Pedagogik-psixologik mexanizmlari



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix29.11.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#140266
1   2   3   4   5
akmeologik-yondashuv-asosida-bo-lajak-o-qituvchilarda-ta-lim-jarayonini-loyihalash-ko-nikmalarini-rivojlantirishning-pedagogik-psixologik-mexanizmlari

TADQIQOT NATIJALARI 
Qobiliyat, iqtidorlik bir-biri bilan uzviy ketma-ketlikda rivojlanishida bo‘lishini nazarda 
tutish kerak.
 
Akmeologiyaning tadqiqot obyekti - bu akme shaxs ya’ni yetuk shaxs, obyektiv 
qonuniyatlarga asoslangan holda kasb faoliyatining va ijodiy faoliyatning metodologik, 
texnologik hamda gumanitar jihatlarini o ‘rganish jarayonida jamiyat rivojida kasb-hunar 
moddiy, ma'naviy jihatlari bilan bog‘liq akmeologik muammolami aniqlaydi. Bugungi kunda 
bozor munosabatlarining rivojlanishida yangi kasb-hunarlarni shakllantirish, davr talabiga mos 
keluvchi yetuk kadrlar yetishtirish dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Globalizatsiya 
jarayonlariga ijodiy kompleks yondoshish, kasbkorlik madaniyati, komillik va mukammallik 
haqida alloma va mutafakkirlaming qarashlarini tahlil etishda milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarga xos jihatlami va zamonaviy tajribalami chuqur egallash, texnika, texnologiya va 
axborot madaniyatini o ‘zlashtirish masalalari ham akmeologiyaning obyektlaridan biriga 
aylanishi mumkin.


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
493 
Inson qobiliyatlari chek chegara bilmaydi aslida, ammo bu chegarasiz manbaa shunchaki 
paydo bo’lib qoladigan topilma emas, balki bunga uzoq mehnat bilim olish jarayonlari hamda 
takomillashib boradigan akmeologik qobiliyatlar ya’ni insonning ma’lum soha yoki 
yo’nalishlariga fan, san’at, sport, kasb umuman olganda inson faoliyat sohalarining ham 
jismoniy ham manaviy tomonlarini o’ziga qamrab oladi.
Inson shaxsi o’zining psixologik xarakter temperamenti, olamni anglash hissi, 
dunyoqarashi va boshqa xususiyatlar asosida insonda kasbga hunarga alohida moyillik hosil 
bo’ladi bularga: inson inson, inson tabiat, inson badiy obraz, inson texnika kabilarga bo’linadi. 
Shu asosida yoshlarimizni tarbiyalashda uning imkoniyatlari, qobiliyati va asosiysi qiziqishlarini 
inobatga olgan holda bilimlarni egallashiga yo’naltirish lozim. Keyingi yillarda jahonning 
sinovdan o’tgan tajribalari asosida ta’limni yo’lga qo’yishga alohida e’tibor beriliyapti. 
Jahonning ko’plab ta’lim tizimlarida ijtimoiy muhitga moslashuv va o’zaro harakatlar tizimini 
o’rtgatishga va professional bilimlarga o’rgatiliyapti bu murakkab jarayon inson umrining 
oxirigacha davom etuvchi yo’l sanaladi. Bu tizimni o‘rganadigan fanlar yangi yondashuvlarni, 
tamoyillar, metod va qarashlar bilan yanada boyib borishni o’rganadigan akmeologiya sohasi 
aynan kishini komillik darajasiga chiqish yo’llarini izlash ustida bosh qotiradi. Insonni 
rivojlanish fenomenologiyasini, qonuniyatlarini va mexanizmlarini o‘rganuvchi, tabiiy, ijtimoiy, 
gumanitar va texnikaviy fanlar integrallashuvida paydo bo‘lgan akmeologiya fani xuddi shunday 
fanlar sarasiga kiradi. Sotsiologiya, pedagogika va psixologiya bilan o‘zaro harakatda rivojlanib 
borayotgan akmeologiya fani so‘nggi paytlarda o‘z e’tiborini kadrlarni malakali mutaxassis 
tayyorgarligiga va uzluksiz ta’lim tizimiga qaratmoqda.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə