“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix23.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#123389
1   2   3   4   5
79-83

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-23, Issue-3, December - 2022
 
81
Mutaxassislik fanlarni o’qituvchilari maxsus fanlardan tajriba-amaliy 
mashg’ulotlarini o’tkazishda, talabalarni nazariy mashg’ulotlar davomida olgan bilim 
va ko’nikmalaridan foydalanadilar, ularni chuqurlashtiradilar. Tajriba-amaliy 
mashg’ulotlardan ko’zda tutilgan maqsad ko’p jihatdan uni o’tkazish metodikasini 
talabalar ishiga maxsus fan o’qituvchisining rahbarlik qilish usullarini, ayrim tajriba 
yoki amaliy ishlarni bajarish tartibi va shu kabilarni belgilab beradi. Talabalar nazariy 
materialni o’zlashtirib olganlaridan, o’rganilayotgan hodisalar, jarayonlar bilan 
tanishganlaridan so’ng ular bilan tajriba-amaliy mashg’ulotni o’tkazish ancha oson 
ko’chadi. Bu holda o’qituvchining yangi mavzu bo’yicha mashg’ulot o’tkazishga oid 
o’quv axboroti nihoyatda qisqa va aniq bo’ladi. Natijasiga asoslanib talabalar ma’lum 
xulosalar chiqarishi kerak bo’lgan tajriba-amaliy mashg’ulotlarni bajarish ancha 
murakkab hisoblanib, ta’lim oluvchilarni bunga oldindan tayyorlash va o’qituvchining 
o’quv axboroti ancha batafsil bo’lishi zarur. 
O’qituvchi talabalarga tajriba-amaliy mashg’ulotlarining bajarilish jarayoniga 
yo’riqnoma berish yo’li bilan rahbarlik qiladi. Yo’riqnoma berishdan ko’zlangap 
asosiy maqsad talabalar ongida topshiriqni eng samarali bajarish uchun faoliyatning 
yo’nalish asoslarini yaratishdan iborat. Psixologlarning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, 
insonning mehnat faoliyati ikki tomonga: yo’nalish va ijro tomonlariga ega. Yo’nalish 
tomoni faoliyatning ob’ektiv sharoitlarining (masalalar, usullar, mezonlar, bajarilish 
shartlari, texnika vositalari va shu kabilar)ning inson ruhiyatidagi in’ikosi, ijro tomoni 
esa harakatning bevosita bajarilishi. I. P. Pavlov ta’limotiga ko’ra, yo’nalish refleksi 
markaziy asab tizimida shartli bog’lanishlar hosil bo’lishiga asos hisoblanadi. Bu 
bog’lanishlar bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilishniig fiziologik asosidir. Tajriba-
amaliy mashg’ulotlarini o’quv jarayonida amalga oshirishda yo’riqnomalar tizimidan 
foydalaniladi. Yo’riqnomalar mashg’ulotda o’tkazilish vaqtiga ko’ra kirish, joriy va 
yakunlovchi yo’riqnomalarga; ma’lumot berish usuliga ko’ra og’zaki va yozma 
yo’riqnomaga 
bo’linadi. 
Kirish 
yo’riqnomasi 
talabalarni 
tajriba-amaliy 
mashg’ulotlarni bajarishga tayyorlashda juda muhim ahamiyatga ega. Har bir tajriba-
amaliy mashg’ulot bajariladigan ishdan ko’zlangan maqsad, maqsad sari olib 
boradigan yo’llar talabalarga tushunarli bo’lgan taqdirdagina ijobiy va qimmatli 
natijalar beradi. Talabalar o’zlariga taklif etilayotgan ish o’rganilgan material bilan 
qanday bog’langanligini yoki yanada oldinga siljish uchun u qanday ahamiyatga ega 
ekanligini anglab olishlari kerak. Kirish yo’riqnomasining metodikasi ko’p jihatdan 
tajriba-amaliy mashg’ulotni o’tkazishdan ko’zda tutilgan asosiy didaktik maqsadga va 
uning qanday o’tkazilishiga bog’liq. 
Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda qo‘llaniladigan o‘qitish shakllarining yana 
bir shakli amaliy mashg‘ulotidir. Agar ma’ruza katta patok (oqim)da o‘tkazilsa, amaliy 
mashg‘uloti alohida guruhda o‘tkaziladigan o‘quv ishlarining bir shakli hisoblanib, 
talabalar o‘quv-biluv faoliyatlari, mustaqil bilim olishlari, ijodiy fikr yuritishlarini 



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə