Pirls tadqiqotida matnlar uchun belgilangan mezonlar va matn xaritasi


Matn turlari (janrlari) quyidagilardan iborat



Yüklə 39,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix27.12.2023
ölçüsü39,27 Kb.
#162293
1   2   3   4
pirls-tadqiqotida-matnlar-uchun-belgilangan-mezonlar-va-matn-xaritasi

Matn turlari (janrlari) quyidagilardan iborat: 
– Adabiy tajribani oshirish maqsadida qisqa hikoyalar va badiiy asarlardan 
parchalar o„qish (she‟rlar bo„lmasligi kerak); 


Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar 
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions 
Кластер педагогического образования: проблемы и решения 
Chirchik, Uzbekistan 1508 International Conference 
– Ma‟lumot olish va foydalanish maqsadida ma‟lumot beruvchi 
qo„llanmalar, broshyuralar, tarjimayi hollar, jurnallar o„qish. 
Matn xaritasi
PIRLS tadqiqotida matn xaritasi mavjud bo„lib, u matnning dolzarbligini 
aniqlashga yordam beradi, masalan: u matnning yetarlicha mazmunli va 
tushunarliligini aniqlaydi. Matndagi muhim g„oyalarni va ularning o„zaro 
munosabatlarini ko„rsatadi. Asosiy g„oyalar, ularning munosabatlarini va matnni 
yaratish bo„yicha vazifalarni ishlab chiqishga alohida e‟tibor qaratadi.
PIRLS tadqiqotida matn xaritasi quyidagi turlardan iborat: 
Adabiy xarita
– badiiy asarlarning strukturasini belgilaydi.
Janr – masalan: ertak, realistik adabiyot, fantastika va x.k.; 
Mavzular, syujet, vaziyat, qahramonlar, mualliflik mahorati.
Axborot xaritasi
– syujetsiz matnlardagi ma‟lumotlarni qayd qiladi. 
Turlar – masalan: ekspozitsiya, dalil, jarayon va x.k.
Asosiy g„oyalar, asosiy g„oyalarning isboti, tashkiliy shakllar, mualliflik 
mahorati.
Adabiy xarita
. O„qish savodxonligini tekshirish bo„yicha vazifalar adabiy 
xarita yordamida beriladi. Bunday vazifalar quyidagi qadamlarda belgilanadi: 
1-qadam. Matn haqidagi asosiy ma‟lumotni sanab berish (sarlavha, so„zlar 
soni, o„qish darajasi va janri). 
2-qadam. Matnning mavzusini aniqlash va tasvirlab berish.
3-qadam. Vaziyatni aniqlash va ta‟riflab berish, asosiy qahramonlarni 
sanash, ularning ismini, fazilatlarini va vazifalarini yoritish. 
4-qadam. Asosiy syujet elementlarini aniqlash, bundan tashqari muammo va 
ziddiyatlarni yechimini topish.
5-qadam. Asosiy voqealarni va epizodlarni sanab berish. 
6-qadam. Yozuvchi tomonidan qo„llanilgan tayanch iboralar va lug„atni, 
adabiy yoki ritorik uslublarni aniqlash va sanab berish.
Savol va topshiriqlarni baholash: 
Baholash jarayonida “0”, “1”, “2”, “3” ballik tizim hamda “8” va “9” 
kodlari bilan kodlash tizimi xususida so„z yuritamiz. Matn yuzasidan berilgan 
savol va topshiriqlarning o„ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ular necha ballik 
ekanligi haqidagi eslatmalar bilan belgilangan bo„ladi. Ushbu ball va kodlar haqida 
quyida batafsil ma‟lumotlar beriladi. 
1. Javobi tanlanadigan savollar (testlar)da to„g„ri javobga “1” ball, noto„g„ri 
javobga “0” ball beriladi. 



Yüklə 39,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə