Pedagogik innovatikaning mohiyati, maqsad va vazifalari. Pedagogik innovatikaning asosiy tushunchalari


Pedagogik innovatikaning nazariy bloklari



Yüklə 362,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix16.09.2023
ölçüsü362,5 Kb.
#122082
1   2   3   4
1-mavzu

Pedagogik innovatikaning nazariy bloklari
1.
 
Pedagogik neologiya
(ilmiy-pedagogik jarayon, uning o’ziga xosliklari va 
asosiy natijalari haqidagi ilmiy va tajribaviy ma’lumotlar tizimlashtiriladigan 
pedagogikadagi yangilik haqidagi ta’limot).
 
2.
Qiyosiy pedagogik aksiologiya
(pedagogika nazariyasi va amaliyotida yuzaga 
keladigan pedagogik yangiliklarni baholash va o’zlashtirishning o’ziga xosliklarini ochib 
beruvchi fan). 
3.
Innovatsion praksiologiya
(pedagogik yangiliklarni amaliyotda qo’llashni 
o’zlashtirish). 


 
3. Pedagogik innovatikaning asosiy tushunchalari: 
1

innovatsiya;
2) pedagogik yangilik, yangilik kiritish; 
3) innovatsion jarayon;
4) innovatsion faoliyat;
5) innovatsion salohiyat. 
 

Innovatsiya”
tushunchasi lotin tilidan olingan bo’lib (in-ga, novus-yangi), 
“yangilanish”, “o’zlashtirish”, “qandaydir yangilikni kiritish”, “yangini joriy qilish”, 
“yangilik kiritish” ma’nolarini beradi. O’z navbatida “yangi” so’zi ushbu tushunchaning 
asosiy yadrosini tashkil etadi. Odatda¸ yangilanish tushunchasi ta’limda ko’p hollarda 
o’zgartirish tushunchasi bilan sinonimdir. Agar ushbu o’zgartirish keng qamrovli bo’lsa 
va butun ta’lim tizimini o’zgartirsa, unda «islohot» tushunchasi bilan izohlanadi. Lekin 
barcha o’zgarishlarni yangilik deb qarash to’g’ri bo’lmaydi. CHunki yangilik o’zida 
avval boshidanoq qo’yilgan vazifalarning yangilanishini maqsad qilib qo’yadi.
Pedagogik innovatikaning asosiy ko’rsatkichi uning boshlang’ich rivojiga bog’liq 
bo’lib, pedagogikadagi 
yangilik
– bu faqatgina g’oya, yondashuv, metod, texnologiya
shunchaki taqdim etilgan va hali foydalanilmagan holatdagi emas, balki bu innovatsion 
jarayonning majmuaviy va alohida tarkibiy qismidir, u esa o’zida o’zgaruvchan 
sharoitlarda va holatlarda ta’lim-tarbiya masalalarini yetarlicha samarali hal etishni ifoda 
etadi. 
 
Innovatsiya 
esa – bu ma’lum bir bosqich asosida rivojlanadigan jarayondir. U bir 
nechta ma’nodagi tushunchalarni beradi: 
1. Innovatsiya bu – ta’limning yangi mazmuni, shakl va metodlarini ishlab chiqish. 
2. Yaratilgan pedagogik tizimni joriy etish va ommalashtirish. 
3. Ta’lim muassasani boshqarish va rivojlantirishning yangi texnologiyasini ishlab 
chiqish. 
4. Tajriba-sinov ob’ekti sifatida. 
5. Yaxlit pedagogik jarayonni innovatsiyalash.
6. Yangiliklarning qo’llanilish darajasini yangi mahsuldorliklar bilan o’zgartirish 
bosqichi. 
Ta’limsohasidagi mavjud yoki yangi ehtiyojlarni qondirish uchun pedagogik 
yangiliklarni yaratish, joriy etish, o’zlashtirish va foydalanishga doir faoliyat 

Yüklə 362,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə