Professional futbol ligasi tomonidan



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/32
tarix25.05.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#112847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
PFL-Musobaqalar otkazish reglamenti 2021

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



1-bob. 
Umumiy qoidalar 
 
Mazkur Reglament Superliga, Pro liga, Birinchi liga, O‘zbekiston kubogi, Liga 
kubogi, U-21, U-18, U-16, U-14 chempionatlari, ayollar Oliy va Birinchi ligasi, ayollar 
o‘rtasida O‘zbekiston kubogi, ayollar o‘rtasida U-16 chempionati, erkaklar va 
ayollar Superkubogi kabi musobaqalarni (keyingi o‘rinlarda — Musobaqalar) 
o‘tkazish tartibini belgilaydi. 
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, professional va yarim professional futbol 
klublari yoki boshqa tashkilotlarning taklifi bilan ham alohida musobaqalar 
o‘tkazilishi mumkin. Mazkur Musobaqalar O‘zPFL bosh direktori bilan kelishilgan 
nizom asosida o‘tkaziladi.
Mazkur Reglament ikki — o‘zbek va rus tillarida chop etilgan. Ikki til o‘rtasida 
ehtimoliy tafovut vujudga kelsa, u holda o‘zbek tilida yozilgan qismi ustuvor 
hisoblanadi.
2-bob. 
Musobaqalarning maqsad va vazifalari 
 
2.1. 
Musobaqalarning maqsadlari va vazifalari quyidagilarni:
 

O‘zbekiston futbolini rivojlantirish yo‘lida milliy chempionat o‘yinlarini 
professional darajada tashkil etish;

O‘zbekiston futbolchilarining mahorat darajasini oshirish; 

O‘zbekistonlik yosh futbolchilarning mahorat darajasini oshirish hamda 
ularning “katta” futbolga kirib kelishlari mexanizmini takomillashtirish; 

O‘zbekiston terma jamoalari va professional futbol klublarini xalqaro 
musobaqalar: jahon chempionatlari, Osiyo Kubogi, Olimpiya o‘yinlari, Osiyo 
o‘yinlari, OFK Chempionlar ligasida ishtirok etishi uchun tayyorlash va 
muvaffaqiyatli ishtirok etishiga ko‘maklashish; 

Futbol muxlislarining hordiq chiqarishlarini tashkil etish; 

O‘zbekiston futbolini targ‘ib etish va shu yo‘l orqali o‘zbekistonlik 
futbolchilarning chet el klublari nazariga tushishi uchun harakat qilish;

O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan Musobaqalarda g‘oliblarni aniqlash; 

OFK musobaqalarida ishtirok etadigan klublarni aniqlashni nazarda tutadi. 

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə