Oʻzssr, Oʻzbekiston ssr iqtisodiy va madaniy hayot


Oʻzbekiston XX asrning 20-40-yillarida



Yüklə 432,08 Kb.
səhifə4/5
tarix11.12.2023
ölçüsü432,08 Kb.
#148282
1   2   3   4   5
1945 yildan 1990 yilgacha bo’lgan O’zbekiston SSR

Oʻzbekiston XX asrning 20-40-yillarida
1924-yil Oʻzbekiston, respublikalardan biri sifatida tashkil etildi va Sovet Ittifoqi tarkibiga kirdi. 1927-yilning martida Oʻzbekistonning birinchi Konstitusiyasi qabul qilindi[2]. Oʻsha yillari xalq xoʻjaligi va madaniyatni rivolantirishda respublikalararo boshqaruv organlari — Oʻrta Osiyo iqtisodiy kengashi (jaligi zavodi, Quvasoy sement va ohak zavodi, Toshtekstilkombinati va boshqalar bor edi. 1925—1929 yillarda yer-suv islohoti amalga oshirildi.
Oʻzbekiston urush yillarida (1941-1945 yy.)
1941-yilning 22-iyunida Olmoniya hujum qilmaslik toʻgʻrisidagi bitimni buzib Sovet Ittifoqiga qoʻqisdan hamla uyushtirdi. 23-iyun kuniyoq Toshkentda koʻp ming kishilik yigʻin boʻlib oʻtdi. Unda toshkentliklar front va front ortida butun say-harakatlarini fashizm ustidan gʻalaba uchun safarbar etishga tayyorliklarini bildirishdi. Urushning dastlabki oylarida Oʻzbekistonda frontga joʻnab ketish toʻgʻrisida 32 mingdan ziyod ariza berildi. 1941-yilning noyabriga qadar respublikada 14 ta milliy brigada - 9 ta alohida oʻqchi va 5 ta otliq brigada tuzildi.
1941-1943 yillari Oʻzbekiston urush tufayli Rossiya, Ukraina va Belarussiyadan evakuasiya qilingan 1 million qochoq, shu jumladan 200 ming bolani oʻz bagʻriga qabul qildi. Harbiy holat front ortini mustahkamlash uchun favqulotda choralarni koʻrishni taqozo etardi. Oʻzbekistonga yuzdan ziyod sanoat korxonalari koʻchirildi. Ular orasida Leningrad toʻqimachilik mashinalari zavodi, Rostselmash, "Krasniy Aksay", Stalingrad kimyoviy kombinati, Moskvaning "Podemnik", "Elektrostanok" zavodlari va boshqa koʻplab korxonalar bor edi. 1941 -yilning oxiriga kelib evakuasiya qilingan 50 dan ziyod korxona ishga tushirildi. 1942-yilning oʻrtalarida Oʻzbekistonga koʻchirilgan barcha korxonalar toʻla quvvatda ishlab, front uchun harbiy texnika, oʻq-dorilar, kiyim-aslahalar yetkazib bera boshladi. Respublikaning sanoat korxonalari ham urushning dastlabki kunlaridanoq mudofaa mahsulotlarini ishlab chiqarishga qayta moslashtirildi[2]. Jumladan, Tashselmash, parovoz remont zavodi, Chirchiq elektroximiya va boshqalar. 1941-1945 urush yillari davomida Oʻzbekistonda 280 ta ishlab chiqarish korxonalari ishga tushurildi. 1943-yilda umumiy ishlab chiqarish hajmi respublikaning xalq xoʻjaligida 75% ga oshdi. 1942-yilning kuzidan Bekobod metallurgiya zavodining qurilishi boshlandi.
Aniqlangan volfram, molibden va mis zahiralari asosida rangli metallurgiya sohasi tarkib topdi. Olmaliq mis konidan foydalanish yoʻlga qoʻyildi. 1940-1943 yillar davomida yangi elektrostansiyalar qurilishining hisobiga elektroenergiya ishlab chiqarish 3,5 barobarga ortdi. 1941-yildan 1945-yilgacha sanoatning hamma sohalarini qamrab oluvchi 280 ta yangi korxona qurib bitkazildi. Oʻzbekiston mamlakatning asosiy harbiy salohiyat markazidan biriga aylandi. Frontga 2000 dan ortiq samolyot, 1,7 ming dan ortiq aviamotor, shuncha minamet, 22 million minalar, 560 ming snaryad, millionga yaqin granatalar, 330 ming parashyutlar, 5 ta bronopoezd, 100 ming km dan oshiq turli xildagi simlar joʻnatildi. Oʻzbekistonga 22 ta ilmiy-tekshirish instituti, 16 ta oliy taʼlim muassasalari, 2 ta kutubxona koʻchirib keltirildi. 1943-yilning 4-noyabrida Fanlar Akademiyasining tantanali ochilishi boʻlib o‘ʻtdi. Uning birinchi Prezidenti etib T.N. Qoriniyozov saylandi. 1944-yilning oxiriga kelib Fanlar Akademiyasining tarkibiga 22 ta ilmiy muassasalar kirar edi. 1943-yilga kelib esa respublikada 41 ta oliy taʼlim muassasalari faoliyat yuritgan, jumladan 12 tasi koʻchirib keltirilgan, 52 tasi o‘rta mahsus bilim yurtlari edi. Urush yillari davrida ularda 20 mingdan ortiq mutahassislar tayyorlandi. Milliondan ortiq oʻzbekistonliklar urush frontlarida jang qilganlar. Oʻnlab milliy jangovor tuzilmalar tashkil etildi. Ulardan koʻpchiligi ordenlar bilan taqdirlandi va gvardiya unvonlarini oldilar. Oʻzbekistonlik jangchilar Brest qalʼasining (D.Abdullaev, T.Aliev, Isaev, Yusupov, Laenkov F, U. Ataev va boshqalar.) Kiyev, Smolensk, Odessa, Sevastopol va boshqa shaharlarning himoyasida mardonovor qatnashganlar.

Yüklə 432,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə