʻzSSR xalq xoʻjaligida qishloq xoʻjaligining salmogʻi 62,6%, sanoatning salmogʻi 37,4% ni tashkil etar, shu bilan birga sanoat ishlab chiqarishning 90% qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlashga asoslangan edi.
Birinchi 5 yillik davri
1928—1932 yillarda OʻzSSRda 289 ta sanoat korxonasi qurildi va ishga tushirildi, 79 ta korxona qayta tashkil etildi, sanoatning asosiy ishlab chiqarish fondlari 3 baravar, neft qazib chiqarish 2,5 baravar, metall ishlash sanoati mahsulotlari 6 baravar, sement ishlab chiqarish 3,5 baravar ortdi. Yengil sanoatning koʻnchilik, poyabzal ishlab chiqarish, tikuvchilik sohalari va ipgazlama ishlab chiqarish surʼatlari oshib bordi. Ana shu davrda Oʻrta Osiyoda paxtachilik mashinasozlik sanoatining toʻngʻichi boʻlgan "Tashselmash" va Quvasoy sement zavodi barpo etildi. "Chirchiqqurilish", Toshkent toʻqimachilik kombinati qurilishi tez surʼatlar bilan olib borildi. Fargʻona toʻqimachilik fabrikasi va yogʻ zavodi, Buxoro, Toshkent va boshqalar shaharlarda tikuvchilik fabrikalari ishga tushirildi.
Sanoatning rivojlantirilishi energetika bazasini kengaytirishni talab qilardi. Fargʻona, Samarqand, Toshkent va boshqalar joylarda yangi elektr stansiyalari qurildi. 1932 yilda barcha elektr stansiyalarining soni 1928 yildagi 16 ta oʻrniga 49 taga yetdi, elektr quvvati ishlab chiqarish esa 7 baravardan ziyodroq oshdi.

Yüklə 432,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə