O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti



Yüklə 2,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/136
tarix24.12.2023
ölçüsü2,42 Mb.
#160683
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   136
khjfthsgdffgkudxxc

sug‘urta
azaldan riskka ta’sir etishning dunyoda 
keng tarqalgan usullaridan hisoblanadi va hozirgi kunda ham shundayligicha 
qolmoqda. Bugungi kunda AQSh, Yaponiya, Germaniya kabi rivojlangan yirik 
mamlakatlarda yillik sug‘urta mukofotlarining to‘lovlari yalpi ichki mahsulotining 
7-9%ini tashkil qilmoqda. Horijda inson faoliyatining deyarli barcha sohalari 
sug‘urta bilan qamrab olingan: tibbiy sug‘urta, hayot sug‘urtasi, mulkiy sug‘urta, 
yuklarni sug‘urtalash, foyda sug‘urtasi, bankrotlik sug‘urtasi, fuqarolik 
javobgarligining har xil turlari. Hech bo‘lmaganda sug‘urtaning bitta turi amal 
qilmaydigan soha topilmaydi, undan tashqari sug‘urtaning ko‘plab turlari turli 
mamlakatlarda majburiy hisoblanadi. 
Biroq, bozor iqtisodiyotiga yangi o‘tgan mamlakatlarda, shu jumladan 
O‘zbekistonda ham sug‘urta bo‘yicha holat quvonarli emas. Bu shu bilan 
izohlanadiki, hali hanuz iqtisodiyotni markazlashgan holda boshqarish orqali 
noqulay holatlar ro‘y berganda korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va aholiga yordam 
ko‘rsatish uchun sarflanishga mo‘ljallangan davlat rezervlarini shakllantirilishi 
tushunchasining mavjudligidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat qo‘llab-quvvatlashlari hajmi ko‘m martaga 
qisqaradi. Korxonalarning o‘zlari qiyinchilik holatlarida ko‘riladigan zararlarni 
bartaraf etish mexanizmlarini yaratish “g‘amini yeyishlari” kerak. Bu yerda 
sug‘urta eng qulay va bozor nuqtai nazaridan mukammal bo‘lgan mexanizmlardan 
hisoblanadi. 
Mavzuni takrorlash uchun nazorat savollari 
1.
Sug‘urtada risk tushunchasini izohlang. 
2.
Sug‘urtadagi maxsus risklarni ayting va sharhlang. 
3.
Risklarning turkumlanishi deganda nima tushuniladi va ular qanday 
mezonlar bo‘yicha turkumlanadi? 


65 
4.
Riskni boshqarishning mazmuni nimadan iborat? 
5.
Riskni boshqarishda menejmentning roli va o‘rnini tushuntiring. 
6.
Riskni boshqarish usullarini tushuntiring. 
7.
Riskni boshqarishda sug‘urtaning ahamiyatini tushuntiring. 

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə