Samarqand davlat universiteti a. Babayarov, F. Meliyev, I. Ximmatov, M. Subharwall



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/60
tarix11.12.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#145602
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   60
Linux OTda adminstratorlik O\'quv qo\'llanma

 
 


130 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.
Linuxda zaxira nusxasi nima uchun yaratiladi ? 
2.
Linuxda tizim ma'lumotlarining nusxasini olish tartibi qanday ? 
3.
Zaxira faylidan ma‘lumotlar qanday qayta tiklanadi ? 
4.
Linuxda qanday xavfsizlik choralariga rioya qilish kerak? 
Mustaqil ishlash uchun masalalar: 
1.
Linuxda tizim zaxira nusxasini yarating. 
2.
Zaxira nusxasidan fayllarni tiklang. 
3.
O‘rnatilgan tizimda hech bo‘lmaganda 3 ta xavfsizlik choralari 
o‘rnatilganini tekshiring.
 
 


131 
XULOSA 
Xulosa o‗rnida shuni alohida ta‘kidlash lozimki. Dastur 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi ―Oliy
ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta 
tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ gi PF-4732-son Farmonidagi ustuvor 
yo‗nalishlar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‗lib, u 
zamonaviy talablar asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish 
jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda oliy ta'lim 
muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini muntazam 
oshirib borishni maqsad qiladi. Dastur mazmuni oliy ta'limning 
normativ-huquqiy asoslari vaqonunchilik normalari, ilg‗or ta'lim 
texnologiyalari va pedagogik mahorat, ta'lim jarayonlarida axborot-
kommunikasiya texnologiyalarini qo‗llash, amaliy xorijiy til, tizimli 
tahlil va qaror qabul qilish asoslari, maxsus fanlar negizida ilmiy va 
amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va o‗quv jarayonini tashkil 
etishning zamonaviy uslublari bo‗yicha so‗nggi yutuqlar, pedagogning 
kasbiy kompetentligi va kreativligi, global Internet tarmog‗i, multimedia 
tizimlari va masofadan o‗qitish usullarini o‗zlashtirish bo‗yicha yangi 
bilim, ko‗nikma va malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
Ushbu dasturda Linux operatsion tizimni o‗rnatish, qo‗shimcha dasturiy 
vositalarni o‗rnatish va sozlash, shell komanda qobigida ishlash 
ko‗nikmalarini hosil qilish, tarmoq utilalarini bilan ishlash, fayl 
serverlarini sozlash kabi ishlar bayon qilingan. 
Ta`lim maqsadi davr bilan, ijtimоiy xayot bilan uzviy bоg‗liq.
―Linux оperatsiоn tizimi fani mazmuniga Linux оperatsiоn tizimi 
muammоlari va masalalari, Linux оperatsiоn tizimi ishоnchliligini 
ko‗rsatkichlari va ularni оshirish yo‗llari, Linux оperatsiоn tizimni 
o‗rnatish va uni sоzlash, tizimda dashturlash usullari, tarmоqda ishlash 
va xavfsizlikni ta`minlash, tizimnig masоfadan bоshqarishni tashkil 
qilish tamоyillari kiritilgan.
Ushbu qo‗llanmada - Linux ot muhitida baziviy komandalar va 
utilitalardan foydalanish, tarmoq sozlanmalarini amalga oshirish, 
muhitda dastur va scriptlar yozish ko‗nikmalarini, tarmoq sozlanmalarini 


132 
sozlash, foydalanuvchilar o‗rtasida ma'lumot almashish ko‗nikmalarini 
hosil qlish ko‗nikmalari shakllantirilgan; ―Linux kursini o‗zlashtirish
jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida: linux 
operatsion tizimi va ularning distributivlari; linux muhitida ishlaydigan 
dasturlari; linux operatsion tizimi fayl tizimi strukturasi; linux muhitida 
dasturlash tamoyillari haqida bilimlariga ega bo‗lishi; Linux operatsion 
tizimni o‗rnatish; linux bazaviy komandalari va utilitalaridan 
foydalanish; tarmoq sozlanmalarini sozlash va foydalanuvchilar 
o‗rtasida ma'lumot almashishni ta'minlash ko‗nikma va malakalarini 
egallashi uchun xizmat qiladi. 

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə