123
Yuqorida tavsiflangan aniq holatda ko‗rsatilgandek, tizim
/dev/ sda2
da
joylashgan va uning hajmi jami 2.1G hajmni egallaydi. Zaxira nusxasi o‗sha
diskning ildiz qismiga ko‗chiriladi, bu erda 67 Gb bo‗sh joy mavjud.
3. Linux tizimining zaxira nusxasini yaratishda davom etish uchun
cd /
ildiz bo‗limiga o‗tiladi.
4. Tizimni nusxalashga o‗tsa bo‗ladi. Lekin bunda
/proc /lost+found /sys
bo‗limlarini, shuningdek,
/backup.tgz
arxivining o‗zini istisno qilish
muhim,
bundan tashqari
/web
bo‗limini ham olib tashlash kerak. Agar
mukammal tozza zaxira nusxasi kerak bo‗lsa, avval /
var/log
jurnallarini
tozalash va
apt-get clean
buyrug‗i bilan tanlangan arxivlar keshini o‗chirish
kerak.
tar cvpzf backup.tgz –exclude=/proc –exclude=/lost+found –
exclude=/backup.tgz –exclude=/mnt –exclude=/sys –exclude=/web /
5. Natijani,
ls -alh
buyrug‗I bilan ko‗rish mumkin.
-rw-r–r– 1 root root 607M Янв 7 13:28 backup.tgz
Olingan fayllar arxivi alohida joyda xavfsiz saqlanishi kerak va uni agar
kerak bo‗lsa, darhol tizim ma'lumotlarini tiklash uchun ishlatish mumkin.
Tizimni back-up fayldan tiklash uchun quyidagi amallar ketma-ketligi
bajariladi.
Tizimni zaxira qilingan holatidagi qurilmalarda va zaxiraga olingan
vaqtdagi virtual bo‗limlar bilan tiklash eng oson usuldir. Bunga bir necha
daqiqa vaqt ketadi. Bunda quyidagi amallar bajariladi:
1. Tizimni Live CD diskidan yuklab, hech
qanday boshqa dasturlarni
o‗rnatmay, arxivni ildiz(/) katalogiga nusxalanadi.
2. Tanlangan arxivni to‗g‗ridan-to‗g‗ri ushbu papkaga ochish kerak.
tar xvpfz backup.tgz /
3.
Keyingi qadamda
yuklanadigan joyni ko‗rsatish kerak bo‗ladi. Agar
bo‗linish
gparted
yordamida amalga oshirilgan bo‗lsa, qo‗shimcha 10
Mbga yaqin joy ajratiladi, aks
holda
grub2
yuklagichi ishlamasligi ham
mumkin.
Agar tizim ma'lumotlari yangi qurilmaga o‗tkazilishi kerak bo‗lsa, unda
hamma narsa biroz murakkablashadi va quyidagi
qadamlardan tashkil
topadi:
1. Arxivni ochish.
124
2. Live CD-dan foydalanib, disklarni taqsimlanishini va ularning hajmini
tekshirish.
3. Serverni qayta yuklab
grub2
ga kiriladi va mavjud disklarning
nomlari tahrirlanadi.
4. "Fayl tizimi mavjud bo‗lmagan"(«отсутствии файловой системы»)
holda ishga tushirish imkoniyati bo‗lmasa, kerakli modullarni
hisobga
olgan holda
initrd
yuklovchini qayta tiklash kerak bo‗ladi. Buning uchun
ma'lumotlar bazasiga
/proc
va
/sys
bo‗limlari ulanadi va
chroot /mnt
dan
avtorizatsiyadan o‗tish mumkin bo‗ladi.
Bu Linux tizimida zaxira nusxasini yaratish va uni tiklashning eng oson
usuli bo‗lib, hech qanday yordamchi dasturlarini o‗rnatish ehtiyoji
bo‗lmaydi.
O‗rnatilgan paketlar ro‗yxatini zaxiralash
Linux Ubuntuni zaxira
qilishning eng oson usuli, bu usulni
LinuxMintda Mintbackup dasturi qo‗llaydi, o‗rnatilgan to‗plamlarning
zaxira ro‗yxatini olishdir. Bu usulda butun konfiguratsiya nusxasi
saqlanmaydi, ammo o‗rnatilgan barcha dasturlarni tezda tiklash mumkin
bo‗ladi.
Agar eng ko‗p konfiguratsiya fayllari foydalanuvchining uy
papkasida bo‗lishini va qayta o‗rnatishda ular o‗chirilmasligini hisobga
olinsa, boshqa fayllarni zaxiralash katta muammo bo‗lmaydi va bunday
zaxira bir necha kilobayt hajmga ega bo‗ladi. Zaxira nusxasini olish uchun
quyidagi buyruq kiritiladi:
dpkg --get-selections | grep -v deinstall > backup.txt
64-rasm.Zaxira faylini yaratish buyrug‗i natijasi
125
Natijada olingan faylni xavfsiz joyga nusxalash kerak bo‗ladi. Tizim
buzilsa, uni o‗rnatish vositalaridan qayta o‗rnatib shunchaki quyidagi
buyruqlarni bajarish kerak:
sudo dpkg --set-selections < backup.txt
sudo apt -y update
sudo apt-get dselect-upgrade
Paketlar ro‗yxati bo‗lgan faylni joriy papkaga joylashtirish kerak.
Shunday qilib, oldindan o‗rnatilgan dasturlarni minimal vaqt sarflash
bilan tezda qaytarish va bir vaqtning o‗zida toza tizimni tiklash mumkin
bo‗ladi.
Bo‗limning obrazini yaratish
DD Linux buyrug‗i bo‗limning to‗liq
nusxasini yoki hatto butun
diskning to‗liq nusxasini yaratishga imkon beradi. Bu eng ishonchli,
ammo bir vaqtning o‗zida katta miqdordagi xotirani iste'mol qilishni
talab qiladigan Ubuntu tizimini tiklash usulidir. Dastur shunchaki butun
diskni bir baytlab obrazga zaxiralaydi. Buyruq quyidagi ko‗rinishga ega:
sudo dd if=/dev/sda4 of=~/backup.img
65-rasm.Zaxira faylini yaratish buyrug‗i
Bu erda
/dev/sda4
bu ildiz(/) bo‗lim. Buyruqning ijro etilishi
tugagandan so‗ng, tizimni ushbu nusxadan tiklash uchun parametrlar
joyilarini o‗zgartirish va nusxa ko‗chirish fayliga yo‗lni ko‗rsatish
kifoya qiladi:
126
sudo dd if=~/backup.img of=/dev/sda4
Jarayon diskning tezligiga qarab uzoq vaqt talab qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: