Samarqand davlat universiteti a. Babayarov, F. Meliyev, I. Ximmatov, M. Subharwall



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/60
tarix11.12.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#145602
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   60
Linux OTda adminstratorlik O\'quv qo\'llanma

10.2. Linuxda xavfsizlik choralari 
Ko‗pchilik foydalanuvchilar Linuxni Windowsdan ko‗ra yaxshiroq 
himoyalangan deb hisoblab ishlatadimi? Ha, xavfsizlik haqiqatan ham 
Linux yadrosidan ish stoligacha o‗rnatilgan xususiyatidir, ammo u hali 
ham sizning shaxsiy papkangizda bo‗lishni xohlaydiganlar uchun 
imkoniyat qoldiradi. 
Linux Windows uchun yozilgan viruslar va cherv dasturlarga qarshi 
immunitetga ega bo‗lishi mumkin, ammo ular muammoning faqat kichik 
bir qismidir. Xakerlar foydalanuvchi uchun qadrli boʻlgan bit va 
baytlarga – foto hujjatlardan tortib, kredit karta maʼlumotlarigacha 
tajovuz qilish uchun bir nechta ―qoʻllarini koʻtarib‖ olishlari mumkin. 
Garchi tashqi dunyoga kirish imkoni bo‗lmagan kompyuterlar ham 
bir xil darajada zaifliklarga ega bo‗lsada, Internetga ulangan 
kompyuterlar hujumga eng ko‗p uchraydi. 
Internetga ulangan kompyuterni hujumlarga daxlsiz qilish deyarli 
imkonsiz 
bo‗lsa-da, 
tajovuzkorning 
vazifasini 
jiddiy 
ravishda 
murakkablashtirish va unga ximoyalangan tizimdan foydali narsalarni 
chiqarmasligiga ishonch hosil qilish mumkin. Linux va ba'zi Open 
Source(Ochiq kodli) dasturlar yordamida o‗rnatilgan Linux nusxasini 
himoya qilish unchalik qiyin bo‗lmasligi juda quvonarli. 
Har bir aniq holatda xavfsizlikning "oltin qoidasi" yo‗q (va agar 
bunday qoida dunyoda bo‗lsa, u allaqachon buzilgan bo‗lar edi). 
Xavfsizlik ta‘minlash bo‗yicha alohida ishlash kerak. Quyidagi 
maslahatlarga rioya qilish va ularda tasvirlangan vositalardan 
foydalanish orqali tanlangan Linux distributivi uchun bu vositalarni 
qanday moslashtirishni mumkinligini o‗rganish mumkin. 
Operatsion tizimni yangilash 
Barcha asosiy Linux distribyutorlari (masalan, Debian, Ubuntu, 
Fedora) foydalanuvchilarni xavfsizlik zaifliklaridan iloji boricha himoya 
qilish uchun paketlarni qo‗llab-quvvatlash guruhlari bilan birgalikda 
ishlaydigan xavfsizlik bo‗yicha mutaxassislar guruhlariga ega. Ular 


127 
birgalikda zaifliklarning o‗z vaqtida aniqlanishini ta'minlash va 
aniqlangan zaifliklarni darhol bartaraf etish uchun ishlaydi. 
Odatda Linux distributivi xavfsizlik yangilanishlariga bag‗ishlangan 
ombor(repozitoriy)ga ega bo‗lishi kerak. Foydalanuvchi faqat ushbu 
omborni faollashtirish haqida g‗amxo‗rlik qilishi kerak (bu allaqachon 
sukut bo‗yicha qilingan bo‗lishi mumkin), ya‘ni yangilanishlarni 
avtomatik yoki qo‗lda o‗rnatishini hal qilishi kerak. 
Misol uchun, Ubuntu'da yangilanish va xavfsizlik manbalarini 
tanlash 
System Administration >> Software Sources 
menyusidan amalga 
oshiriladi. Bunda, ―
Updates
‖ bo‗limida tizim yangi yangilanishlar uchun 
xavfsizlik omborini qanchalik tez-tez tekshirishi kerakligini va tizim 
yangilanishlarni avtomatik ravishda o‗rnatishi yoki ularni o‗rnatishdan 
oldin foydalanuvchidan tasdiqlashni so‗rashi kerakligini tanlash 
mumkin. Oxirgi variant yaxshiroq, chunki bunda yangilanishlarni 
o‗rnatishni boshlashdan oldin ularni oldindan ko‗rish imkoni bo‗ladi. 
Odatda ushbu yangilanishlar foydali bo‗ladi, shuning uchun 
yangilanishlarni avtomatik ravishda o‗rnatish opsiyasini tanlab, vaqtni 
tejash mumkin bo‗ladi. 
Tizim tarkibidagi dasturiy ta'minotda turli xil zaifliklar doimiy 
ravishda topiladi va tuzatiladi. Tizim xavfsiz bo‗lishini ta‘minlash 
uchun, barcha dasturlarni yangilab turish tavsiya etiladi. Tizimni vaqti-
vaqti bilan yangilab turishni qoidaga aylantirish kerak. Ubuntu yoki 
Debianda tizimni maxsus buyruqlar yordamida yangilash uchun 
quyidagilarni bajarish kerak: 

sudo apt update 

sudo apt full-update
Fedora yoki CentOS-da siz dnf paket menejeridan foydalanish 
kerak: 

sudo dnf update 
Foydalanilmayotgan xizmatlarni bloklash, xavfsiz bo‗lmagan 
xizmatlardan foydalanmaslik. 
Ko‗pchilik Linux distributivlari maksimal foydalanuvchilar soni 
uchun foydali bo‗lishi mumkin bo‗lgan bir qator xizmatlarni ishga 


128 
tushiradi. Ammo hamma foydalanuvchilar ham ularga muhtoj emas. 
Misol uchun tarmoq orqali fayllarga xavfsiz tarzda ruxsat beruvchi 
Samba xizmati nima uchun kerak? Yoki kompyuterda bluetooth 
qurilmalari bo‗lmasa ularga ulanish uchun ishlatiladigan bluetooth 
xizmati xam kerak bo‗lmasligi mumkin. 
Linux distributivlari foydalanuvchiga xizmatlarni o‗zi uchun 
sozlash imkonini beradi. Bunday sozlashni amalga oshirish uchun, 
masalan, Ubuntu'da, 
System > Preferences > Startup Applications
menyusidan ochiladigan xizmatlar ro‗yxatidan bloklamoqchi bo‗lgan 
xizmatlar yonidagi belgilashlarni olib tashlash kerak.
Xizmatlarni o‗chirishda ehtiyot bo‗lish xam kerak. Agar biror 
xizmatga bog‗liq bo‗lgan xizmat bloklansa, ba'zi ilovalar ishlamay 
qolishi 
mumkin. 
Bundan 
tashqari, 
tizim 
ishga 
tushirilganda 
yuklanadigan-boshlanadigan xizmatlar yoki ilovalar sonini kamaytirish 
orqali yuklanish vaqtini ham qisqartirish mumkin. 
Minimal dasturlar va ochiq portlar 
Linux o‗rnatilgan kompyuterda qanchalik tarmoqdan foydalanish 
uchun portlar kam bo‗lsa, shunchalik bu kompyuter xavfsizroq va ba'zi 
dasturlarda zaifliklarni topilishi va bu tizimni buzish ehtimoli kam 
bo‗ladi. Tizimda qaysi portlar ochiqligini tekshirish mumkin: 
$ sudo nmap -sT server_manzili 
Masalan losst.ru server uchun tekshirish natijasi quyidagi oynada 
keltirilgan: 
66-rasm.
losst.ru server uchun tekshirish natijasi 
ss
buyrug‗i bilan port ishlatayotgan jarayonning PIDni bilib olish 
mumkin: 


129 
$sudo ss -lptn 'sport =: 53' 
 
67-rasm 
 
ps
buyrug‗i yordamida jarayon haqidagi ma'lumotni uning 
PID-kodi
orqali bilib olish mumkin. Masalan: 
$ps -p 2756 
 
68-rasm 

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə