Pedagogik innovatikaning mohiyati, maqsad va vazifalari. Pedagogik innovatikaning asosiy tushunchalari



Yüklə 362,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix16.09.2023
ölçüsü362,5 Kb.
#122082
  1   2   3   4
1-mavzu



1-Mavzu: Pedagogik innovatika – pedagogikaning alohida sohasi sifatida 
Reja: 
1.
 
Pedagogik innovatikaning paydo bo’lishi va rivojlanish shart-sharoitlari. 
2.
 
Pedagogik innovatikaning mohiyati, maqsad va vazifalari. 
3.
 
Pedagogik innovatikaning asosiy tushunchalari 
 
Tayanch tushunchalar: 
Novatorlik, madaniyat, ta’lim, jamiyat, 
rivojlanish, an’analar,innovatika,innovatsion jarayonlar. 
 
1.
 
Pedagogik innovatikaning paydo bo’lishi va rivojlanish shart-sharoitlari. 
 
1. Ma’lumki, bugun barcha davlatlar ta’limga imkon qadar ko’p yangilik kiritishga 
intilmoqda. Bugungi yangiliklar ularga uyushgan, rejali, ommaviy yondashuvni talab 
etadi. Yangiliklar kelajak uchun uzoq muddatli investitsiyalardir. Novatorlikka qiziqish 
uyg’otish, yangilik yaratishga intiluvchan shaxsni tarbiyalash uchun ta’limning o’zi 
yangiliklarga boy bo’lishi, unda ijodkorlik ruhi va muhiti hukm surishi lozim. Ana 
shunday dolzarblikdan kelib chiqqan holda, bugungi kunda pedagogikaning mustaqil 
sohasi – pedagogik innovatika jadallik bilan rivojlanib bormoqda. 
Novatorlik va yangilik – madaniyat, ta’lim va umumiylikda jamiyat 
rivojlanishining ikki jihati. Novator-hayotga yangi narsalarni olib kiruvchi va har qanday 
faoliyatda ilg'or g'oyalarni, texnikalarni va shunga o'xshashlarni kiritadigan kishi. 1930-
yillarning matbuotida paydo bo'lgan sovet neologizmi hisoblanadi. An’analar va 
yangiliklarning xilma-xil munosabatlariga tayanib, madaniyatshunoslar jamiyatni 
an’naviy va zamonaviyga ajratib ko’rsatishadi. An’anaviy jamiyatda an’ana novatorlik 
ustidan hukmronlik qiladi. Zamonaviy jamiyatlarda esa, novatorlik bazali qadriyat 
sanaladi.
“Innovatika” tushunchasi bundan 100 yil avval madaniyatshunoslik va 
lingvistikada madaniy diffuziya, ya’ni bir madaniy realning boshqa hududga tarqalishini 
asoslab berish jarayonida paydo bo’lgan. 
“Innovatsion jarayonlar” tushunchasining to’liq tavsifi XX asrning boshlarida, 
aniqrog’i 1911 yilda iqtisodiyotchi I.Sрumpeter tomonidan iqtisodiy tizimlardagi 
o’zgarishlarni tahlil qilishning “yangi kombinatsiyasi”ni tahlil qilish jarayonida taqdim 
etilgan. 
1930 yilllarda I.Sрumpeter va G.Menshlar yangi texnologiya yoki mahsulotdagi 
ilmiy kashfiyotni tavsiflovchi “innovatsiya” tushunchasini fanga kiritishgan. 1970 
yillarda zamonaviy postindustrial dunyoning rivojlanish vektorini aniqlab beruvchi 
“innovatsion jamiyat” tushunchasining paydo bo’lishi yangiliklar kiritish haqidagi 
fanning murakkab, keng tarqalgan sohaga aylanishiga sabab bo’ldi. 
Pedagogik innovatsion jarayonlar G’arbiy Yevropada 1950 yillarda, Rossiyada
1980 yillarda hamda O’zbekistonda 2000 yillarda maxsus o’rganish predmetiga aylandi. 


Bugungi kunda pedagogik innovatika ta’lim sohasidagi innovatsion jarayonlarning uch 
asosiy elementi: 

Yüklə 362,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə