Samarqand davlat universiteti a. Babayarov, F. Meliyev, I. Ximmatov, M. Subharwall



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/60
tarix11.12.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#145602
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60
Linux OTda adminstratorlik O\'quv qo\'llanma

8.2.Internet sozlamalarini o‘rnatish 
Linuxning ko‗pgina xususiyatlari Internetga juda bog‗liq. Albatta, 
umuman internetga ulanmasdan tizimdan xavfsiz foydalanish mumkin
ammo ba'zi ammallarni bajarishga biroz ko‗proq vaqt sarflash kerak 
bo‗ladi. Misol uchun, Linux Ubuntuda juda xam foydali bo‗lgan 
Ilovalar markazi
(Центр приложений) interfeysi orqali talab bo‗yicha 
yangi ilovalarni avtomatik ravishda yuklab oladi, o‗rnatadi va sozlaydi. 
Shunchaki ro‗yxatdan kerakli dasturni tanlash va Ubuntuni o‗zi o‗rnatish 
bo‗yicha barcha ishlarni bajaradi. Bu amallarni hammasini qo‗lda qilish 
mumkin, ammo buning uchun ko‗proq operatsiyalarni bajarish kerak 
bo‗ladi. 
Bundan tashqari, Linux Ubuntu avtomatik ravishda Internetdan 
dasturiy 
ta'minotning 
yangi 
versiyalari, 
mavjud 
xavfsizlik 
yangilanishlari, drayverlar, til paketlari va boshqalar haqida ma'lumot 
oladi. Shuning uchun, Ubuntu o‗rnatilgan kompyuterni tez-tez 
Internetga ulanishi juda ma'qul. Garchi bu kerak bo‗lmasa ham, chunki 


111 
yangilanishlarsiz ham hech narsani buzish dargumon va yangi 
dasturlarni qo‗lda o‗rnatishin mumkin. 
Ubuntu LiveCD-ning o‗lchami juda kichik va shuning uchun uni 
dunyoning barcha tillari uchun lokalizatsiya qilish mumkin emas. 
Shuning uchun, o‗rnatish vaqtida tizim avtomatik ravishda kerakli til 
paketlarini yuklab olishga harakat qiladi, agar to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
LiveCD-da Internetga ulanishni sozlangan bo‗lsa. 
Va nihoyat, ba'zi mamlakatlar qonunchiligining o‗ta noadekvatligi 
tufayli, o‗rnatilgandan so‗ng, Ubuntu turli zarur dasturlarga ega 
bo‗lmasligi mumkin, masalan, ba'zi mashhur media formatlari uchun 
kodeklar. Shuning uchun, Internetga ulanish tizimni o‗rnatishdan so‗ng 
darhol foydalanuvchiga foydali bo‗ladi. 
Ubuntu'ni o‗rnatishda tarmoqga ulanish mutlaqo shart emas.Agar 
o‗rnatuvchiga internetga ulanish ruxsat berilmasa, tizimni faqat ingliz 
tilida o‗rnatish imkoniyatigina bo‗ladi.
Ubuntuda Internetga ulanishni boshqarish uchun NetworkManager 
dasturidan foydalaniladi. U deyarli barcha mavjud ulanish turlarini 
qo‗llab-quvvatlaydi.
NetworkManager - bu vazifalar panelidagi kichik belgi 
ko‗rinishida bo‗lib (ekranning yuqori o‗ng tomoni), ulanmagan holatida 
quyidagicha ko‗rinadi: 
Simli tarmoqqa ulangandan so‗ng: 
Agar sichqonchaning chap tugmachasi tarmoq belgisi ustida 
bosilsa, mavjud va xozirda faol ulanishlar ro‗yxatini ko‗rsatuvchi menyu 
paydo bo‗ladi(49-rasm): 


112 
49-rasm.Ulanishlar ro‗yxati oynasi 
Odatda, bu menyuda faqat topilgan simsiz tarmoqlar va hozirda 
faol ulanishlar ko‗rsatiladi (agar kamida bittasi o‗rnatilgan bo‗lsa). Har 
qanday ulanishni ro‗yxatdan shunchaki tanlab faollashtirish yoki 
aksincha, uning nomi ostidagi ―Disconnect‖ tugmasini bosish orqali har 
qanday faol ulanishni to‗xtatish mumkin. 
Ulanishlarni sozlash uchun NetworkManager belgisida sichqoncha 
o‗ng tugmasi bosiladi va "Edit Connections…" bo‗limi tanlanadi(50-
rasm): 
50-rasm. NetworkManager menyusi 
Ekranda ulanishlarni tahrirlash oynasi ochiladi: 
51-rasm.Ulanishlarni tahrirlash oynasi 


113 
Bu oynani 
shuningdek quyidagi ingliz tilidagi tizimda
System→Preferences→Network Connections

yoki 
rus 
tilidagi
Система→Параметры→Сетевые соединения
bo‗limlari orqali xam 
ochib olsa bo‗ladi. 

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə