Pedagogs international research journal


PEDAGOGS   international research journal



Yüklə 41,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix30.12.2023
ölçüsü41,43 Kb.
#165154
1   2   3   4   5
157-161-1

PEDAGOGS 
 international research journal
www.pedagoglar.uz
 

Volume-5, Issue-1, March-2022
 
159 
Biroq nutq uslubiga xos jihatlar boshqa bir uslub tarkibida ham uchrashi mumkin. 
Masalan, ilmiy terminlar rasmiy, publitsistik va so'zlashuv kabi uslublarda 
ishlatilishi mumkin.Shunga ko'ra, nutq uslubi — ifoda vositalarining maqsadga 
muvofiq uyushgan tizimidan iborat deyish mumkin. 
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga 
xoslangan ko‘rinishi nutq uslubi hisoblanadi. So‘zlar ma’lun nutq uslubiga xoslanish 
– xoslanmaslik belgisiga ko‘ra uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlarga 
bo‘linadi. Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo‘llanadigan so‘zlar uslubiy xoslangan 
so‘zlar, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlar uslubiy xoslanmagan yoki 
betaraf so‘zlar deyiladi. 
Tovush, urg‘u, bo‘g‘in, undalma, morfema, omonim, sinonim, uslubiyat kabi qator 
so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlardir. Sababi shu so‘zlar asosan tilshunoslik fani 
doirasida foydalaniladi. 
Osmon, xalq, bayram, o‘quvchi, dars, tushlik, salomatlik, odam kabi so‘zlar barcha 
nutq uslublari doirasida birdek qo‘llanish imkoniga egaligi tufayli uslubiy betaraf 
so‘zlar qatoriga kiradi.
Nutq uslublarining har biri alohida-alohida tizimni tashkil qiladi. Bu jihat aloqa-
aralashuv quroli bo'lgan tilning ijtimoiy tabiatidan kelib chiqadi. To'g'ri, tilning 
fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi va lug'at tarkibining har biri ham alohida bir 
tizimni, tilning o'zi esa yaxlit holda butun bir tizimni tashkil etadi. Tilning vazifaviy 
uslublari mana shu fonetik, leksik va grammatik tizimlarga xos barcha vositalarning 
ma'lum kommunikativ maqsadga ko'ra uyushishi tufayli vujudga keladi. Demal nutq 
uslublari tilning vazifasi bilan bevosita bog'liq ekan. Shu bois ular vazifaviy uslublar 
deb yuritiladi. 
Mukammal rivojlangan, talab darajasidagi nutq texnika,o'qituvchining umumiy 
nutqiy madaniyatining eng asosiy tomonidir. Jonli, tovushli nutq va uning hamma 
unsurlarini to'g'ri voqelantirish ko’nikma va malakalarining jami nutq texnikasi 
sanaladi.Bunda ovozning sifati, nutq mobaynida to'g'ri nafas olish, tovush va tovush 
qo'shilmalarini aniq talaffuz qilish, aniq diksiya kabi bir qator voqealar nazarda 



Yüklə 41,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə