Понятие гиподинамии, гипердинамии. Вредные привычки. Пагубность их воздействия на организм. Меры профилактики, способы борьбы


Siydik ayirish organlarining tuzilishi va funksiyasi



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə2/3
tarix19.12.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#152847
1   2   3
Ayirish Tizimi Filogenezi Va Buzilishlari

Siydik ayirish organlarining tuzilishi va funksiyasi. Siydik ayirish organlari ayirish sistemasining asosiy qismi hisoblanadi. Siydik ayirish organlariga buyraklar (o‘ng va chap), siydik yo‘llari (o‘ng va chap), qovuq (siydik pufagi) va siydik chiqarish kanali kiradi.

  • Siydik ayirish organlarining tuzilishi va funksiyasi. Siydik ayirish organlari ayirish sistemasining asosiy qismi hisoblanadi. Siydik ayirish organlariga buyraklar (o‘ng va chap), siydik yo‘llari (o‘ng va chap), qovuq (siydik pufagi) va siydik chiqarish kanali kiradi.

Buyrak juft organ bo‘lib (o‘ng va chap buyrak), qorin bo‘shlig‘ining bel qismida, ya’ni birinchi va ikkinchi bel umurtqasining ikki yonida joylashgan. U loviya shakliga o‘xshash bo‘ladi. Buyrak murakkab tuzilgan. Uning ichki tomoni botiqroq bo‘lib, buyrak darvozasi deb ataladi. Buyrak darvozasi orqali unga arteriya qon tomiri kiradi, vena qon tomiri chiqadi. Shuningdek, buyrak darvozasi orqali siydik yo‘li ham chiqadi. Har bir buyrakning og‘irligi o‘rtacha 150 g keladi.

  • Buyrak juft organ bo‘lib (o‘ng va chap buyrak), qorin bo‘shlig‘ining bel qismida, ya’ni birinchi va ikkinchi bel umurtqasining ikki yonida joylashgan. U loviya shakliga o‘xshash bo‘ladi. Buyrak murakkab tuzilgan. Uning ichki tomoni botiqroq bo‘lib, buyrak darvozasi deb ataladi. Buyrak darvozasi orqali unga arteriya qon tomiri kiradi, vena qon tomiri chiqadi. Shuningdek, buyrak darvozasi orqali siydik yo‘li ham chiqadi. Har bir buyrakning og‘irligi o‘rtacha 150 g keladi.
  • Buyrak bo‘ylamasiga kesib qaralganda, uning to‘qimasi ikki qavatdan: tashqi qoramtir po‘st qavat va ichki oqimtir mag‘iz qavatdan iborat ekanligi ko‘rinadi. Buyrak to‘qimasi murakkab mikroskopik tuzilishga ega bo‘lgan nefronlardan tashkil topgan. Har qaysi buyrakda 1 mln atrofida nefron bor. Buyrak nefronlarida arteriya kapillarlari orqali qonning suyuq qismi filtrlanib, buyrak kapsulasiga o‘tadi va siydik hosil bo‘ladi

Buyrakda siydik hosil bo‘lishi. Buyrakda siydik hosil bo‘lishi ikki faza (davr)ga bo‘linadi. Birinchi davr — filtratsiya davri, u birlamchi siydik hosil bo‘lishidan iborat. Bunda nefronlardagi arteriya kapillarlari orqali qonning suyuq qismi filtrlanib, nefron bo‘shlig‘iga (kapsulaga) o‘tadi. Bu jarayonning o‘tishi kapillarlardagi bosimning yuqori, kapsuladagi bosimning past bo‘lishiga bog‘liq. Birlamchi siydikning tarkibi qon plazmasining tarkibiga yaqin. Unda faqat oqsil bo‘lmaydi. Chunki u kapillar qon tomirlarining devoridan filtrlanib o‘tmaydi. Kapsuladagi birlamchi siydik kalavasimon kanalchalarga o‘tadi. Bu kanalchalarning devori orqali birlamchi siydik tarkibidagi qand va aminokislotalar, suv va mineral tuzlarning ko‘p qismi, ya’ni 98,5—99,0% i vena tomirlariga qayta so‘riladi. Bunga reabsorbsiya jarayoni deyiladi. Bu siydik hosil bo‘lishining ikkinchi davri hisoblanadi. Kanalchalarda qolgan siydik ikkilamchi siydik deyilib, uning tarkibida qoldiq azot, mochevina, kreatinin kabi moddalar, ma’lum miqdorda tuz va suv bo‘ladi.

  • Buyrakda siydik hosil bo‘lishi. Buyrakda siydik hosil bo‘lishi ikki faza (davr)ga bo‘linadi. Birinchi davr — filtratsiya davri, u birlamchi siydik hosil bo‘lishidan iborat. Bunda nefronlardagi arteriya kapillarlari orqali qonning suyuq qismi filtrlanib, nefron bo‘shlig‘iga (kapsulaga) o‘tadi. Bu jarayonning o‘tishi kapillarlardagi bosimning yuqori, kapsuladagi bosimning past bo‘lishiga bog‘liq. Birlamchi siydikning tarkibi qon plazmasining tarkibiga yaqin. Unda faqat oqsil bo‘lmaydi. Chunki u kapillar qon tomirlarining devoridan filtrlanib o‘tmaydi. Kapsuladagi birlamchi siydik kalavasimon kanalchalarga o‘tadi. Bu kanalchalarning devori orqali birlamchi siydik tarkibidagi qand va aminokislotalar, suv va mineral tuzlarning ko‘p qismi, ya’ni 98,5—99,0% i vena tomirlariga qayta so‘riladi. Bunga reabsorbsiya jarayoni deyiladi. Bu siydik hosil bo‘lishining ikkinchi davri hisoblanadi. Kanalchalarda qolgan siydik ikkilamchi siydik deyilib, uning tarkibida qoldiq azot, mochevina, kreatinin kabi moddalar, ma’lum miqdorda tuz va suv bo‘ladi.
  • Katta odamning buyrak nefronlarida uzluksiz siydik filtrlanishi natijasida bir sutkada o‘rtacha 100 litr birlamchi siydik hosil bo‘ladi. Uning 98,5—99 litri kalavasimon kanalchalar devori orqali qonga qayta so‘riladi, qolgan 1—1,5 litri esa ikkilamchi siydik sifatida tashqariga chiqariladi.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə