Populyatsiya ekologiyasi


Populyatsiyaning etologik tuzilishi



Yüklə 52,34 Kb.
səhifə7/23
tarix03.03.2022
ölçüsü52,34 Kb.
#84305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
4-mavzu

Populyatsiyaning etologik tuzilishi.

Populyatsiyaning etologik tuzilishi, uning a’zolari o’rtasidagi qonuniy aloqalar bo’lib, uning asosida hayvonlar xulqlarini o’rganadigan ish yotadi. Hayvonlarni xulqi-bu populyatsiya a]zolarining birining ikkinchisiga bo’lgan munosabatidir. Hayvonlar turlari yakka-yakka va guruh (koloniya, gala, poda) bo’lib yashashga moslashgan.



Qushlar galasi asosan fasllar bo’yicha o’tadigan migratsiya davrida qishlash joylarida paydo bo’ladi. Bo’rilar galasi faqat qishki ov qilish vqtida hozir bo’lib, ular katta tuyoqli hayvonlarga ham hujum qiladi. Shunday galalar chiyabo’rilar, itlar va koyotlar populyatsiyasida ham hosil bo’ladi. Poda-hayvonlar populyatsiyasining uzoq va doimiy birligi bo’lib, ularni ozuqa topish, yirtqichlardan saqlanish, bir joydan ikkinchi joyga ko’chish, yosh avlodni tarbiyalsh kabi biologik xususiyatlari birlashtiradi. Poda ichidagi asosiy qonun: populyatsiya a’zolari farqi va dominantlik-boqinish munosabatidan kelib chiqadi. Poda tuzilishi-bu guruh ichida vaqtincha yoki doimiy lidr (boshliq)ning bo’lishi va poda bir butun birlik sifatida liderga boqinishidir. Masalan, shimol bug’ulari podasini tajribali sardorlar boshqarib yuradi. Populyatsiyada kuchsiz vakillar kuchlilar (A>B>V>S) oldida “bosh egish”, ozuqaga hammadan keyin kelishi, yaxshi joydan chiqib ketishi kabi holatlar kuzatiladi. Maymunlar ichida bir-biriga iyerarxiya bo’yicha boqim bo’lish ikki qatorda, ya’ni, bir-qator-otaliklar,ikkinchi qator-onalik vakillari ichida bo’ladi. Hayvonlar podasi dam olish uchun (masalan, arxarlar to’xtagan joylarda), populyatsiya ichida ma’lum saqlanish tashkil qilinadi (15-16-rasm; Baskin, 1970) Maymunlarda esa oldida yetakchi, orqada onalik vakillari, poda o’rtasida eng yosh vakillar o’rab boriladi. Otlarda yetakchi populyatsiyaning butun harakatini boshqaradi, xavfli joylardan olib ketadi, yirtqichlardan saqlaydi, otlar o’rtasidagi “kurash-janjal”ni to’ztatadi, ozuqali, suvli joylarni topadi, yosh toychoqlarni qo’riqlab yuradi. Guruhlar ichidagi kelishmovchiliklarning yetakchi hal qiladi yoki uning qatnashishida janjal hal bo’ladi. Guruhning effekti ham ma’lum darajagacha bo’ladi, populyatsiya vakilarining soni, qalinligining ortishi bilan joy va ozuqa zaxiralarining yetishmasligi tufayli populyatsiyaning soni, qalinligi, tug’ilishi darajasi keskin kamayib ketadi va hk. Hayvonlarning ancha yirik birlashmalari koloniyalar, galalar va podalar hisoblanib, ularning shakllanishida populyasiyalardagi xulqiy munosabatlar yanada murakkablashadi.

Koloniyalar o`troq hayot kechuruvchi hayvonlarning birgalikdagi yashash shaklidir. Ular uzoq vaqt yoki ko`payish oldidan birga yashashi mumkin. Koloniyani tashkil etuvchi individlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar nihoyatda xilma-xildir. Eng oddiy ko`rinishlardan biri xemotaksis asosidagi to`planish, murakkabroq shakldagisi esa bir-birlari bilan kelishib (xabar berib) biror-bir hayotiy funksiyani bajarishdan iborat.

Ekologlar organizmlarning atrofdagi muhit bilan o'zaro ta'sirini o'rganadilar. Aholi ekologiyasi vaqt o'tishi bilan ushbu organizmlar populyatsiyasining qanday va nima uchun o'zgarishini o'rganishning yanada ixtisoslashgan sohasidir.

21-asrda odamlar sonining ko'payishi bilan aholi ekologiyasidan olingan ma'lumotlar rejalashtirishga yordam beradi. Shuningdek, u boshqa turlarni saqlab qolish uchun ham yordam berishi mumkin.




Yüklə 52,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə