Pedagogik-psixologik fanlarini o`qitish metodikasi moduli bo`yicha o`quv-mavzu rejasi


Pedagogik fanlarni o'qitish metodlari tasnifi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə53/53
tarix13.04.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#85410
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
psixologiyani o`qitish metodikasi fanidan mustaqil ta`lim uchun1

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Frontal
2.Pedagogik fanlarni o'qitish metodlari tasnifi.

Ta’lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo’yicha tizimlashtiriladi

Mualliflar tavsiya etilayotgan metodlarni quyidagi chizma bo’yicha qo’llash maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydilar:


  1. Materialni og’zaki bayon qilish (hikoya, tushuntirish, maktab ma’ruzasi). O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish o’qituvchining tushuntirishini faol qabul qilish va puxta o’ylash evaziga amalga oshiriladi. Bilimlarni uzatish vositasi sifatida o’qituvchi nutqi muhim ahamiyatga ega. Bu o’rinda o’qituvchining o’quvchilar faoliyatiga rahbarligi mavzuni qo’yish, rejani e’lon qilish, o’quvchilar faoliyatini boshharishdan iborat bo’ladi.

  2. Suhbat. O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish jarayoni: ular e’tiboriga havola etilayotgan savolning mohiyatini anglash, mavjud bilimlar va tajribani safarbar qilish, savolga oid ob’ektlarni o’zaro taqqoslash, puxta o’ylash va savollarga to’g’ri javob tayyorlashdan iborat.

O’qituvchining rahbarligi: mavzuni qo’yish, savollarni ifodalash, berilgan javoblarni tuzatish, to’ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo’ladi.

Suhbat metodi yordamida bilimlarni o’zlashtirishda o’quvchilar mavjud bilimlari va tajribalariga tayanadilar.



  1. Darslik (umuman, kitob) bilan ishlash (umumlashma va xulosalarni anglash, ularni xotirada saqlashga xizmat qiladi).

Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib bosma matn xizmai qiladi. O’qituvchining rahbarligi esa topshiriqni ifodalash, faoliyat maqsadini belgilash, o’quvchilarga darslik bilan ishlashning yangi usullarini o’rgatish, o’zlashtirilgan bilimlarning tushunilish va mustahkamlik darajasini tekshirish kabi ko’rinishlarda aks etadi.

  1. O’qituvchilarning kuzatuvi (sinfda va sinfdan tashhari (shu jumladan, sayohat va ekskursiyalar) jarayonlarda).

O’quvchilarning o’quv predmetlari bo’yicha o’zlashtirish holati va hodisalarni kuzata borib, turli fan o’qituvchilarining ko’rsatmalari bo’yicha ularni qismlarga taqsimlab har bir o’quvchining o’ziga xos, o’xshash va muhim jihatlarini aniqlashga yo’naltiriladi.

Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib muayyan predmet (yoki jarayon), tajriba, model, xaritalar xizmat qiladi. O’qituvchining rahbarligi kuzatish vazifasini belgilash, uni ma’lum shaxs zimmasiga yuklash, ob’ektni belgilash, umumiy rahbarlikni olib borish, qismlarga ajratish, asosiylarini aniqlash va umumlashtirishdan iboratdir.



  1. Laboratoriya ishlari. Mazkur jarayonda aniq vazifa, ya’ni, ma’lum sharoitda muayyan hodisalarni kuzatish yuklanadi. O’quvchilar hodisalarni kechish jarayonini kuzatadilar va tahlil qiladilar.

Bilimlar manbai kuzatilayotgan hodisalar va ularning kechish jarayonidir. O’qituvchi vazifa mohiyatini ifodalaydi, o’quvchilarni nazariy bilimlar bilan qurollantiradi, umumiy jarayon va bosqichlarni kuzatish yo’llari hamda yakuniy xulosa chiharishni o’rgatadi.

6. Mashq (aqliy va faoliyatli mashqlar). O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish jarayonining o’ziga xosligi, nazariy asoslar o’zlashtirilgach, ayrim materiallardagi o’xshash harakatlarning ko’p bora takrorlanishi kuzatiladi.

Bilimlar manbai: o’zlashtirilgan bilimlar va xususiy tajriba sanaladi.

O’qituvchi mashqni bajarish uchun joy hamda vaqtni belgilaydi, topshiriqni ifodalaydi, uni bajarish bosqichlarining borishini nazorat qiladi, boshharadi, shuningdek, yakuniy natijalarni tekshiradi.

7. Ijodiy mashq. Ushbu metod o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, o’ziga xoslik masalaning mohiyatini chuqur anglash, uni bajarishga nisbatan mustaqil yondashish, dalillarni saralash va o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni ijodiy bajarish jarayonida bilimlarni qo’llash va kengaytirish kabi holatlar bilan tavsiflanadi.

Bilimlar manbai va materiali sifatida avval egallangan ijodiy ishlar tajribasi, mavjud bilimlar, kuzatuvlar, shaxsiy tajriba, o’qilgan hikoya, ijtimoiy-foydali ishlarni boshharish kabilar qayd etiladi.

O’qituvchining rahbarligi: nazariy materiallarni o’zlashtirilishini ta’minlash, mavzuni ifodalash, ijodiy ishlar xarakterini belgilash, ularning bajarilishini nazorat va tahlil qilish, sintezlash, xatoni ko’rsatish hamda to’g’rilashdan kabi holatlarda namoyon bo’ladi.

Keltirilgan tasnif «bilimlar manbai» bo’yicha tizimlashtirilgan metodlar – og’zaki, ko’rgazmali va amaliy metodlarni u yoki bu darajada o’zida mujassamlashtiradi. Biroq, M.A.Danilov va B.P.Esipovlar asosiy e’tiborni «ta’lim metodini to’g’ri tanlash»ga haratishadi. Gap shundaki, sobiq SHo’ro umumta’lim maktablarining o’quv jarayonida metodlarning cheksiz ko’pligi, xatto ularni bir necha tasnif bilan ham qamrab olish mumkin emasligi, shu boisdan ham o’quv-tarbiyaviy ishlar muvaffaqiyatining bosh omili va eng muhimi to’g’ri, asoslangan metodni tanlash hisoblangan, Ana shu «g’oya» mohiyat jihatidan noto’g’ri bo’lishiga haramay, o’n yillar davomida didaktika «rivoji»da muhim o’rin tutib keldi. Nihoyat, har ikki tasnif bilimlar manbai bo’yicha ham, didaktik maqsadlar bo’yicha aniqlangan ta’lim metodlari tizimi maktab amaliyotining asosiy muammosini hal eta olmasligiga tanqidiy yondashildi, ularni qo’llash ta’lim sifatining yuqori darajasini ta’minlaganligi anglab yetildi va bu boradagi izlanishlar davom ettirildi. O’tgan asrning 80-yillaridan boshlab o’quvchilarning bilish faoliyati xarakteriga mos ta’lim tasnifi yaratildi.

Ushbu metodlar, mualliflarning ta’kidlashlaricha, bir-biridan o’quvchilarning ta’lim mazmuni turlarini o’zlashtirishda amalga oshadigan bilish faoliyatlari xarakteri va o’quvchilarning xilma-xil faoliyatlarini tashkil etuvchi o’qituvchi holati ... bo’yicha farqlanadi

Izohli-tasvirli ta’lim metodlari (boshqa nomlanishi axborotli-reptseptsiya)ning mohiyati: odatda nazariy bilimlar tayyor holda uzatiladi, o’quvchilar esa ularni qabul qiladilar (reptseptsiya). Bu yo’lda turli ta’lim vositalari (shu jumladan, ko’rgazmali vositalar)dan foydalaniladi. O’qituvchi faoliyati bunda nafaqat axborotlarni uzatish, balki ularning o’quvchilar tomonidan qabul qilinishini ham tashkil etishdan iborat bo’ladi.

Izohli-tasvirli metoddan ta’lim jarayorida foydalanishda quyidagi holatlar yuzaga keladi:


O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi

O’quvchi faoliyatining tuzilmasi

  • Tushuntirish;

  • Harakatni ko’rsatish;

  • Dalillardan xabardor qilish;

  • o’quvchining materialni anglab yetishini rag’batlantirishga yo’naltiruvchi usullar;

  • turli didaktik materiallardan foydalanish

  • axborotlarni qabul qilish;

  • o’quv materialini tushunib olishga intilish va dastlabki ma’lumotlarni yodda saqlash;

  • o’quv materialini tushunish

Reproduktiv ta’lim metodlari yuqorida keltirilgan metodlardan quyidagi unsurlarning mavjudligi bilan farqlanadi: o’qituvchining bilimlarni tushuntirishi, ularni o’quvchilarning yodida saqlanishini ta’minlashi va qayta ishlab chiqishi (reproduktsiya). O’zlashtirilgan bilimlarning mustahkam bo’lishiga ularni ko’a marta takrorlash evaziga erishiladi. Mazkur metod ta’limning barcha bosqichlari, asosan, boshlang’ich sinflarda o’qish va yozish, arifmetik harakatlarni amalga oshirish ko’nikmalarini o’zlashtirishda muhim o’rin tutadi.

Reproduktiv metoddan foydalanishda o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar tashkil etiladi:



O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi

O’quvchi faoliyatining tuzilmasi

  • avval o’zlashtirilgan mavzu, paragraf yoki bob bo’yicha so’rov;

  • o’quvchilar uchun turli mashqlarni saralash va taklif qilish;

  • masalalarni yechishdagi o’quv harakatlarining namunasi va algoritmini namoyish qilish;

-o’quv harakatlari ko’nikmasi va malakasini shakllantirish

  • turli konteksda bilimlarni qayta ishlash;

  • namuna bo’yicha topshiriqlarni bajarish;

  • mashqlarni bajarish;

  • namunaviy masalalarni yechish usullarini egallash;

  • namunaviy masalalarni yechish algortmini egallash

Evristik ta’lim metodini qo’llashda o’qituvchi tomonidan turli vositalar yordamida yangi bilimlarni izlab topish talab etiladi. O’qituvchi bilimlarning bir qismini o’quvchilarga ma’lum qiladi, qolganini esa o’quvchilar bilish topshiriqlarini yechish jarayonida savollarga javoblar topish asosida o’zlashtiradi, o’zlari bilimlarni mustaqil egallashadi. O’qituvchi tomonidan qo’yilgan masalani bir necha harashlarga ajratilishi, ularni bajarishda o’quvchilarning ketma-ketlikka rioya etishlari muhim metodik jihat sanaladi. SHu bois mazkur metod qisman izlanuvchan metod ham deb ataladi.

Evristik metodni qo’llashda o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:



O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi

O’quvchi faoliyatining tuzilmasi

  • o’quvchilarni masalaning mohiyatini o’rganishga jalb etish;

  • echim rejasini aniqlashda mulohaza yuritish namunasini ko’rsatish;

  • masalani bosqichlarga ajratish;

-evristik suhbat

  • evristik suhbatda qatnashish;

  • masalani yechish rejasini olg’a surish;

  • izlanuvchan harakat usullarini egallash;

  • masalalar yechish yo’llarini izlab topish

Muammoli metodning mohiyati mashg’ulotlar jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratish va yechishdan iborat bo’lib, uning asosida didaktik ziddiyatlar yotadi. Ziddiyatlarni bartaraf etish nafaqat ilmiy bilish yo’li shu bilan birga o’quv yo’li hamdir. Bu metodni quyidagi chizma yordamida ifodalash mumkin

Muammoli ta’lim kontseptsiyasining asosiy tushunchalari «muammoli vaziyat», «muammo», «muammoni topish» kabilar hisoblanadi. CHizmadan anglanadiki, muammoli vaziyat bu metodning dastlabki ko’rinishi hisoblanib, o’zida sub’ektning aniq yoki qisman tushunib yetilgan muammoni ifodalaydi, uni bartaraf etish yangi bilimlar, usullar va harakat ko’nikmalarini o’zlashtirishni taqozo etadi. Agar o’quvchida qiyinchiliklarni yo’qotish yo’llarini izlab topish uchun boshlang’ich ma’lumotlar bo’lmasa, shubhasiz, muammoli vaziyat yechimini u qabul qilmaydi, ya’ni, muammoning yechimi uning ongida aks etmaydi. Fikrlash muamo mohiyatini tushunib yetilishi, ifodalanishi, mavjud bilim va ko’nikmalar majmuasi va izlanish tajribasi asosida muammoli vaziyatni qabul qilish bilanoq boshlanadi. Bu holda muammoli vaziyat muammoga aylanadi. Har bir muammo muammoli vaziyatni o’zida namoyon etadi, biroq, barcha muammoli vaziyat muammoga aylanavermaydi.

Mazkur metoddan foydalanish jarayonida muammo yechimini topishga yordam beruvchi yo’nalishlar ko’rsatilmaydi va chegaralanmaydi. Bu xususiyat muammoli masalaga xosdir. Muammoda yechimning qandaydir parametrlari ko’rsatilsa, u muammoli masala hisoblanadi. Har qanday muammoli topshiriq ma’lum muammoni, demak, muammoli vaziyatni ham qamrab oladi. Biroq, yuqorida ta’kidlanganidek, barcha muammoli vaziyat muammo bo’la olmaydi. Inson har doim muammoli masalalarni hal yetadi. Agar uning oldida muammo paydo bo’lsa, uni muammoli masalaga aylantiradi, ya’ni, uning yechimi uchun o’zidagi bilimlar tizimiga tayanadi va ma’lum ko’rsatishlarni belgilab oladi. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda u boshqa ko’rsatkichlarni qidiradi va shu muammo bo’yicha yangi variantlardagi masalalarni loyihalaydi.

Ta’lim jarayonida muammoli metodni qo’llashda o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:





O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi

O’quvchi faoliyatining tuzilmasi

  • o’quv materialiga oid tafovutlarni taklif etilishi;

  • muammoli vaziyatlarni tuzish;

  • muammoning mavjudligini aniqlab berish;

- muammoli topshiriqlarni loyihalash

  • o’quv materiali mohiyatining anglab yetilishi;

  • muammoli vaziyat yuzasidan fikrlash;

  • mavjud bilimlar va tajribani qayta tiklash;

  • muammoli masalaga o’tkazish;

  • topshiriqni bajarish

Tadqiqotchilik o’qitish metodini qo’llashda o’qituvchi o’quvchilar bilan hamkorlikda hal etilishi zarur bo’lgan masalani aniqlab oladi, o’quvchilar esa mustaqil ravishda taklif etilgan masalani tadqiq etish jarayonida zaruriy bilimlarni o’zlashtirib oladilar va uning yechimi bo’yicha boshqa vaziyatlar bilan taqqoslaydi. O’rnatilgan masalani yechish davomida o’quvchilar ilmiy bilish metodlarini o’zlashtirib tadqiqotchilik faoliyatini olib borish ko’nikmasi, tajribasini egallaydilar.

Ta’lim jarayonida tadqiqotchilik o’qitish metodini qo’llashda o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:



O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi

O’quvchi faoliyatining tuzilmasi

  • o’quvchilarga o’quv muammosini taklif etish;

  • o’quvchilar bilan hamkorlikda tadqiqot masalasini o’rnatish;

  • o’quvchilarning ilmiy faoliyatini tashkil etish




  • o’quv muammolari mohiyatini anglab olish;

  • tadqiqot muammosini o’qituvchi va o’quvchilar bilan birgalikda o’rnatishda faollik ko’rsatish;

  • ularni yechish usullarini topish;

  • tadqiqiy masalalarni yechish usullarini o’zlashtirish

Evristik va tadqiqotchilik metodlari o’quvchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi yuqori darajadagi bilish faoliyatini tashkil eta olish ko’nikma va malakalariga ega bo’lishni taqozo etadi. Buning natijasida o’quvchilar mustaqil ravishda yangi bilimlarni o’zlashtira oladilar. Ular odatda yuqori sinf o’quvchilarining o’zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda ma’lum holatlarda qo’llaniladi. Ushbu metodlardan boshlang’ich sinflarda foydalanish amaliyotchi-o’qituvchilarning fikrlariga ko’ra bir muncha murakkab hisoblanadi. Biroq uzluksiz ta’lim tizimiga shaxsga yo’naltirilgan ta’limni faol joriy etishga yo’naltirilgan ijtimoiy harakat amalga oshirilayotgan mavjud sharoitda ushbu yo’nalishdagi loyihalarni tayyorlash o’ziga xos dolzarb ahamiyatga ega bo’lib bormoqda.

SHunga haramasdan bu tasnif maktab amaliyotida birmuncha keng tarqalgan va pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan. SHuningdek, buyuk didakt I.YA.Lerner asarlari asosida ilmiy tadqiqot ham amalga oshirilgan.

Didaktikada ta’lim metodlarining binar (ikki)li va ko’pbinarli omil asosida tizimlashtirishga bo’lgan urinishlarni ham kuzatish mumkin. CHunonchi, M.I.Maxmutov tomonidan ta’lim metodlari va o’qish metodlari ajratiladi:

SHunday qilib, juft (binar)li metodlar vujulga keldi:

SHuningdek, V.F.Palamarchuk va V.I.Palamarchuklar ta’lim metodlarining uch o’lchovli modelini taklif qilishgan. Unda bilimlar manbai, o’quvchilarning bilish faolligi va mustaqillik darajasi hamda o’quv-bilishning mantiqiy yo’li yaxlit tarzda chog’ishtiriladi.

S.G.SHopavalenko ta’lim metodlari tasnifini to’rt belgi asosida asoslovchi quyidagi tetroeddik yondashuvni taklif etadi:



  1. mantiqiy-mazmunli;

  2. manbali;

  3. mazmunli;

  4. tashkiliy boshharuvchi.

I.P.Podlaso’y birmuncha keng tarqalgan ta’lim metodlari tasnifiga yaqinlashar ekan, quyidagi fikrni ta’kidlaydi: «Boshqa bir qator ta’lim metodlari tasnifi ham mavjud. Masalan, nemis didakti L.Klinberg ta’lim jarayonida metodlarni hamkorlik shakllari bilan uyg’unlashtirishga alohida urg’u beradi» va quyidagi metodlarni ko’rsatadi:

Monologik metodlar

Hamkorlik shakllari

Diologik metodlar

Ma’ruza

Individual

Suhbatlar

Hikoya

Guruhli

Intervyu

Namoyish

Frontal


-

-

Jamoaviy

-

Ta’lim metodlari turli shakllar hamda xilma-xil ta’lim vositalari yordamida joriy etiladi.

Ta’lim shakllari ta’lim jarayonining tashkiliy-tuzilmaviy ko’rinishidir. Bugungi kunda ta’lim muassasalarida quyidagi ta’lim shakllaridan samarali foydalanib kelinmoqda: ma’ruza, seminar, amaliy mushg’ulot, uchrashuv, taqdimot, sayohat, o’quv konferentsiyasi va boshqalar.

Ta’lim jarayonida ta’limning samaradorligini ta’minlovchi muhim elementlardan biri sifatida ta’lim vositalari e’tirof etiladi. Ta’lim vositalari sirasiga quyidagilar kiradi: texnik hamda axborot qurilmalari (dioproyektor, kinedoskop, uskunalar, radio, televideniye, kompyuter, audio hamda video magnitafonlar), laboratoriya jihozlari (kolbalar, probirkalar, kimyoviy reaktivlar, mikroskop), xarita, maketalar, diagrammalar, plakatlar, rasmlar, chizmalar va hokazolardan foydalaniladi.


N.S.Sayidahmedov tomonidan asoslangan ta’lim metodlari tasnifi asosida didaktik jarayon nazariyasi yotadi. Ma’lumki, didaktik jarayon har qanday pedagogik texnologiyaning asosi sifatida o’zida quyidagi uchta komponentni mujassamlashtiradi:

  1. motivatsion bosqich;

  2. o’quv faoliyati;

  3. boshharuv.

Demak, didaktik jarayon tuzilmasiga mos holda ta’lim metodlarini quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:

I. O’qish va mehnatga rag’batlantiruvchi hamda motivlashtirish metodlari.

II. O’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari.

III. O’quv-bilish faoliyatini boshharish metodlari.



O’z navbatida har bir guruh ilmiy asosda kichik guruhlarga ajratiladi:


I. O’qish va mehnatga rag’batlantiruvchi hamda motivlashtirish metodlari

I kichik guruh

II kichik guruh

III kichik guruh

O’qishga qiziqishni rag’batlantiruvchi metodlar

O’qish va mehnatda burch hamda javobgarlikni rag’batlantiruvchi metodlar

Mehnatga va muayyan kasbga qiziqishni rag’batlantiruvchi metodlar

  • biluv o’yinlari;

  • o’quv bahsi;

  • hissiy-axloqiy kechinmali vaziyatlar yaratish;

  • appertseptsiyali (idrokning tajribaga bog’liqligi) vaziyatlarni yaratish;

  • biluv yangiliklari vaziyatlarini yaratish

  • o’qish va mehnatning muhimligiga ishontirish;

  • talablarni ifodalash;

  • talablarni bajarish uchun mashq;

  • o’qishdagi rag’bat;

  • o’qishdagi kamchilik uchun tanbeh

  • g’oliblarni ma’naviy va moddiy rag’batlantirish;

  • o’quvchilarning ishlab chiharish vositalarini mustaqil boshharishga intilishlarini rag’batlantirish;

  • ish joyidagi xulqini rag’batlantirish




II. O’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari

I kichik guruh

II kichik guruh

III kichik guruh

O’quv-bilish faoliyatining mo’ljal asoslarini vujudga keltirish metodlari

O’quv-bilish faoliyatini bajarish metodlari

Mehnatda va mehnatda nazorat va o’z-o’zini nazorat metodlari

Og’zaki:

  • hikoya;

  • suhbat;

  • tushuntirish;

  • ma’ruza;

  • yo’riqnoma

Amaliy:

  • mashq;

  • o’quv-ishlab chiharish tajribasi;

  • o’quv-unumli mehnat;

  • kitob bilan ishlash;

  • yozma ish

Og’zaki:

  • individual so’rov;

  • yalpi so’rov;

  • dasturli og’zaki so’rov

Ko’rsatmali:

  • illyustratsiya;

  • namoyish

Izlanuvchi:

  • qisman-izlanuvchi

  • tadqiqotchilik;

  • algoritmlik;

  • tashhisli

YOzma:

  • nazorat-yozma ish;

  • yozma sinov (test);

  • yozma imtihon;

  • dasturli yozma sinov (test);

  • laborotoriya-amaliy;

  • nazorat laborotoriya ishi;

  • mashinali nazorat;

  • unumli mehnatni son va sifat jihatdan baholash




III. O’quv-bilish faoliyatini boshharish metodlari

Bilish faoliyatini kuzatish metodlari:

  • bevosita;

  • bilvosita yo’riqnoma yordamida;

  • o’z-o’zini nazorat

Nazorat metodlari:

  • o’qituvchi topshiradi;

  • dasturli qo’llanmadan foydalaniladi;

  • ta’limning texnik vositalari yordamida

O’quv faoliyatini tuzatish (korrektsiya) metodlari:

- tezkor;

- yakuniy natija bo’yicha;

- foiz ko’rsatkichi bo’yicha


SHunday qilib, taqdim etilayotgan ta’lim metodlari tizimi nazariy-amaliy jihatdan asoslangan va mazkur tizim yaxlit o’quv-tarbiya jarayonini qamrab oladi. Ushbu tizim bir harashda akademik YU.K.Babanskiy tomonidan asoslangan ta’lim metodlari tizimiga o’xshash. Biroq, YU.K.Babanskiy tasnifiga ko’ra ta’lim jarayoniga nisbatan kibernetik yondashuv maqsadga muvofiq, unga ko’ra har qanday murakkab faoliyat, shu jumladan, ta’limiy faoliyat ham quyidagi uchta tarkibiy qismdan iboratdir:



  1. tashkiliy;

  2. rag’batlantiruvchi;

  3. nazorat.

Ana shu asosida ta’lim metodlari quyidagicha guruhlanadi:

  1. O’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va bajarish metodlari.

  2. O’quv-bilish faoliyatini rag’batlantirish va motivlash metodlari.

  3. Nazorat va o’z-o’zini nazorat metodlari.

Didaktik jarayon nazariyasi asosida ko’rilgan o’qish metodlarining tasnifi kichik guruhlar tarkibi, soni va unga kiritilgan metodlar nomenklaturasi hamda funktsiyalari bilan kibernetik yondashuvli tizimdan tubdan farqlanadi va o’quv-tarbiya jarayonining metodik jihatdan birmuncha yuqori darajasini ta’minlaydi
Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə